yuqoriga qayiltirilib q o‘yilgan edi. Chanaga ensiz, uzun yashik chandib
b o g ‘langan edi. Yana boshqa buyumlar: kiyim -kechak, bolta, qahva
qaynatish uchun qum g‘
011
, tova ham bor edi; biroq eng a w a lo chananing
yarmidan ziyodini egallagan yashik k o‘zga tashlanardi.
Itlar karvonining oldida o y o g ‘iga serbar ch an g‘i b o g ‘langan odam
z o ‘rg‘a yurib borardi. Ikkinchisi esa orqada, chanalarning ortidan kelardi.
Chanadagi yashikda esa bularning hamrohi yotar, u dunyo tashvishlaridan
qutulgan, zero Shim ol o ‘lkasi uni zabun qilgan, hayot sham ini s o ‘n-
dirgan, oqibatda u harakat qilish va kurashdan butunlayin mosuvo b o‘lgan
edi. Bu yerlarga xudoning qarg‘ishiga uchraganlar kelardi xolos. Shim ol
o ‘lkasi hayotning ashaddiy dushm anidir, chunki hayot harakat degani.
Shim ol oMkasi esa nim aiki harakat qilsa uni to ‘xtatishga urinadi. U n in g
nafasidan dengiz sari oqib borayotgan daryolar muzlaydi, zero u bu
suvlarning dengizga borib quyilishini istamaydi. U daraxtlar tanasidagi
tiriklik suvini so ‘rib oladi, provardida azim daraxt qattiq sovuq zabtidan
toshdek qotadi. Biroq, inson irodasini, m atonati va g ‘ayratini bukishda
shim ol o ‘lkasining mislsiz beshafqatligi va qahr-g‘azabi ayniqsa, ko‘proq
sezilardi, buning yagona sababi, inson tabiatan dunyoda mavjud bo'lgan
jonivorlarning eng isyonkori, u ham isha uning izm -u-ixtiyoriga qarshi
bosh ko‘taradi, holbuki shim ol tabiatining xohish-istagi b o'yicha har
qanday harakat oxir-oqibat to'xtashi shart.
Shunga qaramay chananing orqa va old tom onida, hali hayotdan
rizq-u nasibasi uzilm agan ikki nafar dovyurak va bo‘ysunm as odam
Do'stlaringiz bilan baham: |