Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ganligi, taqdir zarbalariga chidashi, matonati haqida shunday chiroyli, kuchli
Download 40.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)
ganligi, taqdir zarbalariga chidashi, matonati haqida shunday chiroyli, kuchli
ehtiros va hayajon bilan hikoya qilinardiki, qoyil qolmay ilojing yo‘q edi. Bu ayniqsa, mardlik va sarguzashtlar haqida o ‘ylab charchamaydigan o ‘n to‘qqiz yashar o‘spiringa qanday ta’sir qilganini tasawur qilish qiyin emas. Darhaqiqat, asar bir itning hayoti va ko‘rgan-kechirganlari haqidagina emasdi. U, ta’bir joiz bo‘lsa, oddiy tushunchalar, hayot va muhabbat, to^g'rilik va adolat, zulm va sadoqat haqida edi. Muallif itning har xil vaziyatda nima haqda o ‘ylashi, nimani his qilishi mumkinligini farazan hal qiladi va uning o‘sha faraz qilingan ichki olamida vujudga kelgan his-tuyg‘u, ehtiros va mayl-istaklarni aks ettiradi, so‘zga aylantiradi. Oq So‘yloq o‘z ixtiyori bilan, o ‘zi xohlab vahshiyona hayot tarzini tanlamagan. Uni tabiat shunday yaratmagan, uning qismati emas — yovuzlik, atrofidagi jamiki tirik jondan nafratlanmoq. Uni muhit, tashqi omillarshu yoMga boshlaydi — «muhit ongni shakllantiradi». «...Odamlar mehribonroq bo‘lishganda, u sadoqatli it bo‘lib o‘sardi. Ammo hammasi teskari bo‘lib chiqdi. Hayotda hech kim uni ayamadi, boshi alam va kulfatdan chiqmadi va oqibat u yovuz, yaxshilik yoqmaydigan vahshiy yirtqichga — o‘z hamzotlarining dushmaniga aylandi». Yoki mana bu holatga e’tibor qiling: «Xushro‘y Smitning xo‘rlashlari uni shunchalar zada qilib qo'ygan ediki, oqibat u ko‘r-ko‘rona hamma narsadan, hatto odamlardan ham nafratlanadigan ko‘yga tushdi». Biz ming-minglab hikmatli kitoblar, o'tmish tajribalari, donolar o‘giti va hayot tajribamiz tufayli havotning achchiqligi, umrning o ‘tkinchiligi, xiyonatning og‘irligi, zulmning gunohligi, ezgulik, mehr-muhabbat, adolat, saxovat, rahm-shafqatning inson rutbasiga yarashgulik uni yuksaltirishga qodirligini juda yaxshi bilamiz. Men ham endi-endi bilayapman, lekin oksha 19 yoshimda bunehalik aniq odilona mulohaza yuritolmaydigan yoshimda shular haqida o‘qib tagiga yetolmay, qolaversa, yon-verimda men bilan birga yashayotgan odamlai^a tushuntirib berolmay qiynalardim, xuddi ishq dardiga yo'liqqan o ‘smir kabi chuqur xayolga tolib yuradigan b o lib qoldim, qiynalardim, chunki men «Oq So‘yloq» qissasining muallifi bergan savollar, aks ettirgan kuchli hayajonga esh voqea-hodisalar va ulardan chiqargan xulosalar ustida bosh qotira boshlagandim, qisqasi, o‘smir qalbining sokin dunyosiga tashvish, ziddiyatli, qarama-qarshi chaqnoq xayollar, zug‘umkor, sarkash iddaolar tom ma’nosi bilan bostirib kirgandi. «Qanday yashamoq kerak?» Insoniyat paydo bolganidan beri bosh qotirib, tagiga yetolmagan savolning iztiroblarini men Jek Londonning «Oq So‘yloq» qissasini o‘qigandan keyingina vujudumda, qalbimda his qila boshladim. Chindanam qanday yashamoq kerak. «Yo bolg‘a bo‘lib ko‘taril chunon, yo shu bolaga ЬоЧ sandon». Zo‘r zolimga aylansa, sohibi aql haqir bo‘lsa, oliyjanob odam faqir bo‘lsa — dunyoni nima asrab turibdi. Holbuki tosh gavharni sindirishi turgan gap, lekin shunday boMmasligi uchun nima qilmoq kerak, nimadan boshlamoq kerak?! Barcha illatlarga xotima berish mumkinmi? Yo‘q! Lekin buni ramkaga solish, zulm payini qirqish mumkin. Bu ulug‘ mehr, rahmdillik, shafqat orqali amalga oshiriladi. Kitobda zulm, yomonlik, adolatsizlik tufayli ashaddiy yovuzga aylangan Oq So‘yloq oliyjanob, to ‘g‘ri va halol odamlarning yurak harorati tufayli mehribon, tanti, ezgulikka xizmat qilishga qodir jonivorga aylandi va u shu tariqa ichki dunyosini zaharlab azob berayotgan illatlardan xalos bo‘ldi. Shu bois, biz yeryuzini mehrasrab qoladi, degan kalomga ishonch hosil qilamiz: «Bu hamzotlari bilan odamlarning nafratiga duchor bo‘lgan va doim hamma bilan qirpichoq bo‘lib yurgan Oq So‘yloq juda tez, lekin bir yoqlama yetilib borardi. Bunday hayot na mehr-shafqat, na erkalashga bir ehtiyoj uyg‘otardi vujudida. Bilgani birgina qonun — zo‘rga itoat et, zaifni ez, xo‘rla!» Mana shu Oq So‘yloq asar oxirida ming balolar og‘ziga kirib chiqqandan keyin ham havas qilgudek evrilishlarni boshidan kechiradi: «...Shu muhit ta’sirida uning tiynatidagi shafqatsizlik o‘rnini yumshoqlik egallay boshladi. Undan Skott Oq So‘yloq tabiatida mavjud bo‘lgan botiniy alamining ichki qatlamlarida yashirinib yotgan, allaqachon quriyozgan yaxshilik chechaklariga mehr-muhabbat naychasi orqali obi hayot baxsh etar va niyatining ulug‘ligi va beminnatligi tufayli ko‘p narsalarga erishmoqda edi». Hayotda yaxshini yomonga aylantirish, yomonni yaxshi inson qilib tarbiyalashdan ming karra osonligini hammamiz bilamiz. Jek London buning aksini amalga oshirish yo‘llarini shu jonivorlar hayoti haqidagi asarida ro‘yi- rost ko‘rsatib bera oldi. Men bu kitobni o‘z farzandingga, ukangga, jiyaningga taqdim etishingni istar edim, birodar. Toki bundan 40 yil muqaddam birdan xayolchan bo‘lib qolgan va hech bo‘lmasa xayolan zulm va adolatsizlik bilan kurashib yuradigan, yordamga muhtoj bo‘lib, odamga yordam qo‘lini cho‘zishni o‘zicha baxt deb biladigan darajaga yeta olgan o‘smir ko‘yiga tushsa, zora, jamiyat ham kurashchan, ham odil, ham pok niyat bir o‘smir bilan boyisa. Aziz kitobxon, meni mana shunday fikrlashga, o ‘ylash va qiynalishga sabab bo‘lgan kishiga bag‘ishlayman ushbu kitobni. Ehtimol, u mening ko‘zlarimda, mening xulq-atvorimda o ‘zim sezmagan, atrofimdagilar payqamagan xislatni ilg‘agandir va shuning uchun bir kun kelib shu asarni sen o‘zbek kitobxoniga yetkazasan, demoqchi bo‘lgandir. Kim biladi, bu bir taxmin, xayol. Lekin men bugun shuni amalga oshirdim. Agar asar tarjimasini birovga bag‘ishlash joiz ko‘rilsa, men bu ishimni Husan aka Dadayevga bag‘ishlayman. Olim Otaxon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling