yoniga yugurdi. O 'sha-o'sh a haybatli vigvamlardan qo'rqm ay qo'ydi.
Oradan besh daqiqa o'tar-o'tm as Oq S o'yloq yana onasini tashlab
ketdi. K ichini q oziqq a b og'lab q o'yish ga n id an b o lasin in g ortidan
borolmasdi. D afatan bo'ri bolasiga qarab undan yirik va kattaroq kuchuk
jangovor qiyofada yaqinlashib kela boshladi. Bu L ip-lip degan kuchuk
edi. U urush-janglarda chiniqqan, o 'z hamzotlari orasida ham urush-
qoqligi bilan nom qozongan edi.
Oq So'yloq bu kuchukni o'ziga qondosh deb bildi, buning ustiga
vajohatidan unchalik xavfli emas, shu bois undan biron-bir yomonlik kutmay,
do'stona qiyofada unga qarab turdi. Biroq begona itning tishini irjaytirib
hamla qilishga shaylangandek hurpayib olganini ko'rgach Oq So'yloq ham
tishini qayrab shaylanib oldi. Hurpayib olgancha vahshiyona irrilayotgan
bo'ri bolasi bilan kuchuk payt poylab bir-birining atrofida aylana boshladi.
Bu juda uzoq davom etdi. Oq So'yloqqa bu o'yin hatto yoqdi. Tuyqus,
Lip-Lip o'qdek otilib bo'ri bolasini g'archcha tishladi-da, chetga sakradi.
Oq So'yloqning yelkasidagi silovsin g'ajib tashlagan jarohati hali bitmagan,
suyaklari hamon zirqirab og'rirdi. Lip-Lip xuddi o'sha yerini tishlagan edi.
Oq So'yloq kutilmagan hamladan va og'riqning zo'ridan uv solib yubordi
va o'sha zahoti jon-jahdi bilan Lip-Lipga tashlandi.
Lip-Lipning hindular qarorgohida tug'ilgani va boshqa kuchuklar
bilan san-sanoqsiz urishgani bekorga ketmagan edi. U ning nisbatan
maydaroq, lekin o'tkir tishlariga dosh berolmay Oq So'yloq sharman-
dalarcha onasining yoniga qochib qoldi. Bu Oq So'yloq bilan Lip-Lip
o'rtasidagi birinchi to'qnashuv edi, istiqbolda ularni hali ko'p to'qna-
shuvlar kutar, chunki ikkovi ham bir-birini ilk bor ko'rgan onlardanoq
Do'stlaringiz bilan baham: |