rining qoni orqali o'tgan odatlardan voz kecha olm as, Shim ol o'lkasining
tarbiyasini unutolm asdi. B a’za n -b a ’zan u o'rm on n ing bir chekkasiga
borib olib, olislardan eshitilayotgan va o 'zin i chorlayotgan ovozlarga
quloq solardi. A na shunday sayrlardan bezovta, tashvishm and holatda
qaytib kelar, K ichini yoniga yotib ohista zorlanib g'ingshir, erkalanib
onasining tum shug'ini yalab-yulqardi.
Oq S o'yloq hindular qishlog'idagi hayot oqim iga juda te z m oslashib
oldi. O dam lar baliq va go'sht ulashayotgan paytda katta-katta itlar
naqadar g'irrom va och k o 'z b o'lib ketishlarini ko'rdi. Katta yoshdagi
kishilar insofli, bolalar berahm b o'lish in i, ayollar m ehribon va hech
kimdan kutmagan bir b o ‘lak g o ‘sht yoki ustixonni istagan paytda ulardan
undirib olish m um kinligini tushunib yetdi. Y osh kuchukchalar bilan
bir-ikki to'qnashgach, ularning shallaqi onalarini ko'rib, ulardan nariroq
yurish m a’qulligini, shunda tinch-bexavotir bo'lishligini angladi.
A m m o Lip-Lip uning hayotini zaharlardi. U Oq So'yloqdan ham
yirik, ham kuchliroq edi. Oq S o 'yloq u bilan urishishdan q och m asd i-
yu, lekin doim yengilardi. Bunaqa dushm anga hali kuchi yetm asdi.
Lip-Lip esa uni ham m a yerda ta ’qib qilardi. Oq So'yloq onasining
yonidan bir qadam jildi deguncha, bu la’nati shilqim paydo bo'lar,
jig'iga tegar, xira pashshadek yopishaverar, irillab po'pisa qilar, yaqin
atrofda odam qorasi ko'rinmasa urush-janjal chiqarardi. Bu jang-u jadallar
Lip-Lipga huzur bag'ishlar, chunki u har doim g'alaba qozonar edi.
Afsuski, Lip-Lip hayotidagi eng huzurbaxsh hisoblangan narsa Oq So'yloq
uchun azob-uqubat manbayi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |