EMPIRIK TADQIQOT USULLARI. Dastur tarkibidagi uslubiy qismini muhim jihati- empirik tadqiqot uslubiyati, tyexnikasi jarayoni va usullarini asoslashdan iborat. Sosiologik tadqiqot uslubiyati- xususiy sosiologik usullar majmui bo"lib, undan empirik matyeriallarni to"plash va tizimlashtirish maqsadida foydalaniladi. Myetod tushunchasi kyeng ma"noda bilimlar tizimini yuzaga kyeltirish va asoslash uchun vositachi dyemakdir. Sosiologiyada usul sifatida umumsosiologik pirinsiplar ham, ijtimoiy voqyealikdagi jarayonlar va xodisalarni bilishdagi xususiy prinsiplar va konkryet usullar- matyematik-statistik usullar, sosiologik axborotni yig"ish usullari: kuzatish, so"roqlar, eksprimyent va boshqalar tushuniladi. Sosiologik tadqiqot tyexnikasi- maxsus usullarning birligini anglatib u yoki bu usuldan unumli va o"z o"rnida foydalanishni ifoda qiladi. Sosiologik tadqiqot jarayoni tadqiqotni tashkil etish usuli, vositasi, barcha bilish va tashkiliy faoliyatning batartib borish jarayonini anglatadi. Amaliy sosiologik tadqiqot olib borish jarayonida konkryet tadqiqot usullarining ahamiyati katta. Ular yordamida dastlabki empirik ma"lumotlar yig"ib boriladi. Quyida shular xususida to"xtalib o"tamiz.
SOSIOLOGIK TADQIQOTLAR KUZATISh USULI Sosiologik tadqiqotlarda kuzatish-dastlabki empirik ma"lumotlarni yigish usuli bo"lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o"ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo"ladi. Bu usuldan foydalanishning o"ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borayotgan obyektidan mustaqil bo"ladi va unga bo"ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma"lumotlarda obyektiv xolis va hayotiy bo"lishi bilan o"zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma"lumotlarda subyektiv jihatlar ham bo"lishi mumkin. Chunki, sosiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqyelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo"lishi va qay yo"sinda tavsiflashi asosida boradi. Kuzatish usulining yana bir o"ziga xos jihati; uning muayyan darajada chyegaralanganligi bo"lib, ko"pincha tadqiq etilayotgan voqyelikni qayta kuzatish imkoniyati bo"lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirish savolga kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha so"z bilan ifodalanadi. Ammo ba"zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so"z orqali ifodalash qiyin bo"ladi. Kuzatish jarayonining xaraktyeriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko"rsatish mumkin: nazoratsiz, to"la qamrovli va qamramaydigan, dala va labaratoriya sharoitida muntazam va tasodifiy kabilar. Sosiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o"rganilayotgan obyektga nisbatan chyetdan yoki ichkaridan qullanilishi mumkin. Tadqiq etilayotgan obyekt chyetdan kuzatilganda tadqiqotchi obyektga nisbatan mustaqil bo"ladi va unga bo"ysunmaydi. Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan obyektga ro"y byerayotgan ijtimoiy jarayonlarda byevosita ishtirok etadi va bo"ysunadi. Sosiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan kifoyalanib qolmaslik kyerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan natijalar o"rganilayotgan obyekt to"g"risida to"liq ma"lumot byera olmaydi. Bu usuldan ko"pgina sosiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, obyekt to"g"risida dastlabki tasavvurga ega bo"lish uchun yoki sosiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan ma"lumotlarni statistik xujjatlarni qo"shimcha ravishda tyekshirish maqsadida foydalaniladi.
Qisqacha xulosalar
Amaliy (empirik) sosiologik tadqiqotlar o"tkazish orqali talabalar, mutasaddi mutaxassislar hamda kyeng jamoatchilik ommasi sosiologik axborotlar tizimini yaratishda katta imkoniyatlarga ega bo"ladilar.
Sosiologik tadqiqotlar jamiyatning turli sohalari faoliyatini mo"tadil rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bozor munosabatlariga o"tish sharoitida jamiyatning turli sohalarini bir biriga muvofiqlashtirish lozim bo"ladi. Buni amalga oshirishda sosiologiya fanining imkoniyatlaridan to"la foydalanish maqsadga muvofiqdir. Empirik tadqiqotlar tajribasidan har xil sohadagi va kasbdagi xodimlar ham o"z ishlarida kyeng foydalanishlari mumkin.1
Tayanch iboralar:
Empirik, pilotans, ilmiy matin, analitik muolaja, annatasiya, sosial ekspirimyent, gipotyeza, sosiomyetrlik so"rov, panyel so"rov.
SOTSIOLOGIK TADQIQOT USULI VA SHAKLLARI1
Sotsiologik tadqiqot eng avvalo uning dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi. Dastur asosiy hujjat bo"lib, unda tadqiqot mavzusi, muammo maqsadi, vazifasi, tadqiqot predmeti va ob"ekti hamda qaysi shakl yoki usulda o"tkazish (kuzatuv, so"rov, o"lchov, eksperiment...) masalalarini o"z ichiga oladi. Tadqiqotda qo"llanilayotgan barcha vositalar uslubiyatdan tortib, umumlashtiruvchi hisobotgacha amalga oshirilishi mo"ljallangan jarayon hisobga olinadi. Tadqiqot dasturida ob"ektda o"tkaziladigan tadqiqotdan maqsad, uning dolzarbligi, ahamiyati asoslanadi. Masalan, ishlab chiqarish korxonasidagi mexnat unumdorligi, ruhiy vaziyat, jumladan, ishchanlik yoki samarasiz faoliyat, xodimlarning ishga munosabati, kayfiyati, boshqa mavjud muammolar va ularning echimini topishda ko"maklashish kabi masalalarni o"z ichiga oladi. SHuning uchun ham tadqiqotning maqsadini aniqlash dasturda muhim o"rin egallaydi. Bunga jiddiy va har tomonlama oqilona yondashmasdan turib tadqiqotda muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi nafaqat mehnat jamoasi manfaati nuqtai nazaridan, balki davlat, jamiyat nuqtai nazaridan ham yondashishni taqozo etadi. O"rganadigan ob"ektning o"ziga xos xususiyati, xarakteri, uning o"ziga o"xshash jamoalarda tutgan o"rni, umuman jamiyatda tutgan mavqei ham tadqiqotda e"tiborga olinmog"i zarur.
Tadqiqot dasturi odatda ikki qismdan: metodologik (uslubiyat) va bajariladigan tartib-qoidadan iborat bo"ladi. Tadqiqot uslubiyotida tadqiqotning mavzusi, muammosi, predmet va ob"ekti, maqsadini aniqlovchi tavsifi, qo"llaniladigan usul hamda tushunchalar ko"zda tutiladi. Bajariladigan tartib-qoidasida tadqiqot uchun aniq zarur ma"lumotlar yig"ish, uning o’tkazish usuli va texnikasi, tahlil qilish va umumlashtirish usullarini o"z ichiga oladi. Albatta, tadqiqotni birinchi bosqichida masalaning nazariy va amaliy tomonlari muhim o"rin egallaydi. Mavzuni tanlash esa sotsiolog saviyasiga, buyurtmachiga bog"liq. Tadqiqotda har ikki tomonning o"zaro kelishuvi va bir-birini tushunishi ham muhim ahamiyatga egadir.
Tanlangan mavzu doirasida sotsiolog bir necha yo"nalishlarni belgilashi ham mumkin. Masalan, korxonada boshqaruv ishining samaradorligiga ta"sir qiluvchi omillarni aniqlash,zarurat tug"ilganda bu omillarni alohida-alohida o"rganish (qaysi holda ijobiy, qaysi holda salbiy ta"siri) katta ahamiyatga ega.Tadqiqot mavzulari ko"p qirrali bo"lib, har bir mavzuni alohida-alohida qismlarga ajratib o"rganish uning qimmatini yanada oshiradi. Bu tadqiqotning eng samarali usullaridan biridir. Sotsiologik tadqiqot ko"p qirrali, ko"p pog"onali, nozik va mas"uliyatli jarayon bo"lib, tadqiqotchida har tomonlama chuqur nazariy bilim va amaliy tajriba, mahoratni taqozo etadi. Tadqiqotchilik ham o"ziga xos kasbdir. Bu kasbning sirini, qonun-qoidalarini o"rganmasdan, bilmasdan turib muvaffaqiyatga erishib bo"lmaydi. Tadqiqot bu o"ziga xos san"atdir. Tadqiqotchi chinakam tadqiqotchi bo"lishi uchun ana shu san"atni egallamog"i zarur.
Sotsiologik tadqiqot usullari va shakllarining eng muhimi: so"rov, kuzatish, o"lchav, anketa, intervüyu, eksperiment, xujjatlarni o’rganish va boshqalar. Ulardan ba"zilariga to’xtalamiz.
SO"ROVNOMA O"TKAZISH
So"rov ijtimoiy axborot, ma"lumot yig"ishning eng samarali usul va shakllaridandir. Bu usul bevosita va bavosita og"zaki so"rov (intervüyu) hamda yozma tayyorlangan savollari anketasi orqali amalga oshiriladi. Bu tadqiqotning eng samarali usuli bo"lib, u orqali ma"lumotlarning deyarli 70 foiziga yaqinini to"plash mumkin. YOzma va og"zaki so"rovning ham bir necha turi bor: ommaviy axborot vositalari bo"lgan gazeta, radio, televideniyaga savollar jo"natish mumkin. Buni sirtdan so"rov o"tkazish ham deyiladi. Respondentlarning o"zi bilan bevosita muloqotda bo"lish - ish joyida, yashash joyida, o"qishda so"rovnomalarni guruh yoki alohida-alohida shaklda tarqatib javob olish mumkin. So"rovnomada kirish, mavzuni o"rganish maqsad, olinadigan holis javobning ahamiyati, to"ldirish qoidalari ko"rsatiladi. So"rovnomada holis javoblar uchun ham minnatdorchilik izhor etiladi.
Tadqiqotda respondentlar ya"ni, so"rovnomada qatnashayotganlarning yoshi yoki kasbi bo"yicha tanlash, kunini, vaqtini belgilash, boshqa zarur bo"lgan ma"lumotlarni o"z ichiga oladi. So"rovnomalar ochiq yoki yopiq, shakllarda o’tkazilishi mumkin. So’rovnomada savollar mantiqli, aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi, unda so’rov o’tkazuvchi muassasa, uning manzilgohi, yili, sanasi o’z ifodasini topishi shart. Savol va javoblar alohida-alohida ajratilgan (rangda, doirada, ko’rsatkichda), yaxshi o’qiladigan darajada bo’lishi zarur.
So’rovnomani o’tkazish jarayonida respondentlarning kayfiyati, ruhiy holatini e"tiborga olish ham muhim ahamiyatga egadir. Bunda turli ifodali rasmlardan foydalanish ham mumkin. So’rovnoma anonim yoki ochiq tarzda o’tkazilishi mumkin. Tadqiqotchi tadqiqot jarayonida olingan javoblar qanchalik aniq, to’g"ri yoki aksincha bo’lishi mumkinligini aniqlash maqsadida qaytadan nazorat savollari tuzib, tanlov so’rovnomasini ham o’tkazishi mumkin. So’rovnoma ko’p hollarda bor yo’q, ijobiy, salbiy, quvvatlayman yoki aksincha, yoqadi, yoqmaydi shakllarda berilishi va to’ldirishi mumkin. Savollar oddiy, sodda, murakkab shakllarda ham tuziladi. Lekin hissiyotga tegadigan majburiy xarakterda savollar bo’lmasligi shart. Ochiq shaklda o’tkazganda respondentlarning o’zlari savol tuzishi, to’ldirishi, ya"ni javob qaytarishi ham mumkin.
Ochiq, yopiq, yarim yopiq, to’g"ri, bevosita, shaxsiy, mavhum va hokazo savollar qo’yidagi shakl yoki tartibda bo’lishi mumkin:
YOshingiz (ochiq)
Jinsingiz (yopiq)
Kasbingiz (yarim yopiq)
Ish sizga yoqadimi ( to’ppa-to’g"ri)
Sizning jamoangizga ish yoqadimi (bevosita)
Ishingizdan qoniqasizmi (shaxsiy)
Ishdan jamoangiz qoniqadimi (shaxssiz)
YOki "Sizga ish yoqadimi" kabi savollarga qo’yidagi javoblarni qo’yish mumkin.
Ha.
Yo’q.
Uncha emas.
YOqmagandan ko’ra.
Aytish qiyin.
So’rovnomaning natijalari ko’p hollarda respondentlarning saviyasiga bog"liq.
Og"zaki so’rov o’tkazish - telefon, videokamera, magnitafon, diktofon orqali amalga oshirishni ham mumkin. Bunda savol oldindan tayyorlanishi mumkin. Ba"zi hollarda savollarni respondentlarning o’zlari berishi va javob qaytarishi ham mumkin. Har ikkala holda ham og"zaki so’rovning maqsadi aniq bo’lishi va muayyan tushuntirish berilishi maqsadga muvofiqdir.
SOTSIOLOGIYADA KUZATISH USULI
Har qanday ob"ekt haqida keng ma"lumot olish uchun uning mohiyati, xarakteri, xususiyati, yo’nalishi har tomonlama o’rganiladi. Bunda kuzatish usulidan keng foydalaniladi. Bu usul ikki yo’l bilan: qo’shimcha va parallel (yonma-yon) amalga oshiriladi. Birinchisi bevosita kuzatuvchi ta"sirida, ikkinchisi esa bir necha kuzatuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Kuzatishning xillari yoki turlari:
¡rganadigan ob"ektni strukturlash (tizilmalashtirish) - ya"ni nazorat qilish mumkin bo’lgan ob"ektni qismlar, bo’laklarga bo’lish va ularga xos hujjatlar, ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; nazoratning rejasida o’rganayotgan ob"ektning tabiati, tuzilishini taxlil qilish ko’zda tutilishi lozim.
Notizilmalashtirishda nazorat deyarlik rejasiz ob"ektni tashkil qiluvchi qismlari, tegishli hujjatlari aniqlanmasdan hatto birlik o’lchovi, sifati, mavjud muammosi kam hollarda kun tartibiga qo’yilgan hollarda kuzatiladi. Bunda asosan kuzatuvchining intuitsiyasi faxm- farosatiga umid qilinadi.
Bevosita nazorat qilish mumkin bo’lgan kuzatish bo’lib, unda gipotezalar ( farz, xayol ham ) ham tekshiriladi. Bu usul boshqa usullardan olingan ma"lumotlarni tekshirishda ham foydalaniladi.
Bilimi, tajribasi bilan bog"liq Ob"ektni tashqaridan kuzatish, ya"ni ob"ektda sodir bo’layotgan jarayonlarni, ularning xarakterini xolis, aralashmasdan tashqaridan kuzatish.
Ob"ektni bevosita kuzatish, ya"ni, voqea-hodisalar, jarayonlar ichiga kirish, aralashish, o’rganish. Kuzatilayotgan jamoani o’rganishda juda ehtiyotkorlik, ortiqcha harakat qilmaslik, uning o’ziga xos xususiyati, ruxiyati bilan ish ko’rishni taqozo etadi. Aks holda nazorat natijasiz chiqishi mumkin.
Kuzatish muntazam yoki vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Tasodifiy xollar ham istisno emas. Muntazam kuzatish orqali ob"ektning dinamikasi (xarakati)ni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu yig"ilgan ma"lumotlarni qismlarga bo’lib o’rganish va ularni bir-biri bilan solishtirish imkoniyatini tug"diradi.
Kuzatish samarali bo’lish uchun kuzatish turlarini saralash bilan birga ob"ekt haqida to’la ma"lumotga ega bo’lish, o’rganish rejasini tuzish, ob"ektga daxldor axborot, ma"lumotlarni yig"ib uni tahlil qilish va umumlashtirish kabi masalalar ham ko’zda tutiladi. Kuzatishning asosiy bosqichlariga qo’yidagilar kiradi:
ob"ektni o’rganadigan mavzusini belgilash, maqsad, vazifalarini aniq bayon qilish;
ob"ektni o’rganish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, o’rganayotgan jamoa haqida qisqacha ma"lumotni to’plash va bayon qilish;
kuzatish uchun zarur bo’lgan texnik vositalarni tayyorlash;
ob"ektga taalluqli zarur axborotlarni yig"ib borish;
kuzatish natijalarini izchil qayd qilib boradigan kundalikni yo’lga qo’yish (muntazam yozib borish);
kuzatish yakunlariga bag"ishlangan hisobot tayyorlash. Bunda turli texnik vositalardan, jumladan kompüyuterlardan foydalanish.
Kuzatish bosqichlari va uni amalga oshirish qoidalari kuzatuvchiga bog"liqdir. Kuzatish usullari, ma"lumotlarni yig"ish va baholash, to’plangan ma"lumotlarni darajalash muhimdir. Har bir ishda bo’lganidek, kuzatish usulining samarali bo’lishi tadqiqot usuli va turini tanlashga bog"liqdir. Tadqiqotning samarasi sotsiologning aql-idroki, malakasi, mahoratiga ko’p darajada bog"liqdir. Kuzatish bilan birga u yoki bu hodisalar ustida eksperiment o’tkazish ham mumkin. Bu ko’p hollarda ob"ektning o’ziga xos xarakteri bilan belgilanadi.
SOTSIOLOGIYADA O’LCHOV USULI
Dunyodagi barcha moddiy va ma"naviy hodisalar ma"lum o’lchovga ega. Har bir ijtimoiy hodisa ham o’ziga xos xususiyat hamda o’z o’lchovi, mezoni, me"yoriga egadir. Biz qaysi bir narsa-hodisa haqida o’ylamaylik, fikrlamaylik albatta ularning ma"lum me"yori, o’lchovi bor. Odatda tanish-bilish, og"ayni-qarindosh, do’st-birodar, katta-kichik bilan uchrashganda salom-alikdan keyin, albatta " kayfiyatingiz yaxshimi", deb so’raymiz. YOki bolaga notug"ri xatti-harakati uchun tanbeh beramiz, yaxshi qilig"i, hulqini olqishlaymiz, yomon bo’lsa koyiymiz. Demak, hammasiga muayyan o’lchovda yondashamiz, munosabatda bo’lamiz, fikrlaymiz, baho beramiz. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’tkaziladigan tanlovni ( qaysi usulda bulmasin, og"zakimi, yozmami, tektmi), biror bir korxonaning samaradorlik yoki aksinchalik faoliyatini o’rganamizmi (bu erda ko’p omillar, uddaburonlik, ishbilarmonlik, qobiliyatlilik, bilimdonlik, kasbni yaxshi egallaganlik, tashkilotchilik, yaxshi maoshimi va h.) hammasiga u yoki bu mezonda, me"yorda yondashamiz, baho beramiz.Bu misollarda odamlar narsa-hodisalarga yondashishi, munosabati, albatta, o’ziga xos o’lchovda namoyon bo’ladi. YOki "Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va tabaqalanish" muammosini olaylik. Jamiyatda odamlar ijtimoiy ierarxiyaning muayyan zinapoyasidan "yuqori", "o’rta" yoki "past" darajasida turadi. Bunda amalda nima tushuniladi? - Odamlarning boy, o’rtacha, kambag"al hayot kechirishi tushuniladi. SHubhasiz bu muammoni tushunishda boylik, obru, xokimiyat jumladan, pul ma"lum rol o’ynaydi. Boylikning manbai bo’lgan pulning roli alohidadir. T.Parsons ta"kidlaganidek, pul "ijtimoiy vositachi"dir. Ammo pul hamma vaqt ham obro’ga sabab bo’la olmaydi yoki pul bilan obro’ni sotib olib bo’lmaydi. SHuning uchun individning ijtimoiy mavqei haqida fikr yuritganda uning o’ziga xos alohida jamiyatda tutgan o’rnini nazarda tutmoq kerak.
Ijtimoiy mavqeiga doir masalani yanada chuqurroq o’rgansak, uning yana bir muhim omili hokimiyatga borib taqalashini ko’ramiz. Albatta, hokimiyatda kattaroq lavozimini egallagan kishining uning ijtimoiy zinapoyadagi, aniqrog"i ijtimoiy tabaqa tarkibidagi o’rni yanada salmoqliroq, balandroq bo’lishi shubhasizdir. Demak, boylik orttirishda hokimiyatda egallagan lavozim va uning darajasi katta rol o’ynaydi. Boylik va ijtimoiy obro’ning bir-biri bilan yaxlitlikda, ya"ni, har ikkalasining birgalikda yoki ularning alohida-aloxida ajralgan holda bo’lishi u yoki bu qatlam, sinf, yoki tabaqa safidan joy olishga ta"sir etmasdan qolmaydi. Boylikka ega odam yuqori tabaqadan mustahkam joy oladi va uning ijtimoiy mavqei, obro’si balanad bo’ladi.
Xush, odamning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligini aniqlashda daromad yoki boyligi miqdorini orqali o’lchash mumkinmi? Albatta; Ammo obro’ni sonda ifodalash murakkabdir. Bu holda qanday usul ishlatiladi? Buni aniqlashning bir necha usuli bor. SHulardan biri, jamoatchilik fikri bilan hisoblashadigan odamlar toifasining bergan bahosi. Bu baho jamoatchilik orasida erishilgan u yoki bu darajadagi obro’da namoyon bo’ladi.
Hayotda har bir odam o’z fikriga ega. Har bir odam haqida ham fikrlar ham mavjud. Ma"lum odamga nisbatan u yoki bu guruhning, odamlarning hurmati yoki e"tiborsizligi, do’stlik yoki dushmanligi, samimiy yoki g"arazli his-tuyg"usi mavjuddir. Bu aksariyat hollarda odamning jamiyatda egallagan mavqei, kasbi bilan ham bog"liqdir. Akademik yoki o’qituvchi, bank boshlig"i yoki sotuvchi, fermer yoki mexanizator, advokat yoki sud, hokim yoki raisning har biri o’z huquqi, mavqei, obro’siga ega. Gap bu erda ularning har birining obro’si o’z guruhi o’rtasidagi bahosiga qarab emas, balki, keng jamoatchilik nuqtai nazaridan o’lchanadi.
Kishilarning ma"lum ijtimoiy sinf yoki qatlamga tegishli yoki mansubligini aniqlamoqchi bo’lsak, qo’yidagi oddiy usuldan ham foydalanish mumkin: a"lo, yaxshi, o’rta, yomon baholash yoki ularni ham qaysisini sonda ifodalash: a"lo- 100, yaxshi- 50, yomon- 25 deb belgilash ( bunda nosog"lom turmush tarzi, yalqov, dangasa, qashshoq odamlar ko’zda tutiladi) mumkin.
Bunda yuqori kasb bilan bog"langan malakali kishilar eng ko’p ball olishi, shubhasizdir. Masalan, ilmiy tekshirish institutida band bo’lgan turli darajadagi lavozimlar: professor yoki laborantning maoshini aytmasdan daromadini baholash mumkin. Daromad maosh bilan belgilanishini bilgan kishi yuqoridagi muammoga tezda javob topadi. Bu erda professorga eng yuqori darajadagi ball berilishi tabiiydir.
Albatta, ijtimoiy ob"ektlarni o’lchash ancha murakkab. Lekin har bir narsa va hodisaga qo’llaniladigan o’lchov mavjud ekan, bu murakkab muammoni ham ijobiy hal qilishning yo’li, imkoniyati bor. Bunda indikator (shkala belgilari) qo’l keladi. Masalan, shahar yoki qishloqning tavsifini yaratish uchun ma"lum ma"lumotlarni to’plash kerak. Jumladan, ularning ijtimoiy va sanoat rivojlanishi, madaniy-ma"rifiy darajsi, aholining turmush tarzi, xizmat sohasi, transport xizmati, hatto odamlarning ma"naviy-axloqiy qiyofasi, buyuk kishilari, ulug" odamlari, odamlar xulqidagi ijobiy va salbiy tomonlar, ular tomondan milliy va umumbashariy qadriyatlarga rioya etish axloqiy, huquqiy normalarning bajarilishi, fuqarolik burchi va majburiyatini anglashi, fuqarolarning - xayr-ehsonda qatnashish darajasi, shaxar tinchligi, osoyishtaligi, jinoyatchilik darajasining pastligi, hatto aholining siyrak yoki tig"iz joylashishi kabi omillarni o’rganish asosida u yoki bu shahar, qishloqqa baho berish mumkin (yaxshi shahar yoki yaxshi qishloq, o’rtacha shahar yoki o’rtacha qishloq, yomon shahar yoki yomon qishloq va h.). Albatta, bunda ochiq ko’zga tashlangan yoki ko’zdan yiroq, hatto yashirin, uncha munchaga odam nazariga tushmaydigan tomonlar ham bo’lishligini e"tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bunda keng qirrali sotsiologik tadqiqot qo’l keladi, ya"ni muammoni aniqlab beradi.
Ijtimoiy voqea, hodisalarni baholash, tushunishdagi xilma xillikni oling. Masalan, ish tashlashni birov yoqtiradi, boshqasi esa qo’llab-quvvatlamaydi; ko’chaga namoyish qilishning bir guruh odamlar yoqtiradi, boshqa guruh esa bu hodisaga salbiy qaraydi, hatto namoishga chiqishga uyaladi. Demak, har kim hayotning u yoki bu tomoniga, hodisasiga o’z o’lchovi, andozasiga ega.
YOki aholining saylovda qatnashish darajasini oling. Jumladan, erkak yoki ayolning u yoki bu nomzodga ovoz berish darajasi ko’p hollarda uning siyosiy ongi, e"tiqodi, aqidasi, mafkurasiga bog"liqdir. Kim siyosatga qiziqsa, uning siyosiy faolligi boshqa saylovchinikidan keskin farq qiladi. Demak, son, raqamga asoslangan ma"lumotlar bilan birga intuitsiya, aql-idrokka asoslangan aqliy-ruhiy tajriba orqali ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini aniqlash yoki baholash mumkin. Agar iqtisodchilar odamlarga pulni qanday sarflashni tavsiya bersa, sotsiologlar vaqt byudjeti manzarasini o’rganib aholiga oqilona yo’lini tavsiya beradi. Frantsiyalik Jan Attali "Pul zamonning" guvoximiz, deydi. U eng zo’r siyosiy tizim - demokratiya taraqqiyotni yuritgich - savdo tuzumi, adolatni boshqarish tartiboti pul hukmronligi, kelajakka katta eng yaxshi javob - mondializm sfran. - dunyo", degan qarashida katta ma"no bor.
Odamlar qaysi kitoblarni o’qiydi yoki qaysi badiiy filmlarni ko’rishni istaydi? Bundan tashqari, qaysi vaqtda kitob o’qish yoki badiiy filüm ko’rish qulay va h.k. Bu masalalarga javoblarda ham odamlarning shaxsiy fikrlari bilan birga ko’pchilikka ma"qul, umumiy fikrlar ham mavjuddir. SHunday qilib ijtimoiy xodisa, voqea, jarayonlarning aniqlash va tadqiq etishda sotsiologiyada o’lchov usuli katta ahamiyatga ega.
EKSPERIMENT USULI
Eksperiment usuli hodisalar o’rtasidagi sababiy bog"lanish mavjudligi to’g"risidagi gipotezani tasdiqlovchi, empirik dalillarni tekshirishni ta"minlovchi, shu bilan birga sotsial va siyosiy dasturlar samaradorligiga baho berish bilan bog"liq ko’pgina amaliy masalalarni hal qilishning ishonchli vositasitalaridan biridir.
Eksperiment sotsiologiyada naturalistik an"ana sifatida vujudga kelib, dastlab laboratoriya tadqiqotlariga mo’ljallangan edi. Bu usul sotsiologik va sotsial-psixologik nazariyalarni tekshirish, ijtimoiy fanlarda siyosiy islohotlar, ta"lim islohoti, iqtisodiy islohotlar jarayonining borishi va samaradorligi to’laroq o’rganish eksperiment orqali nafaqat ijtimoiy o’zgarishlar o’rtasidagi sababni aloqa tug"risidagi ilmiy gipotezani tekshirish, turli dastur va usullarning ta"sir qilish samaradorligini baholash va hokazolarda qo’l keladi. Sotsial eksperiment ijtimoiy dasturlarni ishlash va baholashga mo’ljallangan turli masalalarga javob berishga imkoniyat yaratadi. Masalan, soliqning kamaytirilishi aholi turmush darajasiga ta"siri, o’lim jazosini bekor qilinishi jinoyatchilik ko’rsatkichiga ta"siri, kirish biletlari arzonlashsa muzeylarga kiruvchilar ko’payadimi, maosh hajmini oshishi hamma vaqt ham mehnat unumdorligini o’sishiga ta"sir qiladimi va hokazo. Demak, ikki tip shart "ta"sir qiladi" yoki "ta"sir qilmaydi" qabilidagina emas, balki amalda oqibatini o’rganishga imkoniyat yaratadi.
EMPIRIK SOTSIOLOGIYA TADQIQOT USULLARI VA SHAKLLARI
Ijtimoiy borliqni sotsiologik kuzatish, idrok etish, mushohada qilish va bilishda empirik sotsiologiyaning roli kattadir. Empirik sotsiologiya mustaqil ilmiy-amaliy yo’nalish sifatida XX asrning 20-30 yillarida rivojlandi. Empirik so’zi yunoncha - empeiria "tajriba" degan ma"noni anglatadi. Empirik sotsiologiya ijtimoiy jarayonlarni aniq, xolis dalillarga asoslanib tahlil qiladi, sharxlaydi, izohlaydi.
Empirik tadqiqot va nazariy faoliyat o’zaro bir-biri bilan chambarchas bog"liqdir. Nazariy bilimlarning shakllanish jarayoni, ya"ni nazariy idrok, mashoxada va tafakkur o’zida empirik dalil, komponentlarni qamrab oladi. Barcha tadqiqotlarda empirik va nazariy elementlar birgalikda mavjud bo’lib, ular deyarli yaxlitlikda namoyon bo’ladi. SHuning uchun ham empirik tadqiqotning bilish jarayonidagi roli kattadir. Empirik sotsiologiya ijtimoiy reallikni tadqiq va tahlil qilish darajasiga ko’ra ma"lum shakl va shamoyillarga tayanadi. Empirik dalillarni to’plash, tahlil qilish va undan maqsadli foydalanish sotsial dunyoning qiyofasi, tasnifi va umuman tabiatini bilish vositasi sifatida sotsiologiyaning ustivor yo’nalishlaridan biridir. Umuman, empirik bilimni tadqiqotda instrument sifatida qo’llash, shubhasiz nazariy sotsiologiyani yanada boyishiga olib keladi. Demak, sotsiologiya va uning tarkibiy qismi bo’lgan empirik sotsiologiya bizga kerakmi? Bu savolga javobni hozirgi zamon empirik sotsiologiyaning yirik vakili - norvegiyalik mashhur sotsiolog Ottar Xellevik quyidagicha javob beradi: sotsiologiya sohasidagi tadqiqotlar hammaga ham yoqavermaydi. Skeptiklar avvalo ma"lum dalillarni tushuntirishga juda ko’p pul sarflanadi, deb xavotirlanadilar. Ular, sotsiologlar ijtimoiy munosabatlar haqida faqat axborot yig"adi hamda namoyon etilgan qonuniyatni sharxlaydi… Ottar Xellevik mashhur amerikalik sotsiolog Paulü F.Lazersfelüdning empirik sotsiologiya haqidagi qarashlarini maqullaydi. Paulü F.Lazersfelüd 1967 yilda Amerika sotsiologlari uyushmasida qilgan ma"ruzasida "aqlli fikr paradoksi" degan paradigmani ilgari surdi. Unda sotsiologiya tasdiqlangan empirik dalilni emas, balki sotsiologik tadqiqot odamlar uchun noma"lum bo’lgan yangi xodisalarni namoyon etishini ta"kidladi.
Ikkinchi Jahon urushi davrida AQSH armiyasidagi hayot sharoitini o’rganishni keng materiallar asosida tahlil qiladi.
1. Oliy ma"lumotli soldatlarda ma"lumoti pastlarga qaraganda asabiy simptomlari tez-tez namoyon bo’ladi.
- tanqidchi esa, albatta, ziyolilarga ruhiy barqarorlikning bo’lmasligi hammaga ma"lum-ku deb javob berdi.
2. Qishloqdan chiqqan soldatlar shaharlik soldatlarga qaraganda dala hayotiga engilroq moslashadi.
- Albatta, birinchilari dala yurishlariga ko’proq odatlarganlar.
3. Janubiy shtatlardagi soldatlar tropik iqlim sharoitida shimoliy shtat soldatlariga qaraganda o’zlarini yaxshiroq his etadilar.
- ¡z-o’zidan ma"lumki, hammasi ko’proq qaysi iqlimga o’rganganligiga bog"liq.
4. Oq tanli soldatlar qora tanlilarga qaraganda xizmat zinapoyasida ko’tarilishga qiziqadilar.
- Hammaga ma"lum qora tanli soldatlar ambitsiyadan mahrumdir.
5. Urush borayotganda soldatlar sulh tuzilgandan ko’ra ko’proq Vataniga qaytishga intilganlar.
- Tabiiy, ular jangda o’lish xavfidan qochishni istardilar.
Demak, hammaga ma"lum haqiqatni takrorlash uchun vaqt va pul sarflash kerakmi?
Ammo, sotsiologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot mutlaqo qarama-qarshi qonuniyat to’g"risida guvohlik berdi, ya"ni urushdan keyin uyga qaytishga bo’lgan intilish kuchaydi, qora tanlilar oq tanlilarga nisbatan xizmat zinapoyasiga ko’tarilishga ko’proq qiziqardilar.
Tanqidchi uchun unchalik mavaffaqiyotli bo’lmagan tamoman qarama-qarshi modelni topish qiyinchilik tug"dirmaydi. Fikrlarda kamchilikning mavjudligi, biroq mavjud real ijtimoiy munosabatni tushunishdagi qat"iy ishonchni hukmronligi daliliy bilimning etishmasligi kabi holatlar, shubhasiz, etarli darajada seziladi. Zaruriy aniq axborot bo’lmaganda odamlarni yanada kamroq qanoatlantiradigan xabar yoki ma"lumoti pastlarga ma"lumotlilarga qaraganda asabiy simptomlar qanchalik ko’proq namoyon bo’lishi haqida aniq axborot zarur bo’ladi.
YOki nevroz harakteri to’g"risida chuqurroq tushuncha olish uchun, umuman shunga o’xshash savollarga javob topishning eng yaxshi vositasi muntazam tadqiqot o’tkazish, shuningdek tadqiqotning maqsadi nafaqat model yaratish, shu bilan birga uni shakllantirayotgan jarayonni tushunish va tushuntirishdir1.
Ijtimoiy xodisalar mohiyati to’g"risidagi masalaga javob topish hamma vaqt engil kechmaydi. Sotsiologlarning boshqa real xodisa va voqealarning tadqiqotchilaridan muhim farqi shuki, ular to’qnash keladigan ko’pgina muammolarni oldindan nazariy tasavvur qila oladi. Sotsiologlarda tajribasiz, sinovdan o’tmagan qarashlarni kamdan kam ko’rasiz yoki topasiz.
Fanning metodologiyasi shunday normalarni qamrab oladiki qaysiki unga amal qilib, aniqroq natijalarni olish mumkin.
Albatta, turli yo’nalish vakillarining qarashlari xilma-xil bo’lishi tabiiydir. Lekin bu ishga zarar keltirmasligi lozim.
Tadqiqotning asosiy tamoyillari: birinchidan, tadqiqotchi aniq axborot - emperik dalillar yig"ayotib, ishning haqiqiy ahvoliga javob berishga harakat qiladi. U umum tomondan qabul qilingan tushuncha, "sog"lom fikr", "kundalik mantiq" yoki diniy va siyosiy avtoritetlar ishiga tayanmaydi, balki muayyan ijtimoiy hodisaga diqqatini qaratadi.
Ikkinchidan, tadqiqotchi imkoni bo’lgan barcha dalil, xabarlardan muntazam axborotlarni tanlaydi. Ijtimoiy munosabatlarda quyidagi maqol qo’llaniladi: "Istisnosiz qoida yo’q". Masalan, chekishning sog"liq uchun foydaliligi yoki aksincha eng ashaddiy chekuvchi 90 yoshga kirishi, yoshlikda o’pka raki bilan o’lib kelishi mumkin va hokazo. shuning uchun istisnosiz qoida yo’q, deb ta"kidlanadi.
Uchinchidan, nafaqat axborotlarni tanlash, balki undan foydalanish, odamlarning xissiyoti va qarashlarini inobatga olish muhimdir. Tarixiy tajriba odam o’z taassuroti va xotirasini buzishni hayron qolarli qobiliyatiga ega ekanligi ham ko’rsatmoqda. Demak, individ ongli yoki ongsiz qasddan o’z idrokini buzishi mumkin.
Tadqiqot natijasi sub"ektdan yuqori. YA"ni shaxsga bog"liq bo’lmagan holda amalga oshirilishi kerak. Amaliyotda, albatta, bu qiyinroq, ammo qoidaga amal qilmoq zarur.
To’rtinchidan, vijdonlilik, halollik, to’g"rilik tadqiqotchining asosiy normasi bo’lishi kerak. u hech narsani yashirishi yoki bo’yab ko’rsatishi hamda suiste"mol qilishi, buzishi mumkin emas.
Mashhur amerikalik sotsiolog R.Merton tomonidan ilgari so’rilgan ilmiy usulning asosiy tamoyili, bu kasbiy etika majburiyatiga amal qilishdir. Ular to’rtta: birinchisi, universalizm bo’lib - tasdiqlangan holni haqiqiyligi, tasdiqlovchiga bog"liq bo’lmasligi; ikkinchisi, umumiylik - bilim eng umumiy boylik sifatida hammaga ochiq bo’lishi; uchinchisi, beg"arazlik - ishning natijasi olimning taqdirlanishiga bog"liq bo’lmasligi; to’rtinchisi, spektitsizm - olimning ishning sifati va hamkasblar ishining bahosini oshkoraligi uchun mas"uliyatli bo’lishi.
Tadqiqot normalariga qo’shimcha sifatida har bir ishning amaliy ahvoli yoki mavjud holati haqida eng ishonchli bilim olish uchun tadqiqotning etnik normalari, yoki tadqiqotchining o’rganish ob"ekti bo’lgan odamlarga munosabati holis va samimiy bo’lishi kerak. SHuningdek, tadqiqotchi yana asosiy, muhim qoida tadqiqotning anonimligini saqlash hamda uni alohida shaxslarga qarshi ishlatmaslikdir.
Ottar Xellevik o’z kitobida sotsiologik tadqiqotlarni o’ziga xos usulini qo’llaydi. Sotsiologik tadqiqotlar foydali va ishonchli bo’lishi uchun quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi:
Muammoni qo’yilishi.
Tadqiqot rejasi.
Dalillarni tanlash.
Dalillarni yig"ish.
Tahlil qilish.
Natijalarni sharxlash.
Natijalarni qanday tasavvur qilish mumkin (hisobot ustida ishlashni bayon etish)1.
Nazariya real dunyoga nisbatan farazlarni, pragnozlarni ilmiy mantiqiy asoslaydi; nazariy va amaliy sotsiologiyaning birligi tadqiqotning ishonchli kafolatidir. Bilaks, muayyan metodlar yordamida tadqiqot natijalarini voqelik bilan qanchalik muvofiqligini solishtirib ko’rish orqali ko’zlangan prognoz tasdiqlansa, uning asosida yotgan fikr - mulohazaga ishonchimiz yanada oshadi. CHunki voqea - hodisalar harakatni to’g"ri ilg"amasdan yoki o’rganmasdan turib, umumiy hulosa chiqarib bo’lmaydi. Agar bizning faraz, bashoratimiz noto’g"ri bo’lsa, o’zimizning tasavvur tushunchalarimizga shubha qila boshlaymiz va voqeani to’g"ri tushunish usulini izlaymiz. Demak, hodisalarning tabiatini tushunishda gap katta.
Ilmiy tadqiqot nima? Ilmiy tadqiqot - kuzatuvlar natijasida olingan va bu kuzatuvlarni sharxlashda dalillarga ma"lum tahlil qoidasi yo’li bilan yondashilgan nazariya va gipoteziyalarni tekshirish usulidir. Demak, nazariyalashtirishning turli bosqichlari bo’lib, uning doirasida voqea - xodisalarga oid dalil va tushunchalarimiz yanada konkretlashtiriladi. Nazariya ilmiy bilimni shakllantirishning oliy shakli sifatida tadqiqotda etakchi rolü uynaydi. Tadqiqotning amaliy masalalari (muammolari) nazariyani shakllantirish, uni operatsionallashtirish, tartiblashtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Tadqiqot aslida nazariyadan boshlanib, qoida bo’yicha yaratish bilan tugaydi1.
Demak, tadqiqot jarayonida ob"ekt haqida axborot, dalil to’planadi. Masalan, saylovchining ma"lumot darajasi bilan uning ovoz berish ehtimoli o’rtasidagi bog"liqlikni o’rganish uchun joylarda ularning ma"lumot darajasi o’rganiladi.
Ilmiy tadqiqot qandaydir muammo yoki masalani o’rganish ehtiyojidan boshlanadi. Tadqiqot natijasida olingan iqtisodiy ma"lumotni yoki siyosiy hayotga oid axborotni olar ekanmiz, undan foydalanamiz.
SHunday qilib, sotsiologiyani tashkil qiluvchi bilimlar yig"indisi, to’plami qandaydir o’zgarmas, mustahkam tosh taxtaga o’xshash xodisa emas, balki bu bilimlar doimo kengayib, o’zgarib va tuldirib boriladi. Tadqiqot jarayonida ko’pgina qoidalar, aqidalarni aniqlab beradi. Demak, tadqiqotlar bilimlarimiz, tushunchalarimizni yanada konkretlashtiradi, boyitadi.
|