qarasang vigvam. Oq So'yloq ulardan qo'rqardi. Ularning tepasi tahlikali
tarzda chayqalar, sham ol turgan mahal charm devorlari lopillab u
yoqdan-bu yoqqa borib kelar, Oq S o'yloq xuddi bu bahaybat vigvamlar
ana hozir uning ustiga ag'dariladi-yu, u qochib qutulishga ulgurolm ay
qoladigandek ulardan ko'z uzm ay bir vahim a ichida yerga yotib olardi.
Y o'q, oxiri Oq So'yloq vigvamlarga ko'nikdi. Qarasaki, xotin-xalaj
bola-baqra bilan bem alol, b eziyon -zah m at kirib-chiqib yuribdi, qo'yib
bersa itlar ham kiradigan, faqat vigvamga yaqinlashdi deguncha ularni
baqir-chaqir va toshbo'ron qilib haydashadi. K echga tom on Oq So'yloq
K ichini tashlab, qo'rqa-pisa yaqinginadagi vigvam yoniga bordi. Odatda
yashash ishtiyoqi, faoliyatga tashnalik va o'rganish zaruratidan tug'ilajak
qiziqish Oq So'yloqqa tinchlik bermayotgan edi. Vigvamga yaqinlashgan
sari Oq So'yloq yanayam sekinroq harakat qilar va quti o'ch ib borardi.
Shu bugun yuz bergan hodisalar ta’sirida n om a’lum lik, notanish narsalar
sira kutilmaganda biron k ori-holga sabab b o'lishi m um kinligini Oq
S o'yloq uqib olgan edi. N ih oy at, uning tum shug'i kanopdan to'qilgan
devorga tegdi. Oq So'yloq nim a bo'larkin degandek kutdi. Y o 'q , hech
narsa bo'lgani y o ‘q. A loha u o'takasini yorgan odam isi gupirib turgan
narsani tishlab tortdi. D evorning salgina tebranganini hisobga olm asa,
yana o'sha ahvol, biron narsa yuz bermadi. U yana tortdi, devor tebrandi.
Bundan uning bahri-dili o ch ild i-yu , qattiq-qattiq siltab tortishga o'tdi.
Oxiri butun devor lopillay boshladi. Shu choq ichkaridan hindu ayolning
qattiq baqirgani eshitildi. Oq S o'yloq oldi-orqasiga qaramay K ichining
Do'stlaringiz bilan baham: |