TBitBtn va TSpeedButton tugmalari deyarli bir xil xossalarga egadir. Ular uchun umumiy Layout, xossasi rasm va matn o‘zaro joylashuvini o‘zgartirishga imkon beradi. Quyidagi rasmda har xil qiymatlar mos variantlari ko‘rsatilgan
TBitBtn tugmasining yana bir xossasi Kind bo‘lib oldindan tayyorlangan standart tugmalarni tanlash imkonini beradi. Quyidagi rasmda standart tugmalar va ularga mos qiymatlarni ko‘rish mumkin.
YAna bir xossa ModalResult – dialog oynasi uchun tugma qaytaradigan natijani tanlashga imkon beradi.
TSpeedButton tugmasining GroupIndex xossasi tugmalarni guruhlashga imkon beradi. Buning uchun bir guruhga tegishli tugmalarning GroupIndex xossasi bir xil qiymatga masalan 1 ga teng bo‘lishi kerak. Guruhlangan tugmalarning biri bosilsa, qolganlaridan ajralib qoladi. Buning uchun Down xossasi qiymati true ga teng bo‘lishi kerak.
Maskalangan kiritish qatori (TMaskEdit)
Bu komponent ma’lum formatga mos satr kiritishga imkon beradi.
Asosiy xossasi EditMask bo‘lib, shu xossa qatorida ikki marta chertilsa kiritish muharriri ochiladi.
Input Mask qatorida maska kiritish mumkin. Test Input, qatorida maskani testlash mumkin.
Maska terish osondir. Agar qator to‘rt raqamli son, tere va uch raqamli sondan iborat bo‘lishi kerak bo‘lsa, Input Mask qatoriga 9999-999 kiritish mumkin.
Siljitish yo‘lchasiga ega panel (TScrollBox)
TScrollBox komponentasining oddiy Panel komponentasidan farqi siljitish yo‘lchasiga ega bo‘lishi mumkinligidir.
Formaga TScrollBox komponentasini o‘rnatib, uning ichiga (TImage). komponentasini o‘rnating. Endi Image1 ga katta rasm joylab, AutoSize xossasiga true qiymatini bering. Agar Image1 komponentasida rasm kattaligini olib ScrollBox chegarasiga sig‘may qolsa, siljitish yo‘lchalari paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |