o'zi bilan olib qolishga unday boshlashdi. H in d u n in g q o'li tobora
yaqinlashgan sari bo'ri bolasining vujudida ikkita qarama-qarshi tuyg'ular
jo'sh urardi: biri itoat etishga undar, ikkinchisi kurashga da’vat etardi.
Pirovardida bo'ri bolasi sabr qilishga qaror qildi. U ikkala tuyg'u izmidan
chiqm ay turdi, shunga binoan to qo'l badaniga tekkuncha itoat etib
turdi, keyin esa birdan boshini silkib g'archcha tishladi. O'sha zahoti
boshiga tushgan zarbdan yonboshiga yiqildi. O lishish ishtiyoqidan asar
qolmadi. Bo'ri bolasi itoatkor kuchukchaga aylandi go'yo, orqa oyoqlariga
o'tirib uv soldi. Lekin qo'li tishlangan inson g'azabini bosolm ay ikkinchi
marta yana sop qoldi. Bo'ri bolasi yana yiqildi va o'rnidan turib yana,
bu safar balandroq ovozda uv soldi.
H indular kulib yuborishdi, ularga qo'shilib qo'li tishlangan ham
rosa kuldi. Ular qo'rquv va og'riqqa chidayolm ay uvillayotgan bo'ri
bolasini qurshab olishdi. D a fa ta n , bo'ri bolasi to'xtab, sergak tortdi.
Hindular ham jim qolishdi. Bo'ri bolasi yaqin atrofda yangragan ovozn i
tanidi va so'nggi b o rch o 'zib nola qildi, uning so'nggi nolasida zorlanish
em as, quvon ch , tantana ohanglari kuchliroq yangradi, aloha u jim
bo'ldi va o'zining mehribon, shiddatli va qo'rqmas, har qanday dushman
bilan tikka olishadigan, ularni g'ajib tashlashga qodir onasini kutib
atrofga alangladi. O na bo'ri o'kirib atrofga qutqu solib kelardi, u
bolasining zorlanishini eshitib yordamga oshiqardi.
Ona bo'ri ilkis odamlarga tashlandi. U quturib ketgan, hech narsadan
toym as, vajohati o'ta dahshatli ham da vahshiyona edi. Lekin uning
xaloskorona yangragan qahr-g'azabi bo'ri bolasini quvontirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |