2-sinf “Odobnoma”
Bilim:
O`zbekiston – buyuk allomalar yurti ekanligini bilish;
Kitob o`qish va undan foydalanish madaniyati haqida bilish;
Odob salomdan boshlanishini bilish;
isrof va tejamkorlik so‘zlarining mazmunini bilish;
oila kichik Vatan ekanligini bilish;
do‘stlik odobini bilish;
odobli bolaning xatti-harakatlarni bilish;
“salomlashish – madaniyat” ekanligini bilish;
mehnatning turlarini bilish;
kasb turlarini farqlay olish;
dam olish, sog‘liqni saqlash, bilim olish huquqlari haqida bilish;
Vatanimizda nishonlanadigan milliy bayramlar haqida bilish;
Ko‘nikma:
odobli bola bo‘lishga harakat qilish;
o‘quv qurollarini saranjom saqlash;
ota-onasining, kattalarning mehnatini qadrlash;
o‘zidan kichiklarga, ojizlarga mehr muruvvat ko‘rsata olish;
atrof muhitga va hayvonlarga oqilona munosabatda bo‘lish;
salomlashish qoidalariga rioya qilish;
sog‘ligini saqlashga rioya qilish;
kun tartibini tuza olish;
kasb turlarini bir-biridan ajrata olish;
halollik, to‘g‘rilik tushunchalarni idrok etish va ularga rioya qilish.
Malaka:
darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;
matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;
o‘z fikrini erkin ifodalay olish;
odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;
yolg‘onchilik va chaqimchilik qilmaslik,
o‘zidan kichiklarga yordam berish.
Yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;
Yaxshi o‘qish va na’munali hulqqa ega bo‘lishga harakat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |