mujassam bo'lgan vujud, tanadan iborat, qaysiki badanini pora-pora
qilsa qoniga belanadigan, eti boshqa har qanday go'shtdan farqi yo'q
tirik jon.
Oq So'yloq ham shu holatda edi. U n in g uchun inson zoti — muqarrar
va qodir xudodek edi. Onasi o 'z n om in i aytib chaqirishgan zah oti itoat
etgani kabi u ham insonga bo'ysundi. Ularga yo'l bo'shatadigan bo'ldi.
Chaqirishsa keladigan, haydashsa o'sh a zahoti nari ketadigan, tahdid
qilishsa yerga yotib oladigan odat chiqardi, chunki ularning har bitta
xohish-istagida kuch-qudrat pinhon edi, bu qudrat m usht va kaltak,
havoda uchib yurguvchi toshlar va etingni uzib olgudek qaqshatgich
qam chi zarbida oshkora bo'lardi.
Oq S o'yloq barcha itlar kabi insonga qaram edi. U nim aiki qilsa,
u n in g buyrug'i bilan qilardi. U la r Oq S o 'y lo q n i x oh la sa la r urib,
dabdalasini chiqarishga, yanchib tashlash yoki rahm -shafqat qilishga
haqli edilar. Ana shu saboqni o'zlashtirishga tez o'zlashtirdi-yu, lekin
ko'nikishi oson bo'lm adi — u bunga ch idayolm as, har qadam da yuz
berayotgan voqealarga nisbatan vujudida neki bor unga qarshi bosh
ko'tarardi. Shu bilan birga, o'zi sezm agan holda, Oq S o'y lo q garchi
ko'nikishi har qancha qiyin va ko'ngilsiz bo'lsa ham yangi hayotning
huzur-halovatidan bahramand bo'la boshladi. U taqdirini yot-begonalar
qo'liga topshirdi va o 'z h ayot-m am otini asrashdek javobgarlik — og'ir
vazifadan xalos bo'ldi. Shuning o 'ziy o q bir m ukofot edi, chunki yakka
o 'zin g oy oq q a turishdan ko'ra o 'zg ag a suyanib biron nim a qilish
osonroqdir.
Biroq, bu birdaniga yuz bergani yo'q — odam bolasiga bir kunda
h ayot-m am otini topshirib qo'yish m um kin em as, Oq S o'y lo q ajdodla
Do'stlaringiz bilan baham: |