Operatsion kuchaytirgichlar asosidagi analog signallar o‘zgartirgichlari
Download 123.69 Kb.
|
elektronika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion kuchaytirgich (
Operatsion kuchaytirgichlar asosidagi analog signallar o‘zgartirgichlariReja: Umumiy ma’lumotlar. Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari. Operatsion kuchaytirgichlarning (OK) tuzilishi. OK asosiy parametrlari va xarakteristikalari. OKlarga inersiyasiz rezistiv (chiziqli) teskari aloqali zanjirlarning ulanishi. El op amp tushunchasi 1947 yilda paydo bo'ladi. Birinchisi, birinchi analog kompyuterlarda ishlatiladigan vakuumli naychalar yordamida qurilgan. Ularning yordami bilan asosiy matematik operatsiyalarni amalga oshirish mumkin edi, masalan, qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish, chiqarish, integratsiya va boshqalar. Shuning uchun ular "operatsion" kuchaytirgichlar deb nomlanadi Operatsion kuchaytirgich (ОК) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan (КU=104÷106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi. OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 8.1, a – rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 8.1, b – rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham ko‘rsatilgan. Download 123.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling