Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?


Kreativ inson bo’lishni xohlaydigan, lekin boshlashdan qo’rqadiganlar uchun 5 ta kitob!


Download 1.22 Mb.
bet6/9
Sana06.11.2020
Hajmi1.22 Mb.
#141597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dissertatsiya

Kreativ inson bo’lishni xohlaydigan, lekin boshlashdan qo’rqadiganlar uchun 5 ta kitob!


19 Yanvar, 2019

 

 Latofat Sherzodovna



 

 Bu qiziq!

Ba’zi odamlar kreativ-ijodkorlik o’ziga xos mahoratni va iste’dodni talab etadi, deb o’ylaydi va ishonadi.”Greenoteka” nashri ijodkorlik hammada mavjud ekaniga ishonish uchun beshta kitobni tafsiya qilmoqda.

Har bir inson ijodkor bo’lib tug’iladi. Ijodkorlik tabiiy holat bo’lib, ammo biz odatda atrofimizdagilarning xulq-atvori, fikrlari sababli buni anglab yetmaymiz. Manbada yozilishicha, ushbu tanlab olingan beshta kitob qobiliyatingizni anglashga va rivojlantirishga yordam beradi.



1-kitob: “Yaratuvchanlik uchun jang” (Война за креатив)

Muallif: Stiven Pressfild

Stiven Pressfildning aytishicha, har birimizda ikkita hayot bor: biri biz yashayotganimiz, ikkinchisi esa ichimizdagi hayotdir. Sizga quyidagi holatlar tanishmi, siz qachon nima qilishingizni, nima bilan shug’ullanishni hohlashingizni ham aniq bilasiz, lekin har doim ortga surib, jur’at qilolmay doim o’zingizni tanqid qilyapsizmi?



Keling, dastavval bularning tashqi sabablarni qidiramiz. Bizni o’zimizga qulay bo’lgan joyga intiltiradigan kuch bu qarshilikdir. U qanchalik kuchli bo’lsa, biz va bizning ichki rivojlanishimiz uchun nimadir qilish shunchalik muhim narsadir deydi,– Stiven Pressfild.

Muallifning ta’kidlashicha, odatda ijodkorlik tez daromad keltirmaydi va muvaffaqiyatga kafolat bermaydi – bu bizni eng qo’rqitadigan va qiziqishni so’ndiradigan narsadir. Ammo qarshilikni qanday yengib o’tish kerak, ichki qo’rquv va shubhalardan qutulish kerakmi? Shu va shunga o’xshash boshqa ko’plab savollarga javoblarni ijodkorlik haqidagi eng mashhur mana shu kitobdan topasiz. Sizning kasbingiz sizga eng oson yo’l bilan beriladi shuni unutman!



2- kitob: “Rassomning yo’li” (Путь художника)

Muallif: Julia Kameron

Julia Kameron AQSHdagi ijodkorlik bo’yicha eng mashhur mutaxassislardan biri. U 30 ta kitobni chiqarib, yuzlab she’r, sahna  sinariylarini yozgan. «Rassomning yo’li» kitobi xuddi shu nomdagi trilogiyaning birinchi qismi bo’lib, ijodga oid eng amaliy va ilhomlantiruvchi kitoblardan biri hisoblanadi. Kitob ichimizdan ijodkorlik uchun istakni topib, uni rivojlantirishga yordam beradigan 12 haftalik dasturdan tashkil topgan.



Kurslardan biri-kunni ertalabki sahifalar bilan boshlashdir. Har kuni ertalab kundaligingizni oching (tutmagan bo’lsangiz tuting) va uchta sahifaga yozing. Hattoki, miyyangizda hech qanday fikr yo’q bo’lsa ham yozing, o’sha yo’qligi haqida yozing, tahlil qilmang va o’ylamang. Bunaqa amaliyot ichki xotirjamlik va yengil ijodiy quvvat berishga o’rgatadi.

3-kitob: «Rassomdek o’g’irla»(Кради как художник)

Muallif: Ostin Kleon

Oustin Kleon – «The Wall Street Journal» va «The New York Times» kabi jurnallarda rassom va yozuvchi bo’lib ishlagan. «Rassomdek o’g’irla» kitobida Octin yosh ijodkorlar uchun maslaxatlar bergan. Kitob, chiroyli tarzda yaratilgan bo’lib qiziqarlidir, bu o’z g’oyalarini amalga oshirishni xohlaydiganlarga ilhom beradi.



Ostin Kleonning asosiy g’oyasi: siz ijodkorlik bilan shug’ullanishingizni kutmang, aynan o’sha jarayonda sizning   kimligingiz aniq bo’ladi. Siz hozir tayyorsiz, harakat qiling! Olg’a!

4-kitob: “Allaqachon vaqti kelgan” (Давно пора)

Muallif: Barbara Sher

Barcha dunyo kitobxonlariga birday manzur bo’ladigan mashhur “Garry Potter” romaning muallifini Barbara Sherni hayotning murabbiysi, deb ataydilar. Barbara iste’dodni qanday ochish va har kuni rivojlantirish uchun 7 ta eng yaxshi sotilgan kitoblar muallifidir. “Allaqachon vaqti kelgan” kitobi har bir kitobxon uchun amaliy qo’llanma hisoblanadi, kitobning asosiy g’oyasi shundaki, biz har xilmiz va har birimiz o’z usulimizga egamiz. Barbara xech qachon hammaga bir xil maslaxat bermaydi, balki o’zingizga to’g’ri keladigan yo’lni qanday topa olishingiz mumkinligi haqida maslahat beradi.



«Har birimiz bu dunyoga o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan qobiliyatlar bilan kelamiz. Baliq suzishga, qush esa uchib ketishga intilgani kabi, biz ham qobiliyatimizni anglashimiz va ishlata olishimiz kerak. Bu orzularni bajarishga yordam beradi. Ehtimol siz ularni to’liq anglab olmagandursiz, lekin ular bor”.

5-kitob: “Teoga akasidan xatlar” (Письма к брату)

Muallif: Vinsenta Van Gogo

Ushbu kitob – buyuk rassomning akasiga yozgan maktublaridan tashkil topgan. Kitob insonlarga sevimli mashg’ulotini bajarish uchun sabr-toqat va kuch- g’ayrat berib, ilhomlantiruvchi hikoyadir. Van Gog kitoblari bilan kelajakdagi yangi yosh rassomlarning qalbida qolishni xohlagan. Kitob juda qimmatli bo’lib, qiyin va uzoq, ammo kelajagi porloq yo’lni tanlaydigan har qanday ijodkorga foydalidir.



Latofat Sherzodovna tayyorladi

Foydali: Kitoblar haqida siz bilmagan 13 ta qiziq fakt! 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling