u ch u n q o 'lla y d ig a n usullarni ham o 'z ic h a yo q la d i. U la r barcha
yirtqichlarga o 'xsh ab bir-biriga h am la q ilib , tish -tirn o q lari bilan
yopishm as ekan, balki jon siz buyunilarni ishga solishar ekan. Jonsiz
buyumlar, narsalar ularning am riga itoat etar, bu g'alati mavjudot
uloqtirgan tosh va tayoqlar xuddi tirik mavjudotdek havoda uchib borib
itlarni qaqshatar edi.
N ihoyat oxirgi it nari ketdi-yu ja n jal-to'p olon tinchidi. Oq So'yloq
yaralarini tili bilan yalay boshladi, u ilk bor to'd a nim aligini ko'rdi va
unga yaqin bordi, shu bilan ilk bor uning rahm sizligidan aziyat chekdi.
Shu choqqacha ularning butun urug'i Birko'zdan, onasi-yu o'zidan
iboratdek tuyulardi. U lar uchchovi shu urug'-toifa ichida alohida ajralib
turardi. Lekin birdan, sira kutilmaganda, ularning toifasiga mansub
boshqa mavjudot ham borligi ayon b o'ld i-q old i. Va shuurining chuqur
qatlarida o 'z hamzotlariga, qaysiki, uni ko'rgan zahotlari g'ajib tashla-
gudek bo'lib hamla qilgan itlarga nisbatan kek, adovat paydo bo'ldi.
U n d a n tashqari garchi oliy darajadagi m avjudotning ishi b o'lsa ham
odam larning onasini bog'lab qo'yishgani yoqm adi unga, negaki bu
tutqunlik, erksizlikni bildiradi. Lekin, bo'ri bolasi erksizlik, tutqunlik
nim aligin i tushunarm idi?! O 'z istagicha yashash, xohlagan paytda
yugurish, dumalab yotish erki-huquqi unga ajdodlaridan m eros edi.
H ozir bo'lsa urg'ochi bo'rining erki bog'lab qo'yilgan arqonning uzunli-
gidan nari o'tm asdi, xuddi shu arqon bo'ri bolasining ozodligiga raxna
solardi, shu sabab u hali onasiz mustaqil ravishda hech narsa qilolm asdi.
Qisqasi, bo'ri bolasiga bu narsalar yoqm adi, odam lar q o'zg'alib
yo'lga tushishganida esa kurakda turm aydigan tartiblardan noroziligi
Do'stlaringiz bilan baham: |