Oqilxon Ibrohimov Ranglarda sadolangan maqomlar


Download 187.6 Kb.
bet5/6
Sana21.02.2023
Hajmi187.6 Kb.
#1216570
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ranglardagi maqomlar

Ikkinchi xikoya . "Bahrom oltin qasrda". Shox sariq libos kiygan rumlik go`zal bilan may ichish arafasida. Quyida musiqachilar ansambli. Bu o`rinda sariq rang bilan bog`liq "lya" pardasi ustuvor bo`lib, u Iroq maqomiga dastlabki tayanch asos sifatida xizmat qiladi. "Lya" tovushi xozirgi kunda ham Iroq nomi bilan ma'lum maqomlarning tayanch pardasi xisoblanadi.



Uchinchi xikoya. "Bahrom yashil qasrda". Shox shaxrisabzlik go`zal bilan may ichish arafasida. Oldingi sahnada ayollar dastasi. Bu o`rinda qo`llangan ranglar uyg`unligi navo maqomi pardalarini in'ikos etadi. Asosiy tayanch tovush "mi" pardasiga to`g`ri kelgan.



To`rtinchi xikoya. "Bahrom gulgun qasrda" shox shafaq kiyimli go`zal bilan may ichish arafasida. Quyida turli rangdagi musiqachilar tasviri. Ularning o`zaro uyg`unligi "si"dan boshlab tuzilgan ushshoq maqomi pardalarini zuxur etadi.



Beshinchi xikoya . "Bahrom moviy qasrda". U nilufar libosli go`zal bilan may ichish arafasida. Quyida musiqachilar dastasi. qo`llangan ranglar asosida "fa" tayanch pardasidan boshlab tuzilgan Busalik maqomi pardalarini aniqlash mumkin.



Oltinchi xikoya . "Bahrom sandal tusli qasrda". Shox sandal tusli libos kiygan go`zal bilan may ichish arafasida. Quyida xonanda va kanizaklar tasviri. Jami ranglar nisbati "do" pardasidan tuzilgan Zirofkand pardalarini in'ikos etadi.



Ettinchi xikoya . "Bahrom oq qasrda". Shox oq libosli go`zal bilan may ichish arafasida. Quyi sahnada musiqachilar dastasi va kanizaklar. Timsollar sifatida kelgan ranglar asosida sol pardasidan tuzilgan Rost maqomi pardalari aniqlab olish mumkin



Shunday qilib ma'lum bo`ladiki, "Sab'ai sayyor" dostoniga ishlangan miniatyura tasvirlari asosida o`tmishda qo`llangan etti maqom pardalari haqida umumiy tasavvurga ega bo`lishimiz mumkin ekan. Bu hol ayni paytda doston hoyasini to`g`ri anglab olishda ham inobatga olinishi kerak. Xususan, etti xikoya asnosida biz shox Bahromning ma'naviy yuksalishining ranglarni o`zgarib borishi va maqom pardalarining muntazam ko`tarilib borishi timsollarida anglashimiz mumkin ekan. Modomiki so`nggi hikoya oq rang va uning botnida mavjud Rost maqomiga bog`langan ekan, bu hol bosh qahramon taqdiri uchun ijobiy xulosa chiqarishga etarli asos bermog`i kerak. Oq rang tasavvufda haqiqatga erishganlik, yuksaklik belgisi. Uning bilan bog`liq Rost (Chin. haqiqat) maqomining ma'nosida ham shu ma'no zuhur etadi. Vaholanki shunday ekan, u holda Bahromning doston yakunidagi halokatini ma'joziy ma'noda, ya'ni oshiq shohning ruhoniyat jabhasidagi g`alabasiyu, nafsi ammorasining halokati sifatida qabul qilish lozimga o`xshaydi. Bu masalani yanada chuqurroq o`rganishda dostonga ishlangan miniatyuraalar ma'nosini to`g`ri anglash va ularni nazarda tutish lozimligi yanada ayon bo`lmoqda. Zotan Kamoliddin Beo`zod va uning salaflari ijodida bema'no, behikmat chizgi, tasvirni o`zi bo`lmagan. Ulardagi teran ma'nolarni tahlil etish, ilmiy yoritib berish san'atshunos olimlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri bo`lib qolmoqda.


1. Mutaxassislar "Bahrom" nomini Eron xukmdori, sosniylar sulolasidan bo`lgan Varaxran V (418-438 Varaxran dariy tilida "Bahrom") bilan bog`laydilar. Qarang: N.M. Mallaev, O`zbek adabiyoti tarixi. T., O`qituvchi. 1976. 476 b.
2. Xasanov Saidbek. "Roman o Baxrame". T., izd. G.Gulyama 1988. str. 17.
3. Xasanov Saidbek. "Roman o Baxrame". T., izd. G.Gulyama 1988. str. 130.
4.Kaykovus Unsurulmaoliy. "Qobusnoma" T. O`qituvchi 1986 y. 122 bet.
5. Kavkabiy. "Risolai musiqi". Irfon Dushanbe 1985. 58 b.
6. Kavkabiy. "Risolai musiqi". Irfon Dushanbe 1985. 58 b.
7. Rajabov Isxoq. Maqomlar masalasiga doir.T 1963 y. . 47 b.
8. Kavkabiy. "Risolai musiqi". Irfon Dushanbe 1985.
9. Mazkur pardalar uyushmasi Abdurahmon Jomiyning "Risolai musiqi"sida keltirilgan Rohaviy maqomi pardalariga yaqin k?ladi.
Qarang: Djami Abduraxman. Traktat o muzike. Tashkent 1960 str. 85.






Download 187.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling