Операцион тизим


Download 345.42 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi345.42 Kb.
#1083267
Bog'liq
4-maruza OT

Fan: Operatsion tizimlar 4-maruza. Operatsion tizimlarning turlari

O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A.Sh.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

REJA

  • Ko'pprotsessorli operatsion tizimlar
  • Ko'pdarajali tizimlar
  • Meynfreymlar operatsion tizimlari
  • Server operatsion tizimlari
  • Mijoz-server modeli
  • Shaxsiy kompyuterlar operatsion tizimlari
  • Virtual mashina

Ko’pprotsessorli operatsion tizimlar

  • Ko’pprotsessorlilik (rus. Мультипроцессорность, Многопроцессорная обработка, ingl. Multiprocessing) – bu bir kompyuter tizimida ikki yoki undan ortiq fizik protsessorlardan foydalanish tushuniladi.
  • Operatsion tizim yoki dastur vazifalarni bir nechta protsessorlar o'rtasida taqsimlay oladigan bo'lsa, u ko'pprotsessorli deb ataladi.

Ko’pprotsessorli operatsion tizimlar

  • Telefonlar, planshetlar, noutbuklar va aksariyat shaxsiy kompyuterlar bitta protsessorga ega.
  • Ish stantsiyalari va serverlar ba'zan bir asosiy platada ikki yoki undan ortiq protsessorlar bilan ta’minlangan bo’ladi.
  • Bitta tizimda bir nechta protsessorlarni joylashtirilishi asosiy platada ko'plab o'zgarishlar kiritishni talab qiladi.

Ko’pprotsessorli operatsion tizimlar

Ko’pprotsessorli ishlov berish

  • Ko’pprotsessorli ishlov berish – bu multiprotsessorlash (Multiprocessing) deb ataladi. Multiprotsessorlash barcha resurslarni boshqarish algoritmlarini murakkablashtirishga olib keladi. OTga multiprotsessorlashni qo'llab-quvvatlash funktsiyalari dastlab Solaris 2.x, Open Server 3.x, OS/2, Windows NT va NetWare 4.1 OTlarda mavjud bo’lgan.
  • Ko'pprotsessorli OTni ko'pprotsessorli arxitekturali tizimida hisoblash jarayonining tashkil etilishiga ko'ra tasniflash mumkin: assimetrik OT va simmetrik OT. Asimmetrik OT tizimning faqat bitta protsessorida ishlaydi va dastur vazifalarini qolgan protsessorlarga taqsimlaydi. Simmetrik OT markazlashtirilmagan bo’ladi va protsessorlar to’liq foydalanadi, ularni tizim va dastur vazifalari o'rtasida ajratadi.

Ko’pprotsessorli ishlov berish

Ko'pprotsessorli kompyuterlarning operatsion tizimlari qo'shimcha ravishda quyidagilarni ta'minlashi kerak:

  • barcha protsessorlar ish bilan band bo’lishi;
  • tizimda jarayonlarning bir tekis taqsimlanganligi;
  • o'zaro bog'liq jarayonlarning bajarilishining sinxronlashtirilishi;
  • jarayonlar umumiy xotirada saqlanadigan ma'lumotlarning izchil nusxalari bilan ishlaydi;
  • tupik holatdagi vaziyatdan chiqish uchun istisno holati taqdim etilishi.

Ko'p shoxchali qo'llab-quvvatlash

  • Ko'p shoxchali qo'llab-quvvatlash. Operatsion tizimlarning muhim xususiyatlaridan biri – bu bitta vazifa doirasida hisob-kitoblarni parallellashtirish qobiliyatidir. Masalalalarni ko'p shoxchalarga bo’lishda OT protsessor vaqtini masalalar o'rtasida emas, balki ularning alohida shoxchalari (iplari) o'rtasida taqsimlaydi.

Ko’pdarajali tizimlar

  • OTni ular o'rtasida aniq belgilangan munosabatlarga ega bo'lgan darajalar ierarxiyasi sifatida tashkil etiladi. Unda N darajadagi ob'ektlar faqat N-1 darajadagi ob'ektlarni chaqira oladi. Bunday tizimlarda pastki daraja odatda apparat, yuqori daraja esa foydalanuvchi interfeysi hisoblanadi. Daraja qanchalik past bo'lsa, ushbu darajadagi modul shunchalik imtiyozli buyruqlar va amallarni bajarishi mumkin.
  • Darajalar OT funktsiyalari guruhlari tomonidan shakllanadi - fayl tizimi, jarayon va qurilmalarni boshqarish va boshqalar. Har bir qatlam faqat o'zining bevosita qo'shnisi bilan o'zaro muloqat qilishi mumkin. Amaliy dasturlar yoki OT modullari so'rovlarni ushbu qatlamlarga yuqoriga va pastga o'tkaza oladi.
  • Ushbu yondashuv birinchi marta 1968 yilda Deykstra va uning talabalari tomonidan THE (Technishe Hogeschool Eindhoven) tizimini yaratishda qo'llanilgan.

Ko’pdarajali tizimlar

Meynfreymlar operatsion tizimlari

  • Mainframe (mainframe) – bu muhim kiritish-chiqarish resurslariga, katta hajmdagi operativ xotiraga va tashqi xotiraga ega boʻlgan, intensiv paketlar va operativ tranzaksiyaga ega boʻlgan muhim tizimlarda foydalanish uchun moʻljallangan yirik universal yuqori unumdorli serverdir.

Server operatsion tizimlari

  • Server OT o’ta kuchli shaxsiy kompyuterlar, ish stantsiyalari yoki hatto universal mashinalarda o’rnatilishi mumkin. Ular bir vaqtning o'zida tarmoq bo'ylab ko'plab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatib, ularga apparat va dasturiy resurslardan umumiy foydalanishni ta'minlaydi.
  • Serverlar chop etish, fayllarni saqlash yoki veb-xizmatlarni taqdim etishi mumkin. Internet-provayderlar odatda bir vaqtning o'zida mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun bir nechta server mashinalaridan foydalanadilar. Veb-saytlarga xizmat ko'rsatishda serverlar veb-sahifalarni saqlaydi va kiruvchi so'rovlarni qayta ishlaydi. Server operatsion tizimlarining tipik vakillari Solaris, FreeBSD, Linux va Windows Server 201x hisoblanadi.

Mijoz-server modeli

Shaxsiy kompyuterlar operatsion tizimlari

Virtual mashina

Адабиётлар

  • Modern Operating Systems (4th Edition) 4th Edition – Andrew S. Tanenbaum, Herbert Bos – Pearson April 2014 – 1136 pages.
  • Operating System Concepts, Binder Ready Version 9th Edition - Abraham Silberschatz, Peter B. Galvin, Greg Gagne – Wiley January 2013 – 919 pages.
  • Einar Krogh. An Introduction Windows Operating System. 2-nd edition, 2017 – 137 pages.
  • Linux with Operating System Concepts – Richard Fox CRC Press 2015 – 688 pages.

Download 345.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling