Optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ish


-rasm. To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko'rsatishning umumiy sxemasi


Download 105.28 Kb.
bet5/10
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1818705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qurbonov Temur 1

1.3-rasm. To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko'rsatishning umumiy sxemasi
Aloqa operatorining birlamchi tarmog`ini boshqaruv tizimi birlamchi tarmoq holatining turli o'zgarishlarida, uning normal ishlashini, ikkilamchi tarmoq va boshqa foydalanuvchilar qiziqish- larida uning hamma imkoniyatlarini samarali ishlatish, uzatish kanali va traktlarini qayta tiklash vaqtini qisqartirish va texnik. xodim mehnatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.
Aloqani boshqarish tizimining asosi telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i — TBT (Telekommunikatsion Management Network — TMN) hisoblanadi. Bu maxsus tarmoq xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan standartlashtirilgan, yagona interfeys va protokollar asosida turli tarmoqlarning komponentlari bilan o‘zaro aloqa tarmoqlari va ularning xizmatlarini boshqarishni ta’minlaydi.
Tarmoqni boshqarish (menejement) tarmoq administratori tomonidan tarmoqni ma’muriy boshqarish vazifasini bajarishdan iborat, masalan, tarmoq konfiguratsiyasini shakllantirish, tarmoq resurslari bilan ishlash, tarmoqqa ulanish huquqladni boshqarish va boshqa vazifalar.
1.4-rasmda TBT va aloqa tarmog'i o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Boshqaruvchi axborotlarni qayta ishlash, saqlash va qidirish bo‘yicha vazifalarni operatsion tizimlar bajaradi. Ishchi stansiyalar F turdagi birikish (kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatishning fizik sathi) orqali birlamchi tarmoqning texnik xodimini boshqarish tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlaydi. Ishchi stansiyalar sifatida standart yoki maxsus kompyuter majmualari qo'llaniladi. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i Q turdagi birikish orqali tarmoq elementlari, operatsion tizimlar va TBTning boshqa komponentlari o'rtasida aloqani tashkil etish uchun moijallangan (kompyuter tarmogida uzatishning yuqori va tarmoq sathlari). Vazifasi nuqtayi nazaridan, TBT mustaqil ajratilgan tarmoq hisoblanadi.

1.4-rasm. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i va aloqa tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog`liqlik
U boshqariladigan aloqa tarmog'i bilan axborotlarni olish va tarmoq ishini boshqarish uchun o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Standart ulanishlar orqali boshqaruv axborotlarni almashinuvi uchun umumiy arxitekturani ta’minlash TBT tuzilishining asosiy prinsipi hisoblanadi.


Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling