Optik va electron nivelirlar turlari va ularning qismlarini o‘rganish. Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi


Download 450.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi450.87 Kb.
#1744562
  1   2   3   4
Bog'liq
1-лаборатория



1-Laboratoriya mashg’uloti 
Mavzu: Optik va electron nivelirlar turlari va ularning qismlarini o‘rganish. 
Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi 
Mavjud nivelir asboblari va nivelir reykalari bilan tanishish hamda ularning 
qismlarini o‘rganish. Ularni ishchi holatiga keltirish va tekshirish. Nivelir hamda uning 
qo‘shimcha detallari orqali sanoqlar olish shuningdek, nuqtalar orasidagi masofani 
o‘lchash.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar 
Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, jurnali. Elektron nivelir shtativi bilan, 
ta’minotli dastur o‘rnatilgan kompyuter yoki noutbuk, nivelirlash jurnali. 
Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar 
Nivelirlar o‘lchash aniqligi bo‘yicha: 

-Yuqori aniqlikdagi – 1mm gacha(1 km uchun 2 yo‘nalishda o‘rtacha kvadratik 
xato) - N-05, N-05K, Dini 11t, Dini 21, NA 2002 va NA 2003...

Aniq – 3 mm gacha(1 km uchun 2 yo‘nalishda o‘rtacha kvadratik xato) - H-3, 
2H-3, H-3K, Ni-30, Ni-50, Kernlevel-20 va 24...

Texnik – 15 mm gacha(1 km uchun 2 yo‘nalishda o‘rtacha kvadratik xato) - N-
10, 2N-10KL 
1. Ko‘rish o‘qi silindrik adilak orqali gorizontal holga keltiriladigan nivelirlar 
(NG, NV-1, NZ va h.z) 
2. Avtomatik ravishda gorizontal vaziyatga keluvchi nivelirlar (NSM-2A, NS-3, 
NS-4) 
3. Qiya ko‘rish nurli nivelirlar (NL-3). 
Nivelir, asosan taglik, adilak va ko‘rish trubasidan iboratdir. Nivelir doiraviy 
adilak yordamida ish holatiga keltiriladi. 
Quyida ayrim nivelirlarning tasniflarini keltiramiz. Nivelir N-3. Ko‘rish trubasi 
30 marta katta qilib ko‘rsatadi. N-nivelir degani. 3- o‘lchash aniqligini bildiradi, ya’ni 
1km da 3 mm xatolik bo‘lishi mumkin. Ko‘rish maydoni 1 gradus 20 minut, IV-klass 
bo‘lib, texnikaviy nivelirlashda ishlatiladi. 
Ishlash uchun uni shtativga stanovoy (taglik) vint bilan berkitiladi. Asbob 
plastinkaga qadalgan ko‘tarma vintlar orqali, doiraviy adilak yordamida ish holatiga 
keltiriladi. Sanoq olishdan oldin trubadagi silindrik adilakning satxini «nol punktga» 
keltirib olinadi. Tasvir aniq ko‘rinishi uchun kremaler vintidan foydalaniladi. Reykadan 
sanoq olish masofasi 2 m dan yaqin emas.

Download 450.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling