Optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ish


TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING LINIYA TRAKTI


Download 105.28 Kb.
bet8/10
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1818705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qurbonov Temur 1

2. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING LINIYA TRAKTI
2.1. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti
Optik nurlanishni berilgan to'lqin uzunligida uzatuvchi va kabeldagi so‘nishlarni, yo'qotishlarni, dispersiya tufayli buzilgan signallarni to‘g‘rilashni, berilgan shovqindan himoyalanganlikni ta’minlovchi optik aloqa liniyasining texnik qurilmalar yig‘indisi optik liniya trakti deb ataladi.
Optik signallar tola bo‘ylab uzatilganda yorug‘lik nuri optik tola materialida yutilishi va sochilib ketishidan so'nadi. Dispersiya esa signalning spektral va moda tashkil etuvchilarining vaqt bo‘yicha sochilib ketishi, ya’ni ularni turli vaqtlarda tarqalishiga olib keladi. Dispersiya tufayli optik signal impulslarining davomiyligi va ko‘rinishi o‘zgaradi, impulslar kengayib ketadi.
Bu holatlarning hammasi optik tolali uzatish tizimlarining retranslyatorsiz uchastkasining maksimal uzunligini chegaralaydi. Agar uzatkich va qabul qilgich orasidagi ruxsat etilgan maksimal uzunlik oshirilsa, u holda liniya traktining oraliq stansiyalarida bir yoki bir necha retranslyatorlarni joylashtirish kerak.
TOA liniyalari bo‘ylab signallarning uzatish sifati minimal ruxsat etilgan signal-shovqin nisbati yoki shovqindan himoyalanganlik bilan baholanadi. Raqamli uzatish tizimlari analog uzatish itizimlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli, raqamli TOATning shovqindan himoyalanganligi 20 — 25 dBq dan, analog uzatish tizimlari uchun esa 50 — 60 dBq dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Elektr kabelli tizimlarning liniya traktidan. farqli ravishda optik tizimlarning uzatish tezligi juda ham katta. Bu optik eltuvchilarni nihoyatda yuqori chastotaga (1015 Hz gacha) egaligi bilan tushuntiriladi. Optik kabellarda so‘nish juda kichikligi (A,=l ,55 mkm da a =0,2 dB/km gacha) sababli regeneratorlar orasidagi masofa 100 km gacha bo‘lishi mumkin. Bu optik liniya traktining afzallik tomonlaridan biridir.
2.2. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo`llaniladigan asosiy qurilmalar. Retranslyatorlar, ularning turlari: regenerator va optik kuchaytirgichlar
Talab etiladigan signal-shovqin nisbatini, ya’ni shovqindan himoyalanganlikni ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar joylashtiriladi. Retranslyatorlar ikki turga bo'linadi:

1) regeneratorlar; 2) optik kuchaytirgichlar.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, «0» ni «1» dan farqlasa bo‘ladigan holatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal shaklini tiklamaydi, faqat so‘ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularning soni berilgan shovqindan himoya- langanlik (xatolik koeffitsiyenti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi.
Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi ham. Signallarni kuchaytirish, boshlang‘ich shaklini tiklash, to‘g‘rilash, shovqinlarni bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. Regeneratsiyalash regenerator qurilmalarida amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullar va regeneratsiyalash bloki yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin.
Ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek, regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish, optik kuchaytirgichlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali bir modali NZDSF optik tolalarining afzalliklari tufayli, qimmat regeneratsiyalash tizimlarini qo‘llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo‘ylab uzatiladigan axborot hajmini keskin oshiradi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulida optik kuchay- tirgichlarning vazifasi keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik eltuvchili bir necha optik signallarni bir vaqtda ku- chaytiradi. Hattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli signal- larning buzilishi va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar bajaril- maydigan oraliq stansiyalar va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart.
1.-jadvalda regenerator va optik kuchaytirgichlarning qiyosiy taqqoslash xarakteristikalari berilgan.

Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topganligi uchun ularning tuzilishi oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojning oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, optik kabellar suv ostiga yotqizilganda, retranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi. Optik kuchaytirgichlaming ishi signallarning uzatish tezligiga bog`liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi. Optik kuchaytirgichlar esa kuchaytirish sohasining berilgan orahq chegarasida turli to'lqin uzunhkli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. .


Optik kuchaytirgichlar regeneratorlardan farqli ravishda optik signaharni elektrik signaharga aylantirmay kuchaytiradi. Kuchaytirgichlar optik signallarning shaklini tiklamaydi, faqatgina kuchaytiradi, buning ustiga signal tarkibiga qo‘shimcha shovqinlar qo‘shadi. Ko‘p kanahi optik tizimlarda har bir punktda har bir optik kanal uchun alohida regenerator talab qhinsa, bir necha optik kanallar uchun bitta optik kuchaytirgich kerak bo'ladi. Oddiyligi va ishon- chliligining yuqoriligi optik kuchaytirgichlarning afzalligidir. Shuningdek, optik kuchaytirgichlaming ishi uzatish tezligiga bog‘liq emas, regeneratorlarda esa aksincha.
Optik regeneratorning tuzilishi, ish prinsipi va optik signallarni regeneratsiyalash jarayonini batafsil ko‘rib chiqamiz.


Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling