Operant o'rganish reja


Shaxsning gumanistik modelini konseptual “birliklari” sifatida quyidagilar ilgari suriladi


Download 80.5 Kb.
bet3/4
Sana21.07.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1661579
1   2   3   4
Bog'liq
OPERANT O\'RGANISH

Shaxsning gumanistik modelini konseptual “birliklari” sifatida quyidagilar ilgari suriladi:

  1. «real Men» — “ayni dam va shu yerda”gi o‘y-fikrlar, tuyg‘ular, kechinmalar yig‘indisi (Rodjers K., 1994);

  2. «ideal Men» — inson o‘zining shaxsiy salohiyatini namoyon qilishi uchun zaruriy sanagan o‘y-fikrlar, tuyg‘ular, kechinmalar yig‘indisi.

  3. avtoaktualizatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj — shaxs taraqqiyoti va kamolotini belgilaydigan tug‘ma ehtiyojlar (Maslou A., 1997).

“Real Men” va “ideal Men” amorf (mavhum, noaniq) tushunchalar sirasiga taalluqli bo‘lsada, ularning kongruentiligini (o‘zaro muvofiqligini) o‘lchash imkoniyatlari mavjud. Kongruentlikning yuqoriligi “real Men” va “ideal Men” o‘rtasidagi nisbiy uyg‘unlik belgisidir (o‘ziga berilgan yuqori baho). Kongruentlikning quyi darajasi (o‘ziga berilgan past baho) xavotirlilik, depressiya alomatlari belgisidir.
Tug‘ilish paytida “Men”ning ikkala osttuzilmalari to‘kis kongruent bo‘lgani bois, odam fitratida ezgulik mavjud. Keyinchalar, tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirish natijasida “real Men” va “ideal Men” o‘rtasida nomuvofiqlik vujudga kelgani sabab reallikni yanglish idrok etish – subsepsiya – hosil bo‘ladi. “Real Men” va “ideal Men” o‘rtasidagi davomiy va kuchli nomuvofiqlikda psixologik muammolar paydo bo‘la boshlaydi.
Shaxs taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi bloklar sifatida A.Maslouning ehtiyojlar shajarasi ilgari suriladi.
Shaxs to‘kisligini “real Men” va “ideal Men” o‘rtasidagi kongruentlik ta’minlaydi. Ular o‘rtasidagi nisbat birga yaqin bo‘lishi lozim. Shaxs to‘kisligi – o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarayotgan shaxsning asosiy sifatidir. Tarbiya mazmuni va shaxs korreksiyasi uning to‘kisligini ta’minlashdan iborat.
To‘kis shaxs, birinchidan, o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan qoniqarli psixologik aloqa o‘rnatishga harakat qiladi, o‘z his-tuyg‘ularini oshkor qilishdan qo‘rqmaydi, sir-sinoatlari hisobda mavjud emasligi bilan ajralib turadi; ikkinchidan, aslida kim ekanini (real Men) va kim bo‘lishini (ideal Men) aniq biladi; uchinchidan, yangi tajribani o‘zlashtirishga maksimal darajada ochiq va hayotni “ayni damda va shu yerda” qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi; to‘rtinchidan, barcha odamzotga shartsiz ijobiy munosabatni namoyon qiladi; beshinchidan boshqa odamlarni tushunishga, o‘zida empatiyani rivojlantirishga, olamga o‘zga odam nigohi bilan qarashga intiladi.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling