Kirish suhbatidan yangi bo‘lim yoki yangi mavzuni o‘rganish
oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi darsda o‘rganiladigan masala
bo‘yicha tasavvurlami aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3-sinfda
“Manzarali o‘simliklar” mavzusini o‘rganishga kirisha turib, kirish
suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollami berish kerak: Manzarali
o ‘simliklarga misol kehiring? Ular qanday o ‘sadi? Siz qanday man
zarali o‘simliklami bilasiz? Siz qanday texnika o‘simliklarini bilasiz?
faqat shundan keyingina o‘qituvchi yangi materialni tushuntirishga
kirishadi.
Takrorlovchi suhbat o‘rganilgan materialni mustahkamlash va
fahmlab olishga yordam beradi. U yangi materialni o‘rganilgandan
keyin shu darsning o‘zida yoki mavzu yoki bo‘lim o‘rganilgandan
344
keyin o‘tkaziladi va 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt olishi mum
kin. Takrorlovchi suhbat vaqtida ham mavzuni o‘rganishdagi o ‘sha
ko‘rgazmali qurol va tarqatma tabiatshunoslik materialidan foyda
laniladi.
Bayon qiluvchi suhbat o‘quvchilaming o‘zlari tomonidan bor-
liqning jism va hodisalarini kuzatishini nazarda tutadi. 0 ‘qituvchi
tomonidan yo‘naltirilgan o‘quvchilar o ‘zlari uchun yangi obyekt va
hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagida o‘tkazilgan tabiat
obyektlari va tajribalarni kuzatishlar natijasida o‘quvchilarda shaxs-
ning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan
atrof olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi.
Bayon qiluvchi suhbat tadqiqiy xarakterga egadir, chunki u
o ‘quvchilaming tabiiy obyektlarini kuzatishlariga asoslanadi. Misol
qilib, 3-sinfdagi “Maktab oldi maydonchasida bahorgi ishlar” mav
zusi bo‘yicha tabiatshunoslik darsni ko‘rib chiqamiz. Dars maktab
oldi maydonchasidagi amaliy ishlar asosida o‘tkaziladi va tadqiqot
unsurlariga ega bo‘ladi. Agar shahar tipidagi maktablarda maktab oldi
maydonchasi bo‘lmasa, unda tadqiqiy unsurlarga ega bo‘lgan tajribani
(masalan, “yagonalashning ildizmevalilar hosiliga ta’siri”) tirik tabiat
burchagi yoki tabiatshunoslik xonasida o‘tkazish mumkin. Qilingan
tajriba yoki amaliy ish natijasida ushbu savollar bo‘yicha tadqiqot-
laming borishini yoritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |