— N im a qipti. L osos tili, — deya javob qildi Kulrang Q unduz.
O'shanda ocharchilik edi, itlarga go'sht topib berolmagandik.
— U bo'rilar bilan birga yashagan, — dedi yana boshqa hindu.
— G aping to'g'ri, U ch Burgut, — deya iljaydi Kulrang Q unduz,
bo'ri bolasini silab-siypar ekan, — mana to'g'riligining isboti.
Inson qo'li badaniga tegib, bir sapchib tushgan bo'ri bolasi past
o v o zd a irillagandi, odam q o 'lin i tortib oldi va m usht tushirishga
chog'landi. Buni ko'rib bo'ri bolasi jim bo'ldi va itoatkorona yerga
yotib oldi, qo'l yana yaqin kelib uning quloqlari orqasini, kuraklari
o'rtasini silay boshladi.
— M ana sening haqliliginga dalil, — deya takrorladi boyagi gapini
Kulrang Q unduz. — Kichi uning onasi. Otasi esa bo'ri. Shuning uchun
itga xos xususiyat kamroq. B o'rining odati ziyodroq. U n in g so'yloq
tishlari judayam oq ekan, shuning uchun unga Oq S o'yloq deb nom
qo'yam iz. A ytilgan s o ‘z, otilgan oq. Bu m ening itim. K ichi akamga
tegishli edi, shundaym i? Akam esa dunyodan k o‘z yum gan, t o ‘g ‘rimi?!
Yangi nom qo'yilgan bo'ri bolasi jim gina eshitib yotardi. Odamlar
biri olib, biri q o'yib gapirardi. Pirovardida Kulrang Q unduz, bo'yniga
osib olgan qindan p ich og'in i old i-d a, buta yon iga borib bir qarich
novda kesib oldi va tayoqning har ikkala uchiga esda qolishi uchun
belgi q o'yd i-d a, oshlangan qayish bilan o'radi. Bir uchidagi qayishni
K ichining bo'yniga bog'lab, uni qayin yoniga yetaklab bordi-da, ikkinchi
qayishni daraxtga bog'ladi.
Oq S o'y lo q on asin in g oldiga borib u bilan y on m a -y o n yotdi. Losos
tili bo'ri bolasini erkalab turdi-da, birturtib chalqancha yotqizib qo'ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |