Protsessorning taktli chastotasi va razryadliligi Protsessorning asosiy xarakteristikasi - bu uning unumdorligidir. Bu ikkita parametrga bog'liq: taktli chastotasi va razryadliligi. - Taktli chastota – bir soniyada bajariladigan amallar soni bo’lib, u megagers (MHz - sekundiga bir million takt) va gigagerts (GHz - soniyada bir milliard takt) bilan o'lchanadi. Taktli chastota qanchalik baland bo'lsa, kompyuter shunchalik tez ishlaydi.
- Razryadliligi – bir taktda uzatilishi mumkin bo'lgan axborotlar (baytlar) miqdori. Protsessorning razryadliligi 8, 16, 32, 64 bit bo’lishi mumkin. Horirgi zamonaviy protsessorlar 32 va 64 bitli.
Asosan ikkita - Intel va AMD protsessor ishlab chiqaruvchilar mavjud. - Intel mahsulotlari qimmat, lekin yuqori unumdorlikka ega. Kamroq energiya sarflaydi, shuning uchun kamroq qizib ketadi. Ular operativ xotira bilan yaxshi aloqaga ega.
- AMD mahsulotlari Inteldan ancha orqada, lekin arzonroq. Ular juda ko'p energiya talab qiladi va Intel protsessorlariga qaraganda operativ xotira bilan o'zaro muloqati yaxshi emas.
Protsessorning ishlab chiqaruvchilari - Tezkor xotira (rus. Оперативная память (ОЗУ), ingl. Random Access Memory (RAM))- kompyuterni elektr manbaga bogʻliq boʻlgan xotirasi hisoblanadi.
- Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
- Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi.
- Tezkor xotira chastotasi – tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimlari sonidir.
- Operativ xotira chastotasi kompyuterning ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu – vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS operativ xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |