Optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ish
TBT ning informatsion arxitekturasi
Download 105.28 Kb.
|
Qurbonov Temur 1
1.4. TBT ning informatsion arxitekturasi
TBTning informatsion arxitekturasi o‘zida quyidagi asosiy tushunchalarni mujassam etgan: Ob`yektlar — boshqariladigan kommutatsion stansiyalar, uzatish tizimlari va boshqalarni ta’riflash vositasi. Muayyan tarmoq ele- menti haqidagi informatsiya obyekti sifatida TBTning ma`lumotlar bazasida saqlanadi. Bu arxitekturaning asosini amaliy boshqarish funksiyasi (ABF) — TBT elementini amaliy boshqarish jarayoni tashkil etadi. ABF agent (boshqariluvchi) va menedjerdan tashkil topgan. Har bir tarmoq elementi va operatsion tizim yoki 0‘MQ siga juda bo‘1maganda bir agent kirgan ABF sini qo`llab-quvvatlashi kerak. Menedjer (M) — dasturli logika (boshqaruvchi dastur) yoki tarmoqni boshqarish funsiyasini bera oladigan (masalan: avariya haqidagi xabarlarni ajratishni, chegaraviy qiymatlarni o'rnatishni amalga oshirish) va avariya va ishchi xarakteristikalar haqidagi axborotlarni qabul qila oladigan, ABFning bir qismi. RUT ning tarmoq elementlariga menedjer kirishi ham, kirmasligi ham mumkin. Operatsion tizim yoki 0‘MQga juda bo'lmaganda bitta menedjer kiradi va u quyidagi ikki funksiyani bajarishi kerak: 1. Boshqaruvchi komanda generatsiyasi («o‘rnatish», «ajratish», «rekonfiguratsiyalash», «taqiqlash»). 2. Boshqaruvchi komandaning bajarilishi haqidagi xabardor qiluvchi hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash. Agent (A) — dasturiy mantiq (holatning monitoring dasturlari va resurs nazorati) ABFning bir qismini namoyon etadi, u menedjer tomonidan beriladigan, tarmoqni boshqarish operatsiyalariga chaqiriqni amalga oshirish imkoniyatiga ega va boshqariluvchi obyektlar nomidan xabarlarni berib, boshqariluvchi obyektlar bilan operatsiyalarni bajaradi. Bu mantiq quyidagi imkoniyatlarga ega: 1.Menedjerdan olingan komandalarning muvofiq obyekt imkoniyati/resurslariga ta’sir etish qobiliyati. 2. Boshqariluvchi obyekt holatini doimiy nazorat (monitoring) qilish. 3. Xabardor qilish. 4. Turli sathlarning boshqariluvchi obyektlari o‘rtasida axborot almashinuviga yordam berish. Agent va Menedjer o'rtasidagi barcha axborot almashinuvlari . o‘zaro munosabat protokoli vositasida ro‘y beradi, u boshqaruvchi komandalar ketma-ketligi va almashinuv ko‘rinishini aniqlaydi. Bu o‘zaro munosabat protokoli CMIP (Common Management Informatsion Protocol) deb ataladi. Download 105.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling