Optik aloqa tizimlarining rivojlanish tamoyillari va istiqbollari


Download 14.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.5 Kb.
#246825

OPTIK ALOQA TIZIMLARINING RIVOJLANISH TAMOYILLARI VA ISTIQBOLLARI

Bugungi kunda jadal sur’at bilan rivojlanayotgan axborot almashinuvi jarayoni nafaqat muloqot vositasiga, shuningdek, jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan axborotlar oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, aloqa xizmatlari turlarini kengaytirish imkonini beruvchi, nisbatan kam mehnat va moddiy ashyolar talab qiluvchi aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratish va ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqish, jumladan, aloqa tarmoqlari va xizmatlarining globallashuvi sharoitida global multimedia axborot infratuzilmasi konsepsiyasini ishlab chiqish va uni ro‘yobga chiqarish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Jahon multimediali axborot infratuzilmasini yaratish bir tomondan terabit hajmli axborot oqimini uzoq masofalar — minglab kilometrlarga katta tezlikda retranslatsiyasiz uzatish, ikkinchi tomondan bu axborotlar oqimini ko‘p sonli — millionlab abonentlarga samarali yetkazish, jumladan, mazkur infratuzilmaning interaktivligini ta'minlashni taqozo etadi. Bu masalalarning optik aloqa tizimlari va tarmoqlari yordamida hal etish bugungi kunda ikki xil yondoshuv asosida amalga oshirilmoqda. Ulardan birinchisi prinsip jihatidan yangicha yondoshuv- to‘liqligicha foton texnologiyasiga asoslangan optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratish bilan, ikkinchisi esa mavjud optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining funksional qurilmalari va elementlarini takomillashtirish, ularning xarakteristika va parametrlarini yangicha talablarga javob beradigan qilib yaxshilash yo‘lidagi izlanishlar bilan bog'liq.



14.1. To‘liq foton texnologiyasiga asoslangan aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratishga qaratilgan ishlanmalar

Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining to‘liq foton texnologiyasiga asoslangan yondoshuvning mohiyati shundaki, bunday tizim va tarmoqlarda axborotni mujassamlashtiruvchi yorug‘lik oqimlarining generatsiyasi va uzatilishi, ularga ishlov berish, ularni to ‘plash, saqlash hamda qabul qilish jarayonlari faqat fotonlar vositasida, ya’ni elektronlarning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bunda elektr jarayonlaridan faqat nurlanish manbalarini va boshqa yordamchi qurilmalarni o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok bilan ta ’minlash maqsadlarida foydalaniladi. Buning uchun impulsli raqamh yorug‘lik signaharini generatsiyalovchi qurilmalar, optik uzatish muhiti, optik modulyatorlar, optik kuchaytirgichlar, optik kommutatsiya qurilmalari, optik protsessorlar va to‘plagichlar, optik selektiv (tanlash) xususiyatiga ega elementlar, fotoqabulqilgichlar, bir so‘z bilan aytganda, optik signallar yordamida boshqariladigan asboblar va qurilmalar kerak. Bu qurilmalarning ko‘pchiligi ahaqachon ishlab chiqilgan va zamonaviy TOAT larning asosini tashkil etadi. Optik tola va kabeUar, optik kuchaytirgichlar, xromatik dispersiyaning optik kompensatorlari, optik multipleksor/demultipleksorlar shular jumlasidandir. Sanab o‘tilgan bu qurilmalar hozirning o‘zidayoq keng qo‘Uaniladi va elektronlarning ishtirokisiz ishlaydi. Ularning bir qismi — yarimo‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar, Bregg difraksion panjaralari asosidagi xrom atik dispersiya kom pensatorlari, filtrlar, fotoqabulqilgichlar va nurlanish manbalari integral optikaning asosini tashkil etadi. Foton texnologiyasi asosidagi zaruriy elementlarning boshqa bir qismi — optik protsessorlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan optik kommutatorlar, qulflar (zatvorlar), optik bistabil qurilm alarni yaratish b o ‘yicha ishlar hozircha laboratoriya ishlanmalari ularni takomiUashtirish bosqichida olib borilmoqda.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling