Malaka
O‘zbekistonning asosiy strategik maqsadini va yo‘nalishini sharhlay olish;
g‘oyaviy bo‘shliq haqidagi tushunchalarni sharhlay olish;
dunyoning mafkuraviy manzarasi, ko‘p qutbli dunyo haqidagi tasavvurini bayon eta olish;
mafkuraviy poligonning yadroviy poligondan xavfli ekanini anglab yetish va tasavvur qilish;
mafkuraviy immunitet tushunchasini sharhlay olish;
geopolitika va geopolitik siyosatlardan ko‘zlangan maqsadlarni farqlay olish;
O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar va mafkuraviy jarayonlarni qiyoslash;
«O‘zbekiston yagona Vatan» tushunchasini sharxlash;
jamiyat rivoji va bunyodkor g‘oyalarni sharhlay olish;
G‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari, g‘oyaning xususiyatlari va turlarini farqlay olish, ular haqidagi fikrni erkin bayon etish;
diniy ekstremizm, uning ko‘rinishlari va zararli oqibatlari haqida tasavvurlarini bayon eta olish;
taraqqiyotni isloh qilishning besh tamoyili va yetti ustuvor yo‘nalishini sharhlay olish;
burch, mas’uliyat, ota-onalik burchi, farzandlik mas’uliyatini his qilish;
tilning ma’naviyatni shakllantirishdagi o‘rni haqidagi fikrini bayon eta olish;
mehnatsevarlik, kasb-hunar komillik belgisi ekanligini tushuntira olish;
uy tutish qoidalarini, ro‘zg‘or yuritishda tejamkorlikning foydasini tushuntira olishi;
urf-odat, an’ana, to‘y va marosimlar, milliy qadriyatlar haqidagi fikrlarini bayon eta olish.
“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlardan umumiy o’rta ta’lim maktabining
o’quv dasturi
(Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobining mazmunini singdirish asosida)
Do'stlaringiz bilan baham: |