Yorug’lik to’lqinlarining interferentsiyasini kuzatish usullari
Yung usuli
M manbadan chiqqan monoxromatik yorug’lik to’lqini S tor tirqishli 1 ekranga tushadi (154 - rasm) va undan o’tib S1 va S2 tirqishli 2 ekranga o’tadi.
Bu ikki tirqish ikkita kogerent to’lqinlar manbai hisoblanadi. S1 va S2 tirqishdan chiqqan kogerent to’lqinlar E ekranda bir-birini ustiga
154 – rasm. Yorug’lik to’lqinlari interferentsiyasini
kuzatishning Yung usuli
155 – rasm. Yung usulidagi interferentsiya manzarasi
tushib VS sohada interferentsiya manzarasini hosil qiladi. VS sohadagi yoritilganlik taqsimoti 155 - rasmda keltirilgan.
Biprizmadagi Frenel tajribasi
156 – rasm. Biprizmadagi Frenel tajribasi
Biprizma – uch tomonli shisha prizmadan iborat bo’lib, uning tomonlari orasidagi bitta burchagi 180o ga yaqin bo’ladi (156 – rasm).
M manbadan yorug’lik to’lqinlari biprizmaga tushganda, biprizmaning chap tarafidan yorug’lik to’lqinlari o’ng tomonga og’ib ekranning AA¢ nuqtalari orasiga yo’naladi. Biprizmaning o’ng tarafi yorug’lik to’lqinlarini chap tarafga og’dirib, ekranning VV¢ nuqtalari orasiga yo’naltiradi. Yorug’lik nurlarining orqaga qaytganlari M1 va M2 mavhum tasvirlarni hosil qiladi va ekranda yorug’lik to’lqinlarining interferentsiyasi manzarasi kuzatiladi.
Yupqa tiniq plastinkada yorug’lik interferentsiyasi
Parallel yorug’lik to’lqinlari dastasi a - burchak ostida d qalinlikdagi yupqa plastinkaning MN yuqori qirrasiga tushsin (157 - rasm). AM nur b - burchak ostida sinib, past qirraning S nuqtasidan qaytib, N nuqtada yana sinib, NP yo’nalishda tashqariga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |