50-51-dars. Takrorlash (2 soat).
9-SINF. JAHON TARIXI (YANGI DAVR, 1870-1918 YILLAR) (51 soat)
Jahon tarixi yangi davrini (1870-1918 yillar) o‘qitish va o‘rganishning ta’limiy maqsadi XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida insoniyat jamiyati taraqqiyotining eng muhim bosqichlari, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, shuningdek, dunyo davlatlarining o‘zaro munosabatlari va ichki ziddiyatlar haqida o‘quvchilarga bilim berishdir.
Tarbiyaviy maqsadi esa olingan bilimlar natijasida, o‘z hayotining kelajagini belgilash, o‘z Vatanini boshqa rivojlangan davlatlar qatoriga chiqarish uchun halol mehnat qilish, umuminsoniy qadriyatlarni, o‘z madaniyati va boshqa xalqlar madaniyatini hurmat qiladigan ma’naviy yetuk yoshlarni kamolga yetkazishga hissa qo‘shishdan iboratdir. Ushbu fanning vazifasi o‘quvchilarga XIX asrning oxiri XX asr boshlarida jahondagi geopolitik o‘zgarishlarni singdirish va olingan bilimlar asosida bugungi kundagi dolzarb masalalarni yechishga yo‘l topish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, davr talabi bo‘yicha dunyoqarashini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarini hurmat qiladigan ma’naviy yetuk shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |