Operant o'rganish reja
Download 80.5 Kb.
|
OPERANT O\'RGANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
To‘kis shaxs sifatlari:
reallikni samarali idrok etadi; xulqi tabiiy va sodda; muammoni va vazifani hal etishga yo‘nalgan; olamni “bolalarcha”idrok etadi (hayrat); oliy kechinmalarni boshdan o‘tkazadi, shavq tuyadi; odamzotga samimiy yordam berishga intilish; chuqur shaxslararo munosabatlarni o‘rnata olish; yuqori darajadagi axloqiy mezonlar. Demakki, gumanistik yondashuvga binoan, shaxs – odamiy Menning botiniy olamidir, u esa – avtoaktualizatsiya natijasidir. Shaxs tuzilmasi - “real Men” va “ideal Men” o‘rtasidagi nisbatning individual ko‘rinishidir; shuningdek, ehtiyojlar va avtoaktualizatsiya taraqqiyotining individual darajasidir. Shaxsga doir bixevioral-kognitiv nazariyalarBixeviorizm Britan empirizmi nomi ostida mashhur bo‘lgan 16 asrda vujudga kelgan falsafiy maktab g‘oyalariga tayanadi. Empiristlar barcha g‘oya va bilimlar empirik yo‘l – sezgi a’zolaridan keladigan tajriba orqali paydo bo‘ladi deb hisoblaganlar. Djon Lokk (1632-1704) inson tafakkuri azaldan tabula rasa, “oq qog‘oz”day bo‘ladi, bizning tajribamiz unda o‘z izlarini qoldirish natijasidir deya e’tirof etgan. Demakki, odamlar tevarak muhit bosimiga binoan o‘zini tutadilar. Empiristlar bilimlar asosini tafakkurdan ko‘ra mustahkamroq kuzatuv orqali olingan tajriba tashkil etadi degan aqidagi ishonganlar. Mazkur g‘oya tadqiqiy metodlari empirik kuzatuvga tayanadigan fan sifatida ma’lum bixeviorizm taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bixeviorizm – xulq-atvor to‘g‘risidagi fandir. Bixeviorizm shaxs nazariyasi sifatida dastlab AQShda paydo bo‘lgan. Bixeviorizm asosiy formulasi S – R bo‘lgan stimul-reaktiv nazariyalar sirasiga taalluqli. Mazkur nazariyalar muayyan darajada o‘xshash bo‘lsalarda, ularning har birini o‘ziga xos jihatlari mavjud. Psixologiyada bixevioral yo‘nalish asoschisi deb Djon Uotson (19781958) tan olingan. Uning g‘oyalari Ivan Pavlov tomonidan o‘rganishning mumtoz shartlanishi sifatida ma’lum ilmiy g‘oyalariga tayanadi. Dj.Uotson o‘zini-o‘zi kuzatish asosida ong tuzilmalarini kashf etuvchi fan sifatidagi psixologiyani keskin tanqid ostiga olgan. U psixologiya xulqni o‘rganishi lozim deb hisoblagan. 1913 yilda u “Psixologiya bixeviorist nuqtai nazaridan” nomli maqolani chop etgan. Ushbu maqolada xulq psixologiya fanining predmeti bo‘lishi lozimligiga alohida urg‘u bergan. Mazkur maqola shaxsni o‘rganishga doir psixologiyadagi bixevioristik yo‘nalishga asos soldi. Uotson psixologiya fanining predmetini kuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmagan ong emas, “tug‘ilishdan o‘limgacha” bo‘lgan odam xulqi bo‘lishi lozim deb ishongan. Xulq-atvor boshqa tabiiy fanlari obyektlari kabi obyektiv metodlar (tashqi kuzatuv va eksperiment) yordamida tadqiq etilishi kerak. Ong – biz obyektiv metodlar yordamida nazar tashlashimiz imkoniyati mavjud bo‘lmagan “qora quti” bo‘lgani bois psixologlar mazkur hodisalar bilan shug‘ullanmasligi kerak. Uotson fikriga ko‘ra odamlar – tajriba hosilasi bo‘lgani sabab ular xulqi tevarak muhitni idora etish orqali to‘liq boshqarilishi mumkin. Mumtoz bixeviorizmning asosiy qarashlari. Bixeviorizm predmeti – odam xulqi: xoh o‘zlashtirilgan, xoh tug‘ma bo‘lgan xatti-harakatlar, so‘zlar, amallardir. Xulq, bixevioristlar qarashiga ko‘ra – uning yordamida tashqi muhitga moslashish amalga oshirilayotgan, tashqi stimulga javoban har qanday reaksiya. Bunga har qanday reaksiya taalluqli: shu jumladan, vegetativ va gormanal o‘zgarishlar. Adabiyotlar: Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2003. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. Markova A.K. Psixologiya professionalizma. – M.: Znaniye, 1996. 1 Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2003. 2 Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling