Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?


“Davlat ishchisi kreativ va zamonaviy bo‘lishi lozim”. Koreyalik professor bilan suhbat


Download 1.22 Mb.
bet3/9
Sana06.11.2020
Hajmi1.22 Mb.
#141597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dissertatsiya

Davlat ishchisi kreativ va zamonaviy bo‘lishi lozim”. Koreyalik professor bilan suhbat


O‘zbekistonda ayrim hokimlarning eng katta dardi “snos” bo‘lib turgan bir paytda rivojlangan mamlakatlar liderlari barcha sohalar zabt etilgan yangi dunyoni anglashga bel bog‘lagan. Siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov Amerikaning Stenford universiteti professori, Janubiy Koreya elektron hukumati markazi rahbari professor Kim Son Ik bilan shu mavzuda – bugun va kelajak liderlari haqida yaxshi suhbat quribdi.

Kadr: YouTube



Otabek Hasanov Janubiy Koreya poytaxti Seuldan tayyorlagan intervyusini “Daryo” o‘quvchilariga ham ilindi.

Bugungi liderlar va kelajak liderlar o‘rtasida qanday farq bor?

Ishonchim komilki, bugun va kelajak liderlari orasida katta farq mavjud bo‘ladi. Fikrimcha, eng muhim narsa – turli munosabatlar va turli istiqbolli natijalarga erishish. Turli istiqbollar degani har bir narsani turli nigohda ko‘rishdir. Masalan, biz hozir raqamli dunyoda yashamoqdamiz. Raqamli, ya’ni detallashgan dunyo deganda nimani tushunamiz? Biz tushunishimiz kerakki, bu tarmoqli dunyo yoki barcha jabhalari zabt etilgan dunyodir. Bu nima degani. O‘ylaymanki, birinchi galda biz yangi dunyoning nimaligini to‘g‘ri anglab olishimiz zarur.

Davlat xizmatchisi uchun muhimi shundaki, davlat xizmatchisi dunyoni barcha jabhalarda zabt etish falsafasida juda zaifdir. Avvalari davlat xizmatchisi fuqarolarga qaraganda juda katta kuchga ega bo‘lgan. Ammo hozirgi vaqtda vaziyat keskin o‘zgardi. Buni biz fuqarolar davlat xizmatchisiga qaraganda ko‘proq vakolat berilganida ko‘ra olamiz. Eng muhimi, fuqarolarga ustunlik berilgani birinchi galda hech qanday an’anaviy byurokratik to‘siqlarsiz bo‘lganidir.

Oldinroq aytganimdek, XXI asr liderlari shuni bilishi lozimki, biz yangi dunyoda yashamoqdamiz, bu detallashgan, tarmoqli va barcha sohalari zabt etilgan dunyodir. Yangi liderlar yangi dunyoning ma’nosini anglashi shart. Bu XXI asr lideri bo‘lishdagi eng birinchi, muhim qadam, boshqacha qilib aytganda kalitdir.

Oddiy misol sizga, avvallari fuqarolarga umumiy ko‘rinishdagi xizmatlar ko‘rsatilgan. Yashab turgan tumaniga yo‘l qurib berdingiz, bo‘ldi. Bugun esa har bir elementga e’tibor qaratishingiz lozim, ya’ni fuqaro pasport olish jarayoni ham unga qulay shaklda bo‘lishi kerak. Bunda kelajak liderlari oldiga katta vazifalar qo‘yiladi. Ya’ni fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni doim soddalashtirib borish va yangi qulayliklarni ishlash chiqishdan iborat bo‘ladi.

Davlat xizmatchisiga ijodiy muhit kerak

Innovatsion g‘oya kreativ, ya’ni ijodiy fikrlashdan kelib chiqadi. Shunday qilib, innovatsion faollik uchun hukumat liderlari ijodkor bo‘lmog‘i lozim.

Kreativlik hamda ijodkorlikning asl mazmuni qanday?

Umumiy qilib aytganda, kreativlik kichik yangi kompaniyalardan boshlanadi. Bu kompaniyalar eski an’anaviy kompaniyalar bilan solishtirganda farqli istiqbolga egaligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniyalar yangicha – ijodkorona fikrlay oladi.

Ijodkorona yoki kreativ fikrlash AQShdagi Kremniy vodiysidan boshlangan. Bu yerda metabolik fikrlash yoki o‘zaro fikrlashish juda muhim sanaladi. Davlat xizmatchisiga ijodiy fikrlash uchun kerakli atrof muhitni shakllantirishimiz kerak. Ishonamanki, davlat xizmatchisi ijodkorona fikrlashi uchun birinchi galda o‘z milliy falsafamizni va qarashlarimizni yaratishimiz kerak. Bu falsafa yangicha avangard g‘oyalarga olib kelishi kerak.

Fuqarolarni ko‘pchiligi ushbu yangi g‘oyalarni ilgari suradigan siyosatni xohlaydi. Yangi innovativ faollikni yaratish uchun ijodkorona fikrlaydigan yondashuv kerak. Masalan, O‘zbekistonda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus joylar mavjud, lekin ushbu xizmatdan ba’zilar mamnun bo‘lmasligi mumkin. Esdan chiqmasligi kerakki, fuqarolar ijodkorona fikrlashi uchun tanlovli yondashuv lozim, ya’ni fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni universal xizmatga aylantirishimiz kerak, bu universal xizmatlar jamiyatning barcha qatlamini qamrab olishi zarur. Bu boshlang‘ich asosiy yurishdir.

Menimcha, hozirgi kunga qadar fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdan faqatgina kamchilik qatlam vakillari foydalangan. Misol uchun, agar bir boy inson kasal bo‘lsa, faqat 10 foizi xorijga davolanish uchun chiqishi mumkin. Bu haqda o‘ylashimiz lozim. Har qanday universal g‘oyasiz, xizmatlarsiz fuqarolarga kerakli xizmatni ko‘rsata olmaymiz. Eng muhimi, bu oddiy fuqarolarga kerakli xizmatlarni ko‘rsatadigan jarayonni yaratish yaxshilash va umumlashtirishdir. Bu juda muhim jarayondir. Menimcha, hukumatingizning vazifasi kelajakda shunday fuqarolarga universal xizmatlarni shakllantirishdan va yaxshilashdan iboratdir.

Kelajak hukumati haqida...

Biz hozir ochiq yoki elektron tarmoqli bir zamonda, boshqa so‘z bilan aytganda, aqlli dunyoda yashaymiz, smartfonlarni ishlatamiz. Kelajakdagi hukumatni qanday ta’riflash mumkin? Kelajakdagi hukumat inson tabiatiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Inson – irratsional bir mavjudot. Shunga qaramay, hech bir inson boshqaning izmida bo‘lishni istamaydi, boshqalar bilan raqobatlashishni yoqtirmaydi. Biz inson tabiatini o‘rganishimiz kerak. Kelajakdagi hukumat inson tabiatiga e’tibor qaratishi lozim.

Misol uchun, Stiv Jobs, Apple kompaniyasida yaxshi narsalarni ixtiro qilgan. Misol uchun, Ipad – mp3 formatidagi musiqani eshitishga moslashgan, o‘rtasida “bosish” tugmasi bor juda oddiy aylana uskuna ixtiro etgan. Bu juda sodda va, eng muhimi, Jobsning fikricha, odamlar oddiy narsalarni yoqtiradi.

Fikrimcha, hukumat ham shu oddiy konsepsiya kabi bo‘lishi kerak. Kelajakda inson tabiatiga asoslangan hukumat shunday bo‘lishi kerak. Inson tabiatiga asoslangan siyosat fuqarolarga xizmat ko‘rsatishi lozim va bunday siyosat yaratish uchun inson kapitaliga katta e’tiborimiz qaratishimiz kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston va jahon yangiliklari — Telegram’ingizda!

Ulashing: 

Facebook Twitter Odnoklassniki Telegram

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar


  • Mahalliy

 

12:34, 24.09.2020  144130

DTM mandat qachon e’lon qilinishi bo‘yicha ma’lumot berdi

 


  • Mahalliy

 

20:35, 23.09.2020  131620

“Hamma yoqda o‘g‘lim haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishdi” — koronavirusdan vafot etgani aytilgan 11 yoshli bolaning otasi

 


  • Mahalliy

 

15:55, 18.09.2020  124613

Toshkentcha ko‘zbo‘yamachilik: To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan xonanda Vohidjon Isoqov aslida jarimaga tortilmagan bo‘lishi mumkin

So‘nggi yangiliklar


  • Mahalliy

 

08:12 Bugun 1035

“Koronavirus belgilari bor bolalar 20 kun, belgisizlar 14 kun davomida yuqumli bo‘ladi” — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi


  • Mahalliy

 

07:52 Bugun 2524

Namanganda hokim maslahatchilari va axborot xizmatlari rahbarlariga xizmat avtomobillari topshirildi


  • Sport

 

07:38 Bugun 3145

UFC. Anderson Silva faoliyatidagi so‘nggi jangida nokautga uchradi. Mahmud Murodov qatnasha olmagan musobaqa natijalari


  • Dunyo

 

07:31 Bugun 3349



Xitoyda koronavirus epidemiyasi ikkinchi to‘lqinining boshlanishi ehtimoli kamligi aytilmoqda


Eng ko‘p o‘qilgan


  • Mahalliy

 

11:22, 30.10.2020 144436

Barchaga bag‘rini ochgan Shvetsiya nega o‘zbekistonliklarni qabul qilmayapti? Shvetsiyada sakkiz yildan beri yashayotgan Aisha Aliyeva hikoyasi


  • Mahalliy

 

07:08, 31.10.2020 104971

“Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga ‘g‘alaba’ muborak” — Rasul Kusherbayev UzAuto Motors’ning sudda yutib chiqqaniga munosabat bildirdi


  • Sport

 

13:32, 31.10.2020 78612

Odil Ahmedovning otasi 65 yoshida vafot etdi


  • Dunyo, Ilm-fan

 

16:47, 30.10.2020 76682

Olimlar COVID-19’ning asosiy tarqalish manbasini aniqladi


 

  • Foydalanish shartlari

 

  • Reklama

 

  • Ishga marhamat!

 

  • Biz bilan bog‘laning

 

© Simple Networking Solutions



+18     



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling