O’pkaning o’tkir yiringli kasalliklari o’pkaning stafilokokk destruktsiyas


Download 25.09 Kb.
bet2/4
Sana23.06.2023
Hajmi25.09 Kb.
#1651385
1   2   3   4
Klinik manzarasi:
Klinik manzarasida ikkita davr farq qilinadi: 

  • Abstsessning bronxga yorilgunga qadar bo’lgan davri.

  • Abstsessning bronxga yorilgandan keyingi davri.

Birinchi davrda: kasallik yuqori harorat, ko’krakda og’riq, yo’tal, nafas siqishi, ko’p terlash belgilari bilan boshlanadi. Sekin-asta rivojlanayotgan intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Fizikal usullar bilan tekshirishda: perkutor tovushning qisqarishi, o’pkaning zararlangan qismi ustida nafas olish shovqinining sustlashishi yoki eshitilmasligini qayd qilish mumkin. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, qon formulasini chapga siljishi kuzatiladi. Rentgenogrammalarda zich, turli xil o’lchamlardagi soyalar ko’rinadi.
Ikkinchi davr: yo’talish paytida birdaniga ko’p miqdorda yiringli, badbo’y balg’am ajralashi, ba’zi hollarda balg’am qon bilan aralashgan holda ajraladi. Bu davrda odatda bemorning umumiy ahvoli birmuncha yaxshilanadi, intoksikatsiya belgilari kamayadi. Abstsessning o’lchamlari katta bo’lganda uning ustida amforik nafas shovqini va turli kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi.
Rentgenologik tasvirda yorilgan abstsess, gorizontal suyuqlik sathi va perifokal yallig’lanishi bo’lgan yumaloq bo’shliq shaklida namoyon bo’ladi. Bronxoskopiyada chegaralangan yiringli endobronxit aniqlanadi.
O’pka gangrenasi
O’pka gangrenasi – o’pka to’qimasining bir qismi yiringli-irigan nekrozga uchrayshi. Bu jarayon o’pka abstsessidan farqli o’laroq, o’pka gangrenasida sog’lom to’qimadan chegaralangan kapsula bilan ajralib turmaydi (chegarasiz bo’ladi). Gangrenoz abstsess ham farq qilinadi, u o’pka to’qimasining bir qismini yiringli-chirigan nekrozi bo’lib, uning sekvestratsiyaga va o’pka to’qimasining zararlanmagan qismlaridan chegaralanib turishga moyilligi bo’ladi.
Klinik manzarasi:
Bemorning ahvoli og’ir, isitma gektik tabiatga ega bo’ladi, bemor terlaydi, nafasi siqadi, ko’p miqdorda badbuy hidli balg’am ajraladi, bemor qon tupuradi. Rentgenologik tasvirda katta, shakli yo’q diffuz qorong’ilik aniqlanadi, uning tarkibida o’pka to’qimasining irib ketayotganini ifodalaydigan ko’p sonli yorug’ soyalar ko’rinadi. Plevra bo’shlig’ida suyuqlik aniqlanadi.
O’tkir yiringli kasalliklarni kompleks davolash lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda asosiy davolash usuli konservativ muolaja bo’lib, ayni vaqtda kichik invaziv jarrohlik amaliyotlari: transtorakal, endobronxial drenajlash, uzoq muddatli regionar infuziya uchun bronxial arteriyani kateterlash amalga oshiriladi. O’tkir davrda operativ aralashuv kasallik asoratlar bilan kechgandagina (o’pkadan qon ketganda) yoki muolaja naf bermaganda, jarayonning tarqalishga moyil bo’lganidagina qo’llaniladi. O’pkadagi o’tkir yiringli jarayonlarda konservativ muolajaning tamoyillari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling