Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni 25 ta
|
Dars shakli
|
Malakani shakllantirishga qaratilgan seminar
|
Seminar rejasi
|
1.Keys bilan tanishuv.
2. Mavzuning mazmunini taxlili.
3. Gurux tavsifi bilan tanishish
4. Metodlarning imkoniyatlariga baho berish.
5. Aniq maqsadlarini belgilash.
6. Muammoning echimini topish va uni asoslash.
|
Ta’limiy maqsad: Bo‘lajak pedagoglarda ma’lum shart-sharoitlarni hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘rganish lozim bo‘lgan mavzu uchun eng qulay va samarali metodni tanlay olish malakasini shakllantirish.
|
Pedagog vazifalari:
Mavzuning xarakterini aniqlash ishini tashkil etadi
Guruhning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishni tashkil etadi
Metodlarning imkoniyatlarini aniqlash faoliyatini tashkil etadi
Darsning ta’limiy maqsadlarini aniqlash faoliyatini tashkil etadi
Optimal metodni tanlash imkonini yaratadi
|
O‘quv natijalari
Mavzuning mazmunini taxlil qiladi va uning murakkablik darajasini aniqlaydi.
Gurux tavsifi bilan tanishgan holda ta’limiy maqsadlarni aniqlaydi.
Tanlab olingan meiodlarning imkoniyatlariga baho beradi.
Darsning ta’limiy maqsadlarini ishlab chiqadi.
Berilgan barcha omillarni hisobga olgan holda tanlangan mavzu uchun eng mos tushuvchi metodni belgilaydi.
|
Ta’lim metodi
|
Keys-stadi metodi
|
Ta’lim vositalari
|
O‘UM,doska, keys, axborot materiallari
|
Ta’lim shakli
|
Frontal va individual
|
SHart -sharoitlar
|
Qulay sinf xonasi
|
Monitoring
|
Og‘zaki javob,mustaqil taxlil va vaziyat echimini topish
|