Operatsion sistemaga ikki XIL ta’rif berishadi
Открыть tugmasi bosilsa, joriy ob’ekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi, agar bu ob’ekt jadval
Download 103.48 Kb.
|
15-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- mexanik usul bilan • avtomatlashtirilgan holatda • jadval ustasi yordamida
- Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX
- 12-bilet 1. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va o‘rta umum ta’lim
- Elektron qo‘llanma dizaynini shakllantirish. (elektron, qo’llanma, Dreamweaver dasturi)
- 3.Delphi dasturlash tilida o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va standart funksiyalar. (O’zgarmas, o’zgaruvchi, standart funksiya)
Открыть tugmasi bosilsa, joriy ob’ekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi, agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
Конструктор tugmasi bosilsa, u holda ob’ektning tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin, bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi, ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki berilganlar bazasini tashkil etuvchilarga ko’proq foydali. Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi ob’ektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi. Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi. • mexanik usul bilan • avtomatlashtirilgan holatda • jadval ustasi yordamida Har bir ob’ekt ustida qisqacha ma’lumot qo’yidagilardan iborat. Jadval tuzish-bu ma’lumotlarning o’ziga hos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash demakdir. Bu jarayon berilganlar bazalari darchasida Sozdat (Создать) tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda qo’yidagi muloqat darchasi paydo bo’ladi. Nashriyot tizimida qo’llanilarigan dasturlar.(nashriyot,tizim,dastur) 20 ball Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy komp’yuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari komp’yuterda tayyorlanadi, ya’ni komp’yuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham komp’yuterda bajariladi. Rizograf esa asl maket shaklida komp’yuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o’rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning turli xillari mavjud. Ular rangli bo’lib, turli chop qilish tezligiga ega bo’ladi. Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta-jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan. Bunda bo’lajak bosma maxsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan. Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi. Ventura Publisher esa gazeta-jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TeX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATeX taxrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi. Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operatsion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o’tish uchun sichqoncha ko’rsatkichini tegishli belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi. 12-bilet 1.Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va o‘rta umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotining taxlili. : Respublikamizda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bo‘lgani kabi, oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan akademik litseylarning o‘quv–texnika ta’minoti zamon talabi darajasida jihozlangan. O‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ular yordamida ta’lim tizimida samaradorlikka erishish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o‘qitishda ularning uzluksizligini ta’minlash alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash masalasi joriy etilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini yaratishda e’tiborga olingan. Hozirgi kunda respublikamizning barcha akademik litseylar zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini hisobga olib, o‘quvchilar “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ta’lim olishlari uchun ta’lim tizimiga masofali o‘qitish texnologiyalarini joriy etish maqsadida elektron ta’lim resurslari yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida Web texnologiyalar asosida yaratilgan elektron ta’lim resurslari tarkibida turli xil kurslar, nazariy va amaliy mazmundagi materiallar, bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar mazmunini ishlab chiqish, unga joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik ishlanmalar, tavsiyalar zarurligi, shuningdek, bu sohadagi ilmiy izlanishlarning kamligi, rivojlangan mamlakatlar singari o‘quvchilarni Web texnologiyalar asosida yaratilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanib, amaliyotga masofali o‘qitishni joriy qilish bilan mustaqil bilimlarini mustahkamlashga etarlicha e’tibor berilmayotganligi aniqlandi va bu muammo ushbu tadqiqotga asos bo‘ldi. Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va o‘rta maxsus bosqichi ya’ni akademik litseylarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzluksizligini ta’minlashning mazmuni, maqsadi, vazifalari hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat - “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganish natijasida o‘quvchilar: axborotning turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo‘llarini, axborotning sifat ko‘rsatkichlari, jarayonlari, madaniyati, jamiyatni axborotlashtirishning huquqiy asoslari, axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning axborot resurslari, axborot xavfsizligi, axboriy huquq va etika, o‘z kasbiy faoliyatda axborotning roli va ahamiyatini, informatika va axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi, xususan, o‘z kasbiy sohasidagi o‘rni, roli va vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega bo‘lishi; - kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini, kompyuter dasturlari va ularning axborotlarini qayta ishlash jaryonidagi o‘rnini, shaxsiy kompyuterlar tarkibi va tasnifini, sistemali blok va uning tuzilmasini, kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlashni bilishlari; - zamonaviy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlarini, drayverlar, utilitlar, amaliy dasturiy ta’minot turlarini, zamonaviy dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini tushunishi va ularni amalda qo‘llay olishi; - tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operatsion tizim va uning qobig‘i ostida ishlovchi zamonaviy dasturlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi, yangi operatsion tizimlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi, Windows operatsion tizimining yangi versiyalarida ishlay olishi, Lunix-operatsion tizimi va uning imkoniyatlari, qo‘llanilish doirasi, xususiyatlari va afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; - ofis dasturi paketlari va uning tarkibini, zamonaviy matn protsessorlarining imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi, gipermurojaatlar, rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlash qo‘nikmasi, zamonaviy jadval protsessorining imkoniyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi, taqdimot yaratishning zamonaviy dasturiy ta’minoti haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishi va Power Point dasturida murakkab harakatli taqdimotlarni yarata olishi, o‘z kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi; - grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, kompyuter grafikasi va uning turlarini, tasvirlarni grafik muharrir uskunalari (grafik, skaner, planshet) yordamida kiritish va qayta ishlash yo‘llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi, CorelDraw, Photoshop dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch o‘lchovli grafika haqida bilimga ega bo‘lishi va o‘z kasbiy faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish ko‘nikma - malakalariga ega bo‘lishi - amaliy dasturlar va ularning turli kasbiy sohalarda qo‘llalanilishi, nashriyot tizimlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z kasbiy sohasidan kelib chiqqan holda turli sohalarda qo‘llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi dasturlari – AvtoCad, MathCad va boshqa dasturlar) haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va ulardan birida ishlay olish malakalariga ega bo‘lishi; - zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining asosiy tushunchalari va operatorlarini, ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash haqida bilimga ega bo‘lishi, Delphi dasturlash muhiti va uning ishchi oynasi bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning bo‘limlari va ayrim komponentlarni qo‘llay olishi, Delphi dasturi strukturasi, loyiha va modullar tuzishga oid masalalarni hal qilishni, Delphi da protsedura va funktsiyalar bilan ishlay olishi, Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlariga oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga kiritib tahlil qilish, o‘z kasbiy sohasiga oid uncha murakkab bo‘lmagan masalalarning dasturini tuzish va kompyuterda natijasini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi; - Veb-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flash texnologiyasi yordamida Veb-sahifa yaratish va bezashni, Veb-sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish va bezash usullarini, Veb-sahifalarda formalar o‘rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni joylashtirishni, Veb-sahifalar orasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda qo‘llay olishlari; - axborotni tashkil qilish va qidirib topish, belgilab olingan axborotni tizimlashtirish, umumlashtirish, tarkiblantirish va tushunarli shaklga keltirishni bilishi; - kompyuterlardan foydalanishning asosiy qoidalari, ularga xizmat qiluvchi dasturlar va ularni amaliyotda foydalana olishni bilishi; - kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur vositalarining imkoniyatlaridan foydalana olishi; - fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi; - kasbiy sohasiga oid sodda masalalarning modellarini tuza olishi; - multimediya texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini bilishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; - shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish va u bilan ishlash, Internet tarmog‘ida axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish; - Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishlari zarur. U.Yu.Yuldashev, R.R.Boqiev, F.M.Zokirovalar tomonidan Akademik litseylar uchun “Informatika” darsligi yaratilgan bo‘lib, unda o‘quv dastur bo‘yicha “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining asosiy mazmuni yoritilgan. Hozirgi kunda akademik litseylarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan darsliklardan biri sifatida foydalanilmoqda [4]. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning o‘quv-uslubiy va ilmiy jihatdan olib borilgan tadqiqotlarda har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo o‘quvchitalaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompitentligini shakillantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo‘lib etishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash avvalo kelgusida ham ta’lim va tarbiya beradigan dargohidan salohiyatli yoshlar etishib chiqishini ta’minlaydi. 2. Elektron qo‘llanma dizaynini shakllantirish. (elektron, qo’llanma, Dreamweaver dasturi) Elektron qo`llanma dizayni – unung sahifalari tashqi ko’rinishini ifoda etuvchi rang palitrasi, bezaklari, ob’ektlarning tasvirlanish uslubi , shriftlardan va boshqa ekran unsurlaridan foydalanish xususiyatini aks ettiruvchi bir butun qoidalar tizimi. Elektron qo`llanma dizayni ishlab chiqish jarayonida quyidagi qoidalarga rioya etish tavsiya etiladi: Elektron qo`llanma dizayni ishlab chiqish umumiy ekran palitrasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ekranning asosiy rangi tanlanadi. Elektron qo`llanma dizaynerining mahorati loyihaning umumiy dizaynini ishlab chiqish jarayonida asosiy rangga tayanib ishlash qobiliyati bilan belgilanadi. Asosiy rangga moslab qoshimcha bir nechta (2-3 ta dan ko’p bo’lmagan) rang tanlanadi. Qoshimcha ranglar giperbog’lovlar, alohida terminlar, ta’riflar va boshqa ajratilib ko’rsatiluvchi ob’ektlar uchun mo’ljallanadi. Ranglarni tanlashda ergonomik talablarga rioya qilish zarur. Masalan, qizil rang – uzilish, favqulodda ma’lumot, xavf-xatar; sariq rang - diqqat – e’tibor ; yashil rang – ruxsat berish, tasdiqlash ma’nolarini bildiradi. Ranglarning bir-biri bilan uyg’unlikda kelishi muhim ahamiyatga ega. Navbatdagi bosqichda Elektron qo`llanma asosiy stili shakllantiriladi. Bunda ekranda navugatsion panellarning joylashuvi, ularning rangi, shakli, asosiy oyna xajmi, qoshimcha bezak elementlari vaboshqalar barcha sahifalar uchun ishlab chiqiladi. Bunda shriftlar stili, kattaligi, grafik ob’ektlarning joylashuvi va bosgqa ekran elementlari joylashuvu hamda ko’rinishi ishlab chiqiladi. 3.Delphi dasturlash tilida o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va standart funksiyalar. (O’zgarmas, o’zgaruvchi, standart funksiya) Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Pascal tili universal tillardan biri bo‘lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq tildir. So‘nggi yillarda Pascal tili juda cakomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Pascal tilida dastur tuzish uchun Turbo Pascal va Delphi dasturlash vositalari mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga oigan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar yaratilgan. Delphi dasturlash vositasi Turbo Pascal tilining rivoji bo‘lgan Object Pascal tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko'plab yangilildar kiritilgan, uning imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash mumkin. Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. U 26 ta bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo‘lgan arab raqamlarini va quyidagi belgilami ishlatadi: bo‘shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar + mantiqiy amallamibajarishuchun < ,> , <=, > = ,< > , = belgilarini ishlatadi. Bulardan tashqari vergul, nuqta, ikki nuqta, kichik qavs, katta va o‘rta qavslar. Dasturda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular katta qavs ichida yoziladi. Masalan. Program ad; { Bu dastur n o m i} Download 103.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling