O’pkaning o’tkir yiringli kasalliklari o’pkaning stafilokokk destruktsiyas
Download 25.09 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Traxeobronxial yo’llar
- O’pka abstsesslari va plevra empiemasini sanatsiya qilish
Antibakterial muolaja – bakteriyalar turini va ularning antibiotiklarga ta’sirchanlik darajalarini bakterioskopiya va ekish ma’lumotlarini hisobga olgan holda tayinlanadi, sulfanilamidlar ham ishlatiladi.
Antibakterial muolajaning ta’sirchanligiga erishish uchun zararlanish o’chog’ida davo preparatlari kontsentratsiyasini oshirib, ularni arteriyalarga yuboriladi. Bronxial arteriyaga kateter o’rnatib, muolajani o’sha orqali amalga oshirish eng samarali tadbir hisoblanadi. O’pkaning o’tkir yiringli xastaliklarida 60%gacha hollarda kasallik qo’zg’atuvchisi aeroblar bilan birga kelgan anaerob noklostridial infektsiya hisoblanadi. Noklostridial anaerob infektsiyaning belgilari deganda yiringli suyuqlikning badbo’y hidi, yallig’lanish o’choqlaridagi to’qimalar nekrozi, odatdagi bakteriologik tekshiruvning natijalari manfiy bo’lganda ham, tushuniladi. Anaeroblarga qarshi metronidazol (trixopol), tinidazol, klaforan, rifambitsin, doksitsiklinlar yaxshi ta’sir qiladi. Traxeobronxial yo’llar – mikroorganizmlarni yo’qotadigan, yallig’lanishni kamaytiradigan, balg’amni suyuqlashtiradigan va uni ko’chiradigan dorivor aralashmalar yuborib sanatsiya qilinadi. Shuningdek bronxial shoxni kateterlash, mikrotraxeostomiya, sanatsion bronxoskopiya qilish yo’li bilan patologik suyuqlik tortib olinadi. Bunda sanatsiya uchun qo’llaniladigan aralashmalar tarkibiga 2% li kaliy bikarbonat eritmasi (2 ml), mikrofloraga sezuvchanlikni hisobga olgan holda antibiotiklar, antiseptiklar (dioksidin, furagin), balg’amni suyultiradigan moddalar (mukosolvin 10%-1,0), proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin 10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin 0,5-1,0, 12%, novodrin 0,5%-0,5; efedrin 5%-0,5), gormonal preparatlar (gidrokortizon 25-50 mg) kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’pka abstsesslari va plevra empiemasini sanatsiya qilish – abstsess bo’shlig’ini bronxoskopik yoki transtorakal yo’l bilan kateterlash, torakotsentez orqali aktiv aspiratsiya qilish va yiringli bo’shliqni yuvishni tashkil qilishdan iborat. Traxeobronxial shoxni chetlab o’tib yiringli suyuqlikni evakuatsiya kilish, nafas olish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, intoksikatsiyani kamaytiradi, bemorni tezda sog’ayib ketishga yordam beradi. Download 25.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling