Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари


Download 1.15 Mb.
bet114/206
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#234602
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206
Bog'liq
5–9 sinflar toshkent 2010

Ko‘nikmalar:

  • davlat boshqaruvi shakllarining o‘zaro farqini ajratish;

  • davlat boshqaruvi va tuzilishi shakllarining farqini tushunish.

  • davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligini asoslay olish, fikrini misollar bilan to‘ldira bilish;

  • davlat organlarini va ularning tizimiga oid tushunchalar orqali ularning farqini bilish;

  • Prezident asarlarida ilgari surilgan O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish to‘g‘risidagi asosiy g‘oyalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish.


Malakalar:

  • Huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish;

  • davlat boshqaruvi va tuzilish shakllarini mustaqil tahlil qila olish;

  • hozirgi zamondagi davlatlar boshqaruvi va tuzilishi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish;

  • axloq va huquq normalarining o‘zaro munosabatlari va ularning farqlarini bilish, o‘z hatti-harakatlarini ularga binoan amalga oshirish;

  • milliy huquqning rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallash;

  • voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlariga oid kazuslarni yecha olish;

  • iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy sohalarga oid qonunlarning mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish.



9-sinf

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishiga oid tarixiy shart-sharoitlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat mustaqilligining asosiy belgisi, Konstitutsiyaviy huquq – huquq sohasining asosi, Konstitutsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi;

  • inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, burchlari, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, ularning kafolatlari;

  • jamiyat va shaxs, shaxsning jamiyatdagi o‘rni;

  • mulk shakllari;

  • O‘zbekiston Respublikasining milliy Davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning huquqiy holati;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tarmoqlari: Oliy Majlis va uning vakolatlari, tarkibi, quyi palata va yuqori palata haqida tushunchalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy vakillik organi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilishi, tarkibi, faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Sud tizimi, ularning tashkil etilishi va faoliyati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning huquqiy maqomi;

  • fuqarolarning huquqlari, burchlari va majburiyatlari, inson huquqlari va erkinliklarining kafolati;

  • ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari.


Ko‘nikmalar:

  • Huquq me’yorlari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lish va ularga mos xatti-harakatlarni anglash;

  • inson va fuqarolarning huquqlari va burchlariga oid kazuslarni yecha olish;

  • Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan olgan bilimlari asosida referatlar tayyorlay olish;

  • zarur hollarda davlat hokimiyati tarmoqlari: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga murojaat etish.


Malakalar:

  • Konstitutsiyaviy huquqqa oid tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish;

  • alohida shaxs va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini tahlil qila olish;

  • mulk va mulkchilik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish;

  • o‘z hatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshirish;

  • davlat hokimiyati va uning tarmoqlari funksiyalarini tahlil qila olish.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling