so'zi edi — zotan, bu nafaqat nobud bo'lgan itlar, balki odamlar sha’niga
bildirilgan ta’ziyalardan zarracha farq qilm asdi.
Ikkinchi bob
U R G 'O C H I BO‘RI
N on u sh ta qilib bo'lgach arzim agan lash-lushlarni chanaga ortishdi-
da, hali atrof qorong'i b o'lishiga qaramay G enri bilan Bill issiqqina
gulxanni tashlab ketishdi. U lar endigina yo'lga tushganlarida, hazin
uvillash eshitildi; zulmat va ayoz aro to'rt tom ondan kelardi bu m ash’um
ovoz. Y o'lovchilar jim gina borishardi. Soat to'qqizda tong otdi.
C hoshgoh payti osm on n in g janubiy qism i biroz qizardi. A m m o bu
qizg‘ish sh u ’la k o‘p o'tm ay sham yanglig' s o ‘ndi. Soat uchlargacha kun
g'ira-shira yorishib turdi-da, so'n g huvillagan o'lkaga yana zim -ziy o
tun c h o ‘kdi.
Y o ‘lovchilarni chor atrofdan ta ’qib etayotgan uvlash qorong'i tushdi,
deguncha yaqinroqdan eshitila boshladi; o ‘q tin -o‘qtin bu tovush shunday
yaqin kelib qolardiki, itlarning quti o ‘chib talvasa ichida o ‘zlarini u
yoqdan, bu yoqqa otardilar.
Bir gal mana shunday talvasaga tushishlardan s o ‘ng Bill bilan G enri
itlarni tinchitgach, Bill:
— Bu kasofatlar biron o'lja uchrab bizni tinch qo'yishsa yaxshi b o '-
lardi, — dedi.
— N im asini aytasan, ularning tovushini eshitishga kim zor, deysan, —
deya m a’qulladi G enri.
Shu ketgancha anchagacha churq etishm adi.
Navbatdagi qarorgohda to'xtab, G enri endi loviya qaynatish uchun
dekchaga m uz parchalari solayotganda to'satdan orqa tom on d an bir
nim aning qars etgani, s o ‘ng ketm a-ket Billning qichqirgani va itlarning
qattiq angillashi eshitildi. U qaddini rostlab o ‘girilib qaradi-yu, qorda
Do'stlaringiz bilan baham: |