3-sinf
Bilim:
O`zbekiston Respublikasi – mustaqil davlat ekanligini bilish;
Vatan ostonadan (oiladan, mahalladan) boshlanishi haqidagi tushunchalarni bilish;
o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni, mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshoatlarni, hamda muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
Yurtimizda yashab ijod etgan allomalar haqida bilish;
Inson go`zalligi axloq-odobi bilan ekanligini bilish;
xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlar va iboralarni bilish;
tejamkorlikning barakasi, isrofgarchilikning oqibatlari haqidagi tushunchalarni bilish;
bozordagi tartib qoidalarni bilish;
ehtiyotkorlik va havfsizlik qoidalarini bilish.
Ko‘nikma:
Yurtimizda yashab ijod etgan allomalar haqidagi rivoyatlarni hikoya qilib berish;
odob axloq qoidalariga doir amaliy mashqlar bajara olish;
halolik, to‘g‘rilik tushunchalarni anglash;
ziyorat odobini bilish;
odob axloqqa oid maqollarni mazmunini tushunish;
jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qilish;
kasblar haqida ma‘lumotga ega bo`lish;
xakq o‘yinlarini turlarini bilish.
Malaka:
Olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita olish;
darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;
matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;
o‘z fikrini erkin ifodalay olish;
odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;
Yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;
Halolik, to‘g‘rilik qoidalariga rioya qilish;
O‘qigan ertaklar va rivoyatlarga munosabat bildira olish, mazmunini gapirib berish, xulosa chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |