Birinchi bob
OLOVNI YARATGANLAR
B o ‘ri bolasi buni sira-sira kutmagan edi. Hammasiga o'zi aybdor.
Ehtiyotkorlikni unutgandan keyin sh u-da, natijasi. U g'ordan chiqib
suv ichgani anhor tom on yugurdi. Yanglishib qolganiga eh tim ol, rosa
uyqusi kelganligi ham sabab b o 'lga n d ir (kechasi bilan ovda yurib,
hozirgina uyqudan turgan edi). Suv bo'yiga eltadigan yo'lni u juda
yaxshi bilmasmidi! N e ch a -n ech a marotaba shu yo'ldan yurgan, har bir
toshi, giyohi unga tanish edi-yu!
Bo'ri bolasi so'qm oqdan tushib, to'g'ri qurigan qoraqarag'ay yoniga
keldi, o'tloqni kesib o'tib daraxtlar oralab yo'lga tushdi. N o g o h o n u
notanish bir nimani ko'rib q old i-yu , taqqa to'xtadi. U ning ro'parasida
besh nafar tirik mavjudot chordona qurib o'tirardi — bunaqasini shu
choqqacha ko'rmagandi. O dam zod bilan ilk bor to'qnash kelishi edi.
Biroq odamlaro'rnilaridan sapchib turishmadi, tishlarini irshaytirib unga
irillab qo'yishm adi ham. Churq etm a y, qandoq o'tirishgan b o'lsa,
shunday indamay o'tirishaverdi.
Bo'ri bolasi ham qim ir etm ay turaverdi. Ichki bir tuyg'u — savqi
tabiiy izm -u-ixtiyorida u o'ylam ay-n etm ay, urra qochishi lozim edi
sh u n d a y ch og'lard a, biroq b a n o g o h vujudida butunlay o 'z g a c h a ,
m utlaqo qarama-qarshi tuyg'ular paydo b o‘ldi-yu, uning iziga qaytib
ketishiga yo'l qo'ym adi. U o'zin i yo'qotib qo'ydi. O 'zining ojizligi va
haqir, notavon ekanini anglash tuyg'usi uni yerga mixlab qo'ygandi
go'yo. Qarshisida, u shu paytgacha mavjudligidan mutloq bexabar bo'lgan
hukm ron kuch va qudrat turardi.
Bo'ri bolasi umri bino bo'lib insonni ko'rmagan edi, lekin uning
kuch-qudratini savqi tabiiy ila his qildi. Shuurining teran qatlamlarida,
Do'stlaringiz bilan baham: |