Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?


KREATIVLIK (LOT., ING. “CREATE ” -  YARATISH, “CREATIVE” -  YARATUV-


Download 1.22 Mb.
bet5/9
Sana06.11.2020
Hajmi1.22 Mb.
#141597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dissertatsiya

KREATIVLIK (LOT., ING. “CREATE ” -  YARATISH, “CREATIVE” -  YARATUV-

D. sharipova, D. P. Xodiyeva, M. K. Shirinov



Kreativlik (lot., ing. “create ” -  yaratish, “creative” -  yaratuv-





Download 9.13 Mb.

Pdf ko'rish

bet

35/45

Sana

22.12.2019

Hajmi

9.13 Mb.



1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45

Bu sahifa navigatsiya:



  • Jalolidin Davoniy “A xloqi Jaloliy

  • Zahiriddin Muhammad Bobur

  • Bayon qiluvchi suhbat

  • Tabiatshunoslik o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari.

  • Tabiatshunoslik o‘qitishning amaliy metodlari.


Kreativlik (lot., ing. “create ” -  yaratish, “creative” -  yaratuv- 

chi,  ijodkor)  -   individning  yangi  g‘oyalarni  ishlab  chiqarishga 

tayyorlikni  tavsiflovchi  va  mustaqil  omil  sifatida  iqtidorlilikning 

tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.

Shaxsda kreativlik (Ijodkorlik) sifatlarini rivojlantirish tushuncha- 

sining  ma’noni  tushunib  olish  talab  etiladi.  Ijodkorlik  qobiliyatiga 

ta’sir  ko‘rsatadi  va  o‘z  navbatida  ichki  sezimni  rivojlantiradi.  Ijod­

korlik  qobiliyati,  ichki  sezim  va  umumiy  intellekt  kesishganda  ijod 

mahsuli yaratiladi.

Bu  borada  mutaffakir  Abu  Ali  ibn  Sino  qarashlarida  ham  kre- 

tavlikni  talqin  etishmiz  mumkin.  Uning  qarashlarida  o‘qituvchi  o ‘z 

o‘quvchilaming  mayl,  intilish,  faolligi,  qobliyati,  iste’dodi  va  layo-

Drapeau  Patti.  Sparking  student  creativity  (practical  ways  to  promote 



innovative thinking and problem  soving). -  Alexandria -  Virginia, USA: ASCD, 

2 0 1 4 .- p .   4.



342

qatini  aniqlamasdan  turib,  uni  ijodiy  fikrlashga  yo‘naltira  olmaydi 

degan.  Mutaffakir  Jalolidin  Davoniy 

“A xloqi  Jaloliy

”  nomli  asari- 

da  insoniy  fazilatlarda  aqliy  qobiliyat va  aqliy  iste’dodni  tarbiyalash 

uchun  zukko,  zehnli,  fahm-farosatli,  ijodkor  bo‘lishi  va bilimlami  tez 

eslab  qolishi,  ulami  anglab  yetish  lozimligini  ta’kidlagan.  Mutafak- 

kir  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  qarashlarida  ham  kreativlikni 

ko‘rishmiz  mumkin:  U  inson  shaxsining  taraqqiy  ettirishning  asosiy 

yo‘llaridan  biri  deb  muammoli  vaziyatni,  ijodkorlikni  tushunadi  va 

undan o‘z faoliyatida unumli foydalangan.

Suhbat.  Suhbat  metodi  tabiatshunoslik  darslarida  hikoyaga  qa- 

raganda  ko‘proq  qo‘llaniladi.  Bu  metodning  mohivati  shundaki,  u 

o ‘qituvchiga  o‘quvchilami  yaxshiroq  bilib  olishga  imkon  beradi, 

ulami  mustaqil  fikrlashga  o ‘rgatadi, jamoa  ishiga  (jonli  va jonsiz  ta­

biat jismlarini kuzatishga, darslik bilan ishlashga, o‘quv telefilmlarini, 

kinofilmlami ko‘rishga va h.) jalb qiladi.

Suhbat yangi materialni o‘rganishda, kuzatishlar yoki amaliy ishga 

yakun  chiqarishda,  ekskursiyalar  o‘tkazishda,  o‘rganilgan  materialni 

takrorlashda,  shuningdek  tajribalami  qo‘yish  va  namoyish  qilishda, 

tabiiy, tasviriy hamda ekran vositalari, darslik, sinfdan tashqari o ‘qish 

uchun adabiyot bilan ishlashda qo‘llaniladi.  Suhbatning bosh maqsa- 

di  shundaki,  bunda  o‘qituvchi  rahbarligida  o‘quvchilar  ongida  tabiat 

jismlari  hamda  hodisalari  haqida  to‘g‘ri  tasavvur  va  tushunchalar 

shakllansin.

Tabiat 

bilan 



tanishtirishning 

birinchi 

bosqichida 

suhbat 

o‘qituvchining  savollar berishi va ularga chaqirilgan o ‘quvchilaming 

javob  berishi  shakllana  boradi.  Keyin  suhbat  boyib  va  kengayib 

boradi.  Masalan,  o ‘tkazilgan  amaliy  ish  asosida  sinfga  savol  berib, 

o ‘qituvchi bir savolning o‘ziga o‘quvchilardan  har xil javoblar oladi; 

Kim boshqacha o‘ylaydi? Kim aniqroq aytadi? kabi savollar bilan mu- 

rojaat qilib,  ulami rag‘batlantiradi.  Natijada o‘quvchilarda asta-sekin 

ijodiy  faollikni  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  sifatlar  shakllanib 

boradi.  Bundan  tashqari  suhbat  o‘quvchilar  ishidagi  kamchiliklami 

to‘g ‘rilashga  imkon  beradi,  yakka  yondashish  qoidasini  amalga  os- 

hirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.



343

Suhbatda savollar muhim ahamiyatga ega. Ular qisqa, aniq bo‘lishi, 

javobni  aytib  turadigan  xarakterda  bo‘lmasligi,  bir  so‘z  (“ha”  yoki 

“yo‘q”) bilan javob berishni talab qilmasligi,  ikkilantiruvchi ma’noga 

ega  bo‘lmasligi  kerak.  Masalan,  fermer  xo‘jaligida  ipak  qurti  ustida 

kuzatishlar  (3-sinf)  o‘tkazilgandan  keyin  bajarilgan  ishlarga  ushbu 

maqsadga  yo‘nalgan  savollar  yordamida  yakun  chiqarish  kerak:  tut 

ipak qurti  qanday rivojlanadi? Uning tashqi  ko‘rinishi qanday?  Qurt- 

ning  tanasi  qanday  shaklda?  U  qanday  harakat  qiladi?  Nima  bilan 

ovqatlanadi? Qurt qanday qilib pilla o‘raydi? Pilla o‘rash qancha vaqt 

davom etadi? Pilla ichida nima bo‘ladi? Kapalak qanday hosil bo‘ladi? 

Kapalak pilladan qanday  chiqadi?  U  qancha vaqt yashaydi?  Kapalak 

hayoti qanday tugallanadi?

Bunday  savollar  o‘quvchilaming  mustaqil  aqliy  faoliyatini  rivoj- 

lantiradi,  chunki  savollarga javoblar  ishlab  chiqarish  kuzatishlari  bi­

lan  quvvatlangan  boiadi.  Suhbat  metodi  hikoya  metodi  bilan  cham- 

barchas bog‘liq.  Mavzuni tushuntirgach,  o‘qituvchi albatta bilimlami 

o ‘zlashtirish  darajasini  aniqlash  uchun  hikoya  va namoyish  qilinadi- 

gan qurol mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkazadi.

Suhbatning о‘quv jarayonida qanday o‘rin egallashi va qanday di- 

daktik  maqsadni  mo‘ljallanganligiga  qarab  quyidagi:  kirish  suhbati, 

takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi suhbat va yakunlovchi suhbat tur­

lari farq qilinadi.

Kirish  suhbatidan  yangi  bo‘lim  yoki  yangi  mavzuni  o‘rganish 

oldidan  foydalaniladi.  Uning  maqsadi  darsda  o‘rganiladigan  masala 

bo‘yicha  tasavvurlami  aniqlash  yoki  tiklashdir.  Chunonchi,  3-sinfda 

“Manzarali  o‘simliklar”  mavzusini  o‘rganishga  kirisha  turib,  kirish 

suhbati  vaqtida  bolalarga  ushbu  savollami  berish  kerak:  Manzarali 

o ‘simliklarga  misol  kehiring?  Ular  qanday  o ‘sadi?  Siz  qanday  man­

zarali o‘simliklami bilasiz?  Siz qanday texnika o‘simliklarini bilasiz? 

faqat  shundan  keyingina  o‘qituvchi  yangi  materialni  tushuntirishga 

kirishadi.

Takrorlovchi  suhbat  o‘rganilgan  materialni  mustahkamlash  va 

fahmlab  olishga  yordam  beradi.  U  yangi  materialni  o‘rganilgandan 

keyin  shu  darsning  o‘zida  yoki  mavzu  yoki  bo‘lim  o‘rganilgandan

344

keyin o‘tkaziladi va 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt olishi mum­

kin.  Takrorlovchi  suhbat  vaqtida  ham  mavzuni  o‘rganishdagi  o ‘sha 

ko‘rgazmali  qurol  va  tarqatma  tabiatshunoslik  materialidan  foyda­

laniladi.

Bayon  qiluvchi  suhbat  o‘quvchilaming  o‘zlari  tomonidan  bor- 

liqning  jism  va  hodisalarini  kuzatishini  nazarda  tutadi.  0 ‘qituvchi 

tomonidan  yo‘naltirilgan  o‘quvchilar  o ‘zlari  uchun  yangi  obyekt  va 

hodisalar bilan tanishadilar.  Tirik tabiat burchagida o‘tkazilgan tabiat 

obyektlari  va  tajribalarni  kuzatishlar  natijasida  o‘quvchilarda  shaxs- 

ning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan 

atrof olamga tadqiqiy yondashish  shakllanadi.

Bayon  qiluvchi  suhbat  tadqiqiy  xarakterga  egadir,  chunki  u 

o ‘quvchilaming  tabiiy  obyektlarini  kuzatishlariga  asoslanadi.  Misol 

qilib,  3-sinfdagi  “Maktab  oldi  maydonchasida  bahorgi  ishlar”  mav­

zusi  bo‘yicha  tabiatshunoslik  darsni  ko‘rib  chiqamiz.  Dars  maktab 

oldi  maydonchasidagi  amaliy  ishlar  asosida  o‘tkaziladi  va  tadqiqot 

unsurlariga ega bo‘ladi. Agar shahar tipidagi maktablarda maktab oldi 

maydonchasi bo‘lmasa, unda tadqiqiy unsurlarga ega bo‘lgan tajribani 

(masalan,  “yagonalashning ildizmevalilar hosiliga ta’siri”) tirik tabiat 

burchagi  yoki  tabiatshunoslik  xonasida  o‘tkazish  mumkin.  Qilingan 

tajriba  yoki  amaliy  ish  natijasida  ushbu  savollar  bo‘yicha  tadqiqot- 

laming borishini yoritish mumkin:



Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o‘quvchilar o‘rganilgan 

mavzu  bo‘yicha xulosa chiqara  olishlari  uchun  o‘tkaziladi,.  Masalan, 

“Granit”  mavzusi  o ‘rganilgandan  keyin  quyidagi  savollar  bo‘yicha 

yakunlovchi  suhbat  o ‘tkaziladi:  Biz  qanday  mavzu  bilan  tanishdik? 

Qanday  yangiliklami  bildik?  Granit  qanday  tuzilishga  ega?  Granit 

rangi  nimaga  bog‘liq?  Granit  tarkibiga  nimalar  kiradi?  Granitdagi 

kvars  qanday  aniqlanadi?  Granitning  yemirilishi  natijasida  nimalar 

hosil bo‘ladi?

Tasviriy  qurollami  ko ‘rsatish  asosidagi  suhbat.  Tabiatshunoslik 

darslarida  ko‘pincha  suratlardan  foydalaniladi.  Masalan,  “Dashtlar” 

mavzusini (4-sinf) o‘rganishda o‘qituvchi “Bahorda dasht” nomli su- 

ratni  iladi  va  uning  bo‘yicha  suhbat  o‘tkaziladi.  0 ‘quvchilar  ushbu



345

savollarga javob  berishlari  kerak:  suratda  nimalar  tasvirlangan?  Su- 

ratda  qanday  o‘simliklami  ko‘ryapsiz?  (qum  giyohi,  lola,  gulsapsar, 

saksovul). Nima uchun dashtda o‘simliklar kam? Nima uchun dashtda 

baland daraxtlar yo‘q? Suratda tasvirlangan hayvonlami sanab bering 

(burgut, ilon, kalxat, dasht qarg‘asi, suvilon, qum quyoni). Bu hayvon­

lar nima bilan oziqlanadilar?

Yordamchi  savollar bo‘yicha  suratni  tahlil  qilib,  o‘quvchilar yan­

gi  ma’lumot  oladilar,  chunki  o‘qituvchi  o‘quvchilaming javoblarini 

to‘ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi.

0 ‘qilgan darslik maqolasi asosida suhbat.  Suhbatning maqsadi -  u 

yoki  bu  tabiat hodisasini  bolalar tomonidan  to‘g ‘ri  tushunilganligini 

aniqlash,  tabiatshunoslik  maqolasini  o ‘qishdan  olingan  yangi  bilim­

lami mustahkamlash va sistemalashtirishdir.

Shunday  maqolalami  1-sinfda  o‘qishda  qisqa  suhbat  o‘tkaziladi, 

unda bolalaming o ‘qilgan maqola mazmunini qanday tushunganlikla- 

rini aniqlashga yordam beruvchi 2-3  ta savol beriladi.  Keyin maqola 

mantiqan  tugallangan  qismlar  bo‘yicha  о‘qiladi  va  o ‘qilganlaming 

mazmuni  aniqlanadi.  Shundan  keyin  o ‘quvchilarga  o ‘qilgan  qismda 

qancha jumla bo‘lsa, o ‘shancha savol beriladi. Matn albatta o‘qituvchi 

tomonidan  sharhlab  beriladi,  uni  hikoya,  ko‘rgazmali  qurollami, 

o‘qitishning texnika vositalarini  namoyish  qilish bilan birga olib bo­

riladi.  Suhbat o‘quvchi bilimlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash bi­

lan tugallanadi.



Tabiatshunoslik  o‘qitishning  ko‘rgazmali  metodlari.  0 ‘quv 

jarayonida  ko‘rgazmali  metoddan  foydalanish,  bilimlami  puxta 

o‘zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayoni­

da  ko‘rgazmalilik  prinsipi  bilan  bog‘langanda  yanada  kengayadi  va 

takomillashadi.

Ma’lumki,  ko‘rgazma  vositalar  o‘quv  jarayonida  turli  didaktik 

maqsadlar bilan qo‘llaniladi, xususan,  o ‘qitish vositasi  sifatida meto- 

dik  qo‘llanma,  og‘zaki  metodda  bilish  imkoniyatini  kuchaytirachi, 

amaliy ishlarda fikr uyg‘atuvchi vosita sifatida qo‘yiladi.

Ko‘rgazmali  metodning  esa  vazifasi  boshqacha  bo‘lib,  o‘quv ja ­

rayonida o‘quvchilar qarab turib, predmetlami kuzatib va idrok qilib,

346

sezgi organlari yordamida jism yojarayonlar haqida m ’lum axborotga 

ega  bo‘ladilar,  ularni  taqqoslash  va  farqiy  belgilarini  topish  asosida 

fikrlaydilar,  shu  asosida  muayyan  bilimlar  shakllanadi,  keyinchalik 

so‘zlar, ko‘rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi, fikrlaydilar.

Ko‘rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo‘llash asosida 

yangi bilimlar olish maqsad qilib qo‘yiladi.  Bu jarayonda o‘quv film- 

laridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari (ostidagi sur’at) 

yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo‘lib xizmat 

qiladi.  Ko‘pchilik  tabiatshunoslik  darslarida  tabiiy jismlarda  va  turli 

xil kartina va jadvallar yoki b. namoyish qilinadi.

Ko‘rgazmali  metodni  amalga  oshirishda  ko‘rgazma  vositalar 

asosiy o‘rin tutadi. Ko‘rgazma vositalar ikki guruhga boMinadi, tabiiy 

va tasviriy.

Tabiiy ko‘rgazma qurollar tabiat jismlaridir. Ular xona o‘simliklari, 

daraxt  shoxlari,  barglar,  gullar,  mevalar,  urugTar,  ildizlar,  gerbariy- 

lar, urug‘lar kolleksiyalari, guldastalar va meva sabzavotlar ho‘l pre- 

paratlaridir.

Hayvonlar bo‘yicha esa hayvonlarning tirik namunalari, tulumlari, 

skeletlari,  hasharotlar  kolleksiyalari.  (Mulyajlar,  modellar,  rasmlar, 

gulqog‘ozlar, ho‘l preparatlar va hokazo).

Jonsiz tabiatdagi tabiiy materiallar granit,  kvars,  dala  shpati, moy, 

qum,  kalsiy,  marmar,  ohak,  tosh,  tuzlar,  osh  tuzi,  toshko‘mir,  temir, 

mis rudalar, tuproq, suv va b.

Bolalaming bevosia ko‘rib  qabul  qilish  imkoni  bo‘lmagan jismlar 

tasviriy  ko‘rgazmalar  orqali  yetkaziladi.  Ular  maxsus  magazinlar- 

da  sotiladi.  Xususan,  II-IV  sinflarda  uchun  maxsus  seriyali  rasmlar 

“Uy  hayvonlari”,  “Hayvonot  dunyosi”,  “OTkamiz  o‘simliklari”  deb 

nomlangan  rasmlar  majmuasi.  Mulyajlar,  modellar,  rasmlar,  ekran 

qoTlanmalari, tasviriy ko‘rgazmalardir.

Mashg‘ulotlar  jarayonida  bevosita  kuzatuv  asosida  predmet  va 

hodisalar o‘rtasidagi aloqalami  anglaydilar.  Masalan, kurtakdan barg, 

tut  ipak  qurtining  faoliyatidan  ipak  hosil  boTish  jarayonlari  bilib 

olinadi.  0 ‘quvchilar  uchun  oTkashnoslik  kuzatuvlariga  asoslangan 

bilimlar  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Juda  murakkab  va  tushunarli

347

bo‘lmagan hodisa va  narsalami  tanlash  darkor emas.  Bu  o ‘quvchilar 

qiziqishini so‘ndiradi.

Tabiatshunoslik  darslarining  mazmuni  ko‘rgazmali  vositalar- 

dan  foydalangan  holda  o‘quvchilarda  mustaqil  bilim  olishga  qara- 

tilgan.  Dars  jarayonida  bolalar  ko‘rgazma  vositalami  ko‘zdan  ke- 

chiradilar,  ulami  qismlarini  tahlil  qiladilar,  o‘zaro  taqqoslaydilar  va 

nihoyat  o‘xshashlik  tomonlari  va  farqiy  belgilarini  aniqlaydilar.  Ko‘z 

bilan  ko‘rib,  tafakkur  faoliyati  yordamida  hosil  qilingan  bilimlar 

puxta  va  uzoq  vaqt  xotirada  saqlanadi.  Ayni  paytda  o ‘qituvchining 

o ‘quvchilaming bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi, yangi bilim­

lami qiynalmay o‘zlashtirishlari uchun yaratadi.

Ko‘rgazmali 

metodning 

qoilanishini 

mohiyati 

shundaki, 

o‘quvchilar  mazkur  ko‘rgazmalardan  o‘z  o‘mida  foydalangan  holda 

ular  haqida,  ya’ni  tabiat jismlari  va  hodisalariga  doir  yangi  bilimlar 

hosil  qilishdan  iborat.  Chunonchi,  o‘simlik  dunyosining  xarakteriga 

qarab joyda m oijal olish; kuzatish asosida hayvon va o‘simliklaming 

xulq  atvoriga,  tabiatdagi  o‘zgarishlariga  qarab  ob-havoning  o‘z- 

garishini  oldindan  aytib  berish  tabiiy  materiallardan  foydalana  olish 

o‘quvlari hosil qilinadi.

Xulosa  qilib  atganda,  darslami  ko‘rgazmali metodda tashkil  qilish, 

rangini  dunyoni  turli-tuman  shakl,  hajm,  ranglar  jilosi,  voqeliklar- 

ning  o‘zaro  o‘zviy bog‘liqligi  sabab va  oqibat jarayonlarini  his  qilish, 

idorok etish,  faktlarga tayanib  tafakkur yoritish,  xulosalar  chiqarish, 

shu  asosda  dunyoviy  bilimlami  egallashdek  maqsadli  vazifani  hal 

qilinishida  salmoqli  o‘rin  tutadi.  Masalan,  itning  qaysi  ovqat  turini 

yashi ko‘rishini aniqlash uchun 3 ta qog‘ozga 3 xil ovqat, non, go‘sht, 

konfet o ‘rab oldiga tashlanadi. It qaysi qog‘ozni oldida tezroq boradi? 

Aniqlab, xulosa chiqariladi.

Tabiatshunoslik  o‘qitishning  amaliy  metodlari.  Amaliy  metod 

o‘quv jarayonida  o‘quvchilaming  turli-tuman  faoliyatini  yo‘naltirish 

bilan belgilanadi.

Amaliy metod og‘ zaki va ko‘ rgazmali metod bilan uzviy bog ‘ langan 

(ko‘rsatish,  oldinda turgan  ish  bo‘yicha  o‘qituvchining tushunchasi). 

Biror  amaliy  ishdan  boshlashdan  oldin  o ‘qituvchi  o‘quvchilar  oldi-



348

da  topshiriq  qo‘yadi  va  uni  bajarish  yo‘li  haqida  ko‘rgazma  beradi. 

Topshiriqni  muammoli  tarzda bo‘lgani  ma’qul uni yechish jarayoni­

da  bilim  bilan  birga  o ‘qituvchining  amaliy  ishi  va  mantiqiy  tafak- 

kuri  uyg‘unlashib  ketadi.  Bilimlami  o‘zlashtirishda  o‘quv jarayonini 

amaliy  tarzda  uyushtirish  o‘quvchi  mustaqilligi  va  ijodiy  fikrlashini 

faollashtiradi.  Amaliy  ishlar jarayonida  faol  o‘zlashtirilgan  bilimlar 

yengil va ongli boTib qolmay ancha mustahkam bo‘ldi. Amaliy metod 

shu  paytda  qoilaniladiki,  qachonki  faol  amaliy  va  fikrlash  faoliyati 

natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug‘ilganda.  Shuningdek, faqat 

yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ulami yangi vaziyatda 

qo ilay   olish  o‘quvchi  yoki  amaliy  ko‘nikmasi  hosil  bo‘lishiga  eri- 

shish lozim.

Amaliy metodning bir necha turlari mavjud:  kuzatish  laboratoriya 

tajribalari;  tirik mavjudotlami  aniqlash va tavsiflash ishlari;  priborlar 

bilan  ishlash;  tirik  tabiat  burchagida  va  o‘quv  tajriba  uchastkasidagi 

amaliy ishlar.

Kuzatish  -   bu  tabiatdagi  predmet  va  hodisalami  maqsadga 

yo‘nalgan  holda  idrok  qilishdan  iborat  bo‘lib,  ulaming  umumiy  va 

farq  qiluvchi  belgilarini  qonuniyatlari  aniqlanadi.  Kuzatish jarayoni­

da  o‘quvchilarda  kuzatuvchanlik ko‘nikmalari  shakllanadi.  Kuzatish 

ilmiy  metod  hisoblanadi,  qaysiki  o‘quvchilar  ancha  murakkab  ilmiy 

tadqiqot  ishlarini  -  tajribalarini  qo‘yishga,  o‘tkazishga  tayyorlanadi- 

lar.  Kuzatishda o ‘qituvchi tomonidan aniq vazifa qo‘yilgan boTadi.

Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o‘tkaziladi.

K.D.  Ushinskiy, V.P.  Vaxterov,  L.S.  Sevmk, A.Ya.  Gerd kuzatish- 

ga  katta  e’tibor  bergan  edilar.  A.Ya.  Gerd  o‘zining  “Maktabda  tirik 

hayvonlar”  nomli  kitobida  o‘quvchilami  kuzatishlar  asosidagi  hara- 

katlari  tadqiqot o‘quvchi haqida o‘quv va amaliy topshiriqlami mus­

taqil yechish ko‘nikmasi bilan qurollanishini ta‘kidlaydi.  Kuzatishlar 

natijasida 2-3-4-sinflarda “Kuzatishlar kundaligi” daftari toTdiriladi, 

savollarga javob yoziladi.  0 ‘simliklaming o‘sish, rivojlanish, gullash 

va hosil berish jarayonlari kuzatiladi.



Tajribalar: 

- 0 ‘qitish 

metodi 

bo‘lib, 



uning 

yordamida 

o‘rganilayotgan  jism  va  hodisalar  qonuniyatlarini  aniqlanadi.  Bu-

349

ning  uchun unga yangi  sharoit yaratib,  ta’sir qilinadi.  0 ‘quvchilarda 

bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.

Tajriba  materialistik  dunyoqarashni  shakllantirishda,  mantiqiy  ta­

fakkur  va  nutqni  o‘stirishda  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  yordamida 

mavhum  tushunchalar  oydinlashadi,  noma’lum  voqeliklarning  sir- 

lari  ochiladi.  Masalan,  haroratning  o‘zgarishiga qarab termometr,  si- 

mob  ustini  harakatlantirishini  va yana  harorat  ta’siridagi  suvning  bir 

agregat holatida, ikki holatga o ‘tishini faqat tajriba vositasida aniqlab 

o‘rganiladi.

Oddiy tajribalar uy sharoitida murakkablari esa o‘qituvchi tomoni­

dan dars jarayonida amalga oshiriladi. Bu paytda o‘quvchilar kuzatish 

jarayonini  fahmlash,  uni  natijalarini  ta’riflashga  o‘rganishlari  bilan 

qimmatlidir.



Amaliy  uslublar  o‘qituvchi  tomonidan  tashkil  qilinadigan  va 

yo‘naltiriladigan,  o‘quvchilar  fikrini  rivojlantirishga  moijallangan 

so‘z, ko‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishida 

ko‘rsatadi.

Amaliy uslublar qo‘llanilishi o‘quvchilar retseptorlari  va effektorla- 

rining  faol  faoliyati  bilan  bog‘liq. Amaliy uslublar o ‘rganilgan mate­

rialni  tushuntirishga, ko‘nikma va malakalar hosil  qilishga imkoniyat 

yaratadi.  Amaliy  uslublami  qo‘llashga  o‘quvchilar  faoliyatining  o‘zi 

bilim  manbai  hisoblanadi.  Bunday  usullar  sirasiga  og‘zaki,  yozma 

mashqlar,  laboratoriya  ishlari,  maktab  yer  maydoni,  tirik  tabiat  bur­

chagida  sinfdan  tashqari  bajariladigan  mashg‘ulotlar  kiradi.  Amaliy 

uslublaming turlariga:

•  

o‘quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar 



yasash;

•  

rasm chizish;

•  

tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo‘yicha ishlar;

•  

hodisalami kuzatish va qayd qilish  ishlari;

•  

tajriba o ‘tkazishlari  (tajriba vositasida masalalarni  hal  qilish) 

kiradi.

Amaliy ish boshlanishi  oldidan  qo‘yiladigan  savol,  muammo, ma- 

salaga o‘quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.  Tabi-



350

atshunoslik  darslari  tanib  olish va  aniqlash  amaliy  metodlarining  bir 

turi  bo‘lib,  tarqalgan  o ‘simliklami  yoki  ulaming  qismlarini  farqiga 

borib, tanib olish xususiyatlarini o ‘rgatadi.

Taqqoslashdagi  farqqa  borish  o‘quvchining  aniqlash  qobiliyatini 

rivojlantiradi.  Farq  qilish  va  aniqlash  bo‘yicha  ishlar  darslardagina 

olib  borilmaydi,  o‘qituvchi  tabiatga uyushtiriladigan  ekskursiyalarda 

ham  o ‘simliklami  topish  va  to‘plashni,  namunalar  yig‘ishni,  ular- 

ning  yoshi,  vegetativ  usullari,  tuproq  kesmalari,  moslashishlarini, 

o‘zgamvchanlikni  о‘quvchilaming  o‘zlashtira  olish  qobiliyatlariga 

qarab tanlab berishi kerak. 0 ‘simliklar, ular qismlarining shaklini bilib 

olish bo‘yicha ishlami o‘quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.

Sinfda amaliy mashg‘ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi, 

bu o‘quvchilarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi organlari bi­

lan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina 

qolmasdan, ular ustida har xil tajribalar o ‘tkazadilar, uning xususiya- 

tini  (masalan,  timab  ko‘rish,  bolg‘acha  bilan  urib  ko‘rish  vositasida 

narsaning  mo‘rtligini,  egish  bilan  qayishqoqligi  va  egiluvchanligini 

va h.) sinaydilar. Tarqatma material sifatida tabiatshunoslik darslarida 

jonsiz va jonli tabiat jismlari  (toshlar,  foydali hasharotlar,  o ‘simliklar 

va ulaming qismlari, may da hayvon va b.) dan foydalaniladi.

Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:

-  

ish maqsadini e ’lon qilish;

-  

o‘qituvchining yo‘l-yo‘riqlar berishi;

-  

topshiriqni tushuntirish;

-  

materiallami tarqatish;

-  

kuzatish, o ‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish bilan suhbat;

-  

xulosalami daftarga yozish;

-  

rasmlar chizish.

Amaliy  ish  vaqtida  o‘qituvchi  topshiriq  tushunarsiz  yoki  murak- 

kab  bo‘lganda  ayrim  o ‘quvchilarga  yordamlashadi.  Agar  qiyinchilik 

ko‘pchilik o‘quvchilarda sodir bo‘lsa, bunda ish mazmunini butun sinf- 

ga  takroran  tushuntirish kerak  bo‘ladi.  Amaliy  ishning  asosiy  qiyin- 

chiligi kuzatilayotgan hodisalami anglab olish, eng muhimlarini ajrata 

bilish, xulosalami ifodalay olishdir.



Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 74%20Педагогика%20фанлар
74%20Педагогика%20фанлар -> Axmedova Malohat Ergashevna pedagogika nazariyasi va tarixi
74%20Педагогика%20фанлар -> Komiljon hashimov
74%20Педагогика%20фанлар -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjayev
74%20Педагогика%20фанлар -> Педагогика тарихи2.pdf [Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi]
74%20Педагогика%20фанлар -> Q. husanboyeva, R. Niyozmetova
74%20Педагогика%20фанлар -> Litseylarda fizika

Download 9.13 Mb.


Do'stlaringiz bilan baham:



1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45

Его жену и собаку снимала скрытая камера

News Fancy

Девушка засыпала в обнимку с питоном, пока не заподозрила нечто

News Fancy

Первая брачная ночь у евреев: вы удивитесь

Вестник

Vena tugunlari 8 kundayoq o'ziga keladi

Varikosette

Varikoz tomirlari bir hafta ichida yo'q bo'lib ketadi

Varikosette

Что означают широкие бедра у женщин?

Вестник

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020


ma'muriyatiga murojaat qiling

© 2020


1.2. KREATIVLIKNING  KONTSEPTUAL`  ANALIZI 

XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabxalariga, shu 

jumladan  ta`lim-tarbiya  sohasiga  ham  ko`plagan  yangiliklar  kirib  kelmoqda.  Ushbu 

yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy 

tilimizda  qo`llanilishi  kuzatilmoqda.  Jumladan  pedagogika,  ya`ni  ta`lim-tarbiya 

sohasida  keyingi  20-yil  ichida  qo`yidagi  tushunchalar  keng  qo`llanilmoqda  va 

bizning ilmiy tilimiz iste`molida keng ishlatiomoqda: 

- pedagogik texnologiya, 

- ilg`or texnologiya, 

- ilg`or tajribalar, 

- innovatsiya va innovatika, 

- pedagogik neologiya, praksiologiya, aksiologiya, 

- innovatsiya va innovator, 

- interaktivlik, 

- strategiyalar, 

- gumanistik pedagogika, 

- liberalizatsiya, 

- ta`limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, 

- tarbiya jarayonida texnologiyalar, 

 

12 


Biz  shular  orasida    «kreativlik»  tushunchasiga  alohida  to`xtab  o`tmoqchimiz.  

Bu  tushuncha  so`nggi  yillarda  ta`lim-tarbiya  jarayonlarida  ma`lum  darajada 

qo`llanilmoqda. Lekin bu tushunchaning mazmun va ma`nosini tahlil etishga hamda 

insonlarda  kreativlikning  shakllanganlik  darajasini  aniqlashga  doir  qator  tatqiqotlar 

olib borilgan.  

Ayniqsa  bunday  izlanishlar  psixologiya  soxasida  keng  rivojlangan.  

A.Yu.Agafonov, 

Yu.Lotman, 

V.Rudnev 

G.S.Batishev, 

M.M.Baxtin, 

D.B.Bogoyavlenskaya,  V.M.Vil`chek,  V.Dil`tey,  V.N.Drujinin,    D.A.Leont`ev, 

A.Maslou, 

A.A.Melik-Pashaev, 

I.Meyerson, 

A.Ya.Ponomarev, 

M.Rorbax, 

S.L.Rubinshteyn, V.Frankl, R.Yakobson singari olimlar shular jumlasidandir.  

  Yuqorida tilga olingan psixolog olimlarning ilmiy tatqiqot ishlarini va boshqa 

da  adabiyotlarni  analitik  tahlil  qilar  ekanmiz,  psixologik  nuqtai  nazardan 

kreativlikning mazmun va ma`nosi jihatdan psixolog olimlar quyidagi xulosalarga 



kelishganligining guvohi bo`lamiz. 

DEMAK

1.  Kreativlik  –  bu  madaniyat  vositasi  asosida  shaxs  sifatida  shakllanish 

jarayonida namoyon bo`ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir.  

2.  Kreativlik  –  bu  insonning  shaxsiy  xususiyati  bo`lib,  uning  o`z-o`zini 

takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog`liq.  

3.  Psixolog  olimlar  tomonidan  kretivlikning  qo`yidagi    ikkita  komponenti 

aniqlangan. Bular: 

A).  Shaxsiy  mazmun.  Ya`ni  har  bir  insonning  shaxsiy  hayotining  umumiy 

mazmuni. Bu mazmun madaniyatshunoslik bilan bog`liq. Har bir inson biron bir soha 

yoki faoliyat bilan shug`ullanar ekan, u kreativlik, ya`ni yaratuvchanlik  munosabatda 

bo`ladi va uni iloji boricha chiroyli, insonlarni o`ziga tortishga yo`naltiriladi. Bu esa 

o`z navbatida insoniyatning madaniyatga yo`naltirilganligidir. 

B). Signifikatsion ko`nikmalar.  

4. Kreativlikni tashxis qilish psixosemiotik tahlil bilan bog`liq 

Kreativlikning darajasini aniqlash qo`yidagilar bilan belgilanadi:  

-  shaxsiy ma`noning rivojlanish darajasi; 

 

13 



- verballi belgilar sistemasini yaratish 

5.  Ta`lim  olish  kengligi  ikkinchi  semiotik  tizimni  tashkil  etadi.  Uning 

kreativlikni rivojlantirishga ta`siri gomomorfizik madaniyat bilan bog`liq.  

6.  Psixologiya  fanida  kreativlik  bilan  bog`liq  bo`lgan  qo`yidagi  jihatlarni  

aniqlashga  doir  qator  metodlar  tavsiya  etilgan.  Lekin  bu  metodlar  bevosita 

kreativlikni emas, balki kreativlikni belgilab beruvchi muayyan jihatlarni aniqlashga 

qaratilgandir. Bular: 

  

A). Psixosemiotik analiz metodlar



- mualliflik matnlarni analiz qilishning psixosemiotik tashxislash metodi 

- E.Torrens metodi, 

- D.A.Leont`ev metodi, 

- G.Myurreyning «Tematik appertseptiv matn» metordi, 

- ekspertlarning baholari metodi.  

 

B).  Ijtimoiy intellektni (aqlni) aniqlashga doir metodlar

- Dj. Gilford va M. Salliven metodi, 

- T.Lirining insonlararo muloqotlarni aniqlash metodikasi, 

- xarakterning aktsentuatsiyaini aniqlash metodlari, 

 

V). Matnlarni psixosemiotik tahlil qilish metodlari; 

- «ko`lam» va «leksik boylik», 

- komp`yuter dasturlari: Microsoft Access ma`lumotlar bazasi va

 

h.k.



  

 

7.  Kreativlik  shaxsiy  mazmun  va  unga  doir  belgilarning  ob`ektivligi  bilan 



belgilanadi.  

8.  Kreativlikning  rivojlanishi  uning  komponentlerining  rivojlanishiga  bog`liq. 

Bular: shaxsiy mazmun va signifikatsion ko`nikmalar. 

9.  Kreativlikni  tashxis  qilish  -  ijodiy  faoliyatning  maxsulotining  ko`satkichlari 

bilan bog`liq.  

 

14 


10.  Shu  bilan  bir  qatorda  psixolog  olimlar  tomonidan  o`quvchilarning  insho 

yozishdagi  kreativligi  psixosemiotik    jihatdan  tahlil  etilgan.  Buni  biz  psixolog  olim 

I.M.Kishtomova  tomonidan  olib  borilgan  ilmiy-tatqiqotlarida  ko`rishimiz  mumkin.  

Uning  «Problema  kreativnosti  shkol`nikov:  psixisemioticheskiy  podxod»  nomli 

19.00.07  –  pedagogik  psixologiya  ixtisosligidagi  psixologiya  fanlari  nomzodi  ilmiy 

darajini  olish  uchun  tayyorlagan  disserattsiyasining  mazmunidan  ko`rishimiz 

mumkin.  Ilmiy  izlanishardagi  tajriba-sinov  ishlarining  taxlili  shuni  ko`rsatganki, 

insho  bolalarning  kreativ  faoliyatining  mahsuli  sifatida  tashxis  qilish  belgilangan. 

Bunda:  


A). O`quvchining shaxsiy ma`nolarining ko`satkichlari sifatida: 

- ma`no va mazmun, 

- vaqt, 

- leksik boylik, 

- javobgarlik, 

- ob`ektotsentrizm, 

- sub`ektotsentrizm, 

- tema. 


B). O`quvchining signifikatsion ko`nikmalarining ko`satkichlari sifatida: 

- inshoning ko`lami, 

- obrazlilik, 

- kompozitsiya, 

- bir butunlilik, 

11.  Ta`lim  olish  kengligi.  Ta`lim  olish  kengligining  bazasi  sifatida  madaniyat 

hisoblanadi.  Uni  esa  shaxs  modellashtiradi.  Bazali  madaniyatni  ta`lim  olish 

kengligining kreativlilikginig rivojlanish samaradorligi belgilaydi.  

12.  Ta`lim  olish  kengligida  kreativlilikni  rivojlantirishning  asosiy  pragmatik 

tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. 

13.  Kreativlikning  shaxs  ma`naviy-axloqiy  sifatlari  bilan  bog`liq  jixatlari  tahlil 

etilgan. 


 

15 


14.  Kreativlik  mazmunining  muammolarini  yechib  berishga  qaratilgan 

kontseptual` psixosemiotik yo`nalish ochib berilgan.  

15  Shaxsning  krieativligini  psixolog  olimlar  o`quvchilarning  insho  yozishlari 

jarayonida  tahlil  etishga  harakat  qilishgan.  Bunday  qo`yidagi  ishlar  amalga 

oshirilgan.   

Psixologiya  fanida  kreativlik  aktning  tuzilishi  ishlab  chiqilgan  va  bunda 

kreativlikni  tashkil  etuvchi  elementlar:  transtsendentsiya  va  signifikatsiya  sifatida 

tahlil etilgan. 

Trans tushunchasi ikkita ma`noda qo`llaniladi: 

 1). Tibbiy tushuncha yo`li, ongning mavxumlanishi, ongsizlik, o`zini yo`qotish. 

2). Oraliq. Biron bir predmet yoki hodisalarning oralig`idagi bog`lanish. 

Shunday ekan, kreativlik akt qo`yidagilar bilan tavsiflanishi belgilangan: 

- erkinlik va cheklanganlikning protsessual` ambivalentliligi; 

- madaniy jihatdan cheksizlik va cheklanganlikning transtsendental`ligi; 

- real` ob`ektlilik; 

- belgilar sistemasining kontinual`li ma`nosi va diskretivligi. 

Kreativlik  aktning 

ma`naviy-axloqiy  yo`naltirilganligi 

masalasi  uning 

strukturasiga  nisbatan  apellyatsiyasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Transtsendentsiya 

ma`naviy-axloqiylikga  nisbatan  taqqoslab  bo`lmaydi.      Qo`yida  ko`rsatilgan  rasmda 

(1-rasm)  semiozis  (sistemalarning  o`zaro  bog`liqligi)  jarayoni  –  matn  bilan  dialog 

shaxsiy  ma`nolarning  sistemasi  shakllanishi  amalga  oshiriladi.  Faolyatining  maxsuli 

olinadi va kreativlikning rivojlanishi amalga oshirilishi ko`satilgan. 

Shaxsning ma`naviy qiyofasi (Transtsendentsiya) 

Matn 

Madaniy 

Gumanist 

Matn

 

Matn



 

Ijtimoiy 

Guruh 

markaz 



Matn

 

Matn



 

 

Shaxs 

Hayotiy 

 

Shaxsiy 

mazmun 

Ega markaz 

 

Maxsulot 

Matn

 

 

Dolzarb 



 

1-rasm. Psixologik nuqtai nazardan kreativlik aktning strukturasi 

Bunda qo`yidagi jarayonlar amalga oshiriladi; 

 

16 



-  semiozis  (sistemalarning  o`zaro  bog`liqligi)  jarayonidagi  shaxsning  ma`no-

mazmun sistemasini rivojlantrish, 

-  shaxsiy  ma`no-mazmunning  ma`naviy  darajaga  erishishi  transtsendentsiya 

bilan bog`liq («yuqoridan tushish» (N.A. Berdyaev)). 

-  so`ngra  shaxsiy  ma`no-mazmunning  belgilar  ob`ektivatsiyasi    (signifikatsiya) 

amalga oshriladi («pastdan yuqoriga chikish»). 

- yuqoridagi bosqichlarning natijasi sifatida ijodkorlikning mahsuli hisoblanadi.  

Shuningdek,  psixolog  olimlar  tomonidan  kreativlikning  modelini  yaratish,  uni 

tashxis  qilish  va  rivojlantirish  metoodlarini  ishlab  chiqishga  doir  ham  urinishlar 

amalga  oshirilgan.  Psixologlar  tavsiya  etgan  kreativlikning  modeli  2-rasmda  o`z 

aksini topgan.

 

  



 

2-rasm. Kreativlikning psixosemiotik modeli 

Bunda: 

1) Shaxsiy ma`no-mazmun darajasi 

2) Muallifning madaniyat vositalarini o`zlashtirish darajasidir 

Bunda  kreativlik  metodikasining  mantiqiy  tuzilishi  quyidagilar  bilan 

belgilanadi: 



Nutqning asosiy funktsiyasi – tasvirlash;  

m

at



n

n

in



g

 

ta



x

li

li



 

ta

`l



im

 

se



m

io

zi



m

at



n

n

n



g

 

ta



x

li

li



 

 

Shaxsiy ma`no-mazmun 



Madaniyat vositasi-til 

Kreativlikning rivojlanishi 

Kreativlikni tashxis qilish 

 

Ma`no 

Signifikatsion 

ko`nikmalar 

 

Ma’no 

Shakl 

kod 

KRЕATIVLIK 

 

17 


1. Nutq ob`ektivliligi jarayonida sub`ektiv sistematizatsiyalanadi  

2. Kreativlik badiiy va oddiy nutq bilan tavsiflanadi. 

 3. Monologik  va  yozma  nutq  muallifning    sub`ektivliligini  bildiradi,  maktab 

inshosi – psixodiagnostik tahlilning ob`ekti hisoblanadi. Uning yordamida shaxsning 

shaxsiy sifatlarini aniqlash  mumkin.   

4.  Nutqdagi  kreativlik  erkinlik  asosida  amalga  oshirilib,  uning  erkinligi  til  va 

nutq qonuniyatlariga amal qilgan bo`lsa da cheksizdir  

5.  Matnni  tuzishda  ongli  va  ongsiz  jarayonlar  amalga  oshiriladi;  Ongli  –  ya`ni 

bunda matnning semantik o`ziga xosligi, ikkinchi holatda esa – sintaksislik (shaklni).  

6.  Matnda  shaxs  bir  butun  holatda  namoyon  bo`ladi;  matnning  barcha 

elementlari  va  uning  arxitektonikasi    muallifning  shaxsiy  o`ziga  xosligida 

reprezentatsiyalanadi  

7. Sistemani tashil etuvchi shaxsning sifatlari shaxsiy ma`noga ega bo`ladi. 

 8. Kreativlik til vositasida shaxsiy ma`no va mazmunni amalga oshirishni ifoda 

etish jarayonida ko`rinadi 

Yuqoridagi  ilmiy  adabiyotlarning  tahlili  shuni  ko`rsatadiki,  kreativlik 

tushunasiga nisbatan bir-biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular: 

1.

 



Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir. 

2.

 



Kreativlik  –  bu  insonning  o`ziga  topshirilgan  muayyan  topshiriq  va 

vazifalarni bajarish usulidir. 

3.

 

Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.  



4.

 

Kreativlik  –  bu  insonga  xudo  tomonidan    berilgan  qobiliyat, 



kashfiyotlardir. 

5.

 



Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir. 

6.

 



Kreativlik  –  bu  ijodkor  insonlarning  ma`naviy-axloqiy  va  ijtimoiy 

adaptatsiyalanishidir. 

7.

 

Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir. 



Shu  bilan  bir  qatorda  psixologiyada  ijod  va  ijodiy  faoliyat  muammosini 

o`rganuvchi alohida yo`nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo`nalishi vujudga kelgan.  

 

18 



Ijodkorlik  psixologiyasining  asosiy  maqsadi  psixologik  qonuniyatlar,  ijod 

jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni o`rganishdan iborat. 

Ijodkorlikka 

rivojlanishning 

asosiy 

mexanizmi 



sifatida 

(N.V.Kipiaki, 

A.M.Matyushkin,  Y.A.Ponomarev,  I.N.Semenov  va  boshqalar)  qaraladi  va  uning 

o`rganilishi  M.S.Bernshteyn,  V.S.Bibler,  V.N.Shkin,  O.K.Tixomirov,  e.G.Yudin  va 

boshqalar nomi bilan bog`liq. 

Psixologik  ijodkorlikning  kreativlik  deb  nomlanuvchi  yo`nalishi  ustida  g`arb 

olimlari:  J.Gilford,  S.Liding,  V.Smit,  D.Xalperik  va  boshqalar  izlanishlar  olib 

borishgan. 

Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va 

umumlashtirib  R.Xameni  yozadi:  «Kreativlik  o`zida  yangicha  yo`sinda  amalga 

oshirilgan  o`zlashtirish  to`lqinini  (Makkelif),  yangicha  aloqadorliklarni  aniqlash 

(Kyubi),  yangicha  munosabatga  kirishish  (Rodjers),  yangiliklar  (Lassuel),  ongning 

yangicha e`tirozlariga sabab bo`luvchi faoliyatidir». 

Ko`pchilik  tadqiqotchilar  kreativlikni  belgilashda  shaxsning  o`ziga  xosligi  va 

xususiyatlariga  e`tibor  qaratadilar.  J.Gilfordning  fikricha,  kreativlik  va  ijodiy 

imkoniyat  qobiliyatlar  va  ijodiy  tafakkurga  ta`sir  etuvchi  omillar  yig`indisi  sifatida 

namoyon bo`ladi. 

E.Torrens  kreativlikni  yechimlarni  topishda  bilimlarning  yetarli  bo`lmasligi 

muammosi,  qiyinchiliklar  qarshiidagi  indentifikatsiya  va  taxminlarning  shakllanishi, 

yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996-y.) 

Ijtimoiy-psixologik 

va 

ijtimoiy-boshqaruv 

darajasida 

– 

ijodkorlik 



determinantlari borasida jamoa ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik muammosi, 

jamoaning  funktsional-rolli  differentsiyasi  yo`nalishi  bo`yicha  izlanishlar  olib 

borilmoqda. 

Kreativlik  ijodiy  tafakkurning  yangi  mahsuli  yoki  natijasi  ekanligi  yuzasidan 

bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. 

Boshqa  izlanishlarda  ijodkorlikning  yangilik  yaratishdagi  yetakchiligi 

ta`kidlanadi. 

 

19 


V.Arteymning  izlanishlarida  ijodkorlik  uning  mahsuli  bo`lgan  ob`ektga  qarab 

baholanmaydi,  deb  aniq  munosabat  belgilanadi.  Uning  fikricha:  «Kreativlik  bilim, 

faoliyat va istakning uyg`unligi». 

Ko`rinib turganidek, kreativlik masalasi ilm-fanda asosan psixologik tushuncha 

(kategoriya) sifatida tahlil etilgan hamda uning bevosita inson psixikasi bilan bog`liq 

ekanligi  e`tirof  etilgan.  Agarda  til  va  nutq  inson  psixikasining  mahsuli  sifatida 

namoyon  bo`ladigan  bo`lsa,  uning  shakllanishi  va  rivojlanishi  pedagogik  muammo 

sifatida ham tahlil etishni taqozo etadi.    

 

  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

20 




II-BOB.   UZLUKSIZ  TA`LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK 

KREATIVLIKNING TUTGAN O`RNI 

 

2.1. KREATIVLIKNING PEDAGOGIK TAHLILI 

Bugungi  kunga  kelib  kreativlik  nafaqat  psixologlarning,  balki  pedagoglarning 

diqqat e`tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo`llailmayotgan 

bo`lsa  ham  bu  tushunchani  ma`lum  darajada  pedagogik  iste`molga  kiritishga  doir 

harakatlar  ko`zga  tashlanmoqda.  Pedagogika  oid  manbalarda  kreativlik  ijod  bilan 

bog`liq  holda  o`rganiladi  va  tushuniladi.  Ijodkorlikning  psixologik  jihatlari  haqida 

fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog`liq holda tahlil 

etiladi.  Ijodning  psixologik  asoslari  sifatida  qo`yidagi  elementlar  qabul  qilangan. 

Bular: 

1.

 



Qabul qilish. 

2.

 



Xohish va istak. 

3.

 



 Tasavvur qilish. 

4.

 



O`z-o`zini kuzatish. 

Shu  bilan  bir  qatorda  bilimning  asosini  tashkil  qilishda  asosiy  o`rinni 

egallaydigan  fikr  yuritish  bilan  tasavvur  qilish  qo`yidagi  elementlar  belgilanishi 

e`tirof etilgan. Bular: 

1.

 

Aqliy mehnat. 



2.

 

Intuitsiya. 



3.

 

Dunyoqarash 



Pedagogika  fanida kreativlik  masalasiga bevosita  murojaat  etgan  pedagog  olim 

pedagogika  fanlari  doktori,  professor  R.A.Mavlonova  o`zining  ilmiy  ishlarida 

kreativlik  haqida  baholi  qudrat  fikrlar  bildirgan.  Uning  «Boshlang`ich  ta`limda 

innovatsiya», «Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli 

o`quv qo`llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to`xtab o`tgan.  

Buyuk  olim  V.A.Slastyonin  pedagogning  innovatsion  faoliyatiga  bo`lgan 

qobiliyatlarining asosiy xislatlarini qo`yidagicha belgilagan: 

 



shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi. 

 

21 


Bu  qiziquvchanlik,  ijodiy  qiziqish,  ijodiy  yutuqlar,  peshqadamlikka  va  o`z 

kamolotiga intilish; 

 



kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o`z ka - molotiga 

intilish; 

 

kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik 



tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy 

bartaraf  qilish  qobiliyatlari;  ijodiy  faoliyatiga  hamkorlik  va  o`zaro  yordam  berish 

qobiliyati;   

 



o`qituvchining  individual  qobiliyati,  bu  -  ijodiy  faoliyat  sur`ati  va  ish 

qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o`zini tuta bilish. 

Pedagog  olima  R.A.Mavlanova  an`anaviy  psixologiya  va  pedagogikada 

kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida 

bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:  

-  kreativlik  tafakkur  sifatida  (J.Gilford,  Y.K.Tixomirov)  yoki  intellektual 

faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),  

yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar).  

Biroq  oliy  ta`lim  pedagogikasi  (kreativ  androgogika)da  uning  sifat 

ko`rsatkichini  va  namoyon  bo`lish  darajasini  aniqlashning  o`zi  yetarli  emas. 

Kreativlik  biryoqlama  salbiy  jihat  sifatida  qaralsa-da,  uning  muammolar  tizimi 

umumlashtiriladi va bir  butunlikni tashkil  etadi,  bu ayniqsa o`zida ta`lim  jarayonida 

ijodiy  ta`lim  va  tarbiyani  mujassamlashtirgan  shaxsning  ijodiy  imkoniyatlari  va 

kreativlikni  rivojlantirish  jarayonida  oliy  maktab  pedagogikasiga  taalluqlidir.  Shu 

sababli,  olima  kreativlikni  rivojlanish  imkoniyatlarini  kreativ  ta`lim  va  tarbiya 



jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o`rganish zarurligini e`tirof etadi. 

O`tgan  asrning  60-70-yillari  pedagogikada  kreativlik  muammosini  o`rganishda 

keskin  burilish  yillari  bo`ldi.  Shu  davrda  ijodiy  izlanuvchan  pedagog-novatorlar 

paydo bo`ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni 

ham  qiziqtirdi,  ular  ijodiy  ta`limining  psixologik  tomonlarini,  ijod  faoliyatining 

pedagogik  psixologiyadagi  mexanizmini  o`rgandilar.  (V.V.Davidov,  LA.Zimnaya, 

 

22 



N.V.Kuzmina,  A.M.Matyushkin,  Y.A.Ponomarev,  R.A.Mavlonova  rahbarligidagi 

pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) 

Kreativlikni  o`rganishda  amalga  oshirilgan  nazariy  tahlil  uni  kasbiy 

anrogogikada  qo`llashning  umumiy  qonuniyatlari  va  o`ziga  xosligini  aniqlash 

imkonini  beradi  (V.M.Morozov).  Biz  kreativlikning  tizimlilik  tuzilishidan  kelib 

chiqib,  unga  shaxsning  o`ta  intellektual-evristik  jihati  sifatida  emas,  balki  shaxsni 

qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz. 

Kreativlik  -  shaxsni  rivojlantiruvchi  kategoriya  sifatida  inson  ma`naviyatining 

ajralmas  qismi  bo`lib,  shaxsni  o`z-o`zini  rivojlantirish  omili,  shaxsiy  jonbozlikning 

asosi,  shaxs  ega  bo`lgan  bilimlarning  ko`pqirrali  ekanligida  emas,  balki  yangi 

g`oyalarga  intilishda  va  o`rnatilgan  stereotiplarni  yangilik  yaratish  jarayonini  isloh 

qilish  va  o`zgartirishda,  hayotiy  muammolarni  yechish  jarayonida  kutilmagan  va 

noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo`ladi.   

 

 

Shu  bilan  bir  qatorda  filologiya  fanlari  doktori  M.Ayimbetov  ham 



o`qituvchilarning  pedagogik  mahoratiga  doir  o`z  fikrlarini  bayon  etish  bilan  bir 

qatorda  pedagogning  shaxsiy  va  kasbiy  faoliyati  masalalariga  to`xtab  o`tgan.  Olim 

«kreativlik»  yoki  «ijodkor»  tushunchalarini  bevosita  qo`llanmagan  bo`lsalar  ham 

ijodkor  o`ituvchining  sifat  ko`rsatkichlarini  yoritib  berishga  doir  fikrlarini  bayon 

etgan.  Olim  mahoratli  zamonaviy  o`qituvchining  strukturaviy  komponenlarini 

ko`rsatib  bergan.  Shu  bilan  bir  qatorda  olim  bunday  pedagoglarning  oltita  belgisini 

alohida e`tirof etgan. Bular: 

1.

 



Pedagogik jamoada katta obruga ega bo`lishi. 

2.

 



O`zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo`lishi. 

3.

 



Darslarini oliy darajada tashkil etishi. 

4.

 



O`quvchilar bilan do`stona munosabatda bo`lish. 

5.

 



Murakkab vaziyatlarda o`zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir 

maromda olib borishi. 

6.

 

Pedagogik jamoada hamda maxallada katta ta`sir ko`chiga ega bo`lishi Sanab 



o`tilgan  sifatlarga  Biz  o`qituvchining  kreativlik  faoliyatini  ham  qo`shicha  qilgan 

bo`lar  edik.  Negaki,  o`qituvchilarning  oliy  darajada  dasrlarni  atshkil  etishi  o`z-

 

23 



o`zidan  bo`ladigan  holat  emas,  balki  o`qituvchining  izlanishlari,  o`z  sohasidagi 

yangiliklarni  tajribalarida  qo`llay  olishi,  o`quvchilarni  «o`qitish»  emas  «o`qishga» 

o`ragatishiga doir qator faoliyatlar tizimi bilan bog`liqdir.  

O`qituvchining  kreativ  faoliyati  pedagogik  mahoratning  mazmunida  aks  etar 

ekan,  pedagogika  fanida  o`qituvchining  pedagogik  mahoratining  modeli  ishlab 

chiqilgan.  Bu model` qo`yidagilarda o`zining aksini topgan. 



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling