Oqilxon Ibrohimov Ranglarda sadolangan maqomlar
Ranglardagi maqomlar
| |
Shu bilan birga "Sab'ai sayyor"dagi etti xikoyaga ishlangan miniatyuralar asosida etti maqom har birining pardalarini aniqlab olish imkoninini mavjud ko`rinadi. Shundayki, adabiy manbaga ko`ra etti xikoyaning har biri muayyan rang bilan muqim bog`langan xolda bayon etiladi. Nizomiy Ganjaviyning "Xaft paykar" va Xisrav Dehlaviyning "Hash bihisht" dostonlariga ishlangan miniatyuralar hikoyalarda ko`zda tutilgan ana shu rang talablariga deyarli mos keladi. Biroq Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostoniga ishlangan miniatyuralarda o`zgacha vaziyatni ko`ramiz. Masalan, birinchi xikoya qora qasrda, unda hozir bo`lgan Bahrom va hind go`zali qora liboslarda, qadahdagi maylar ham, xullas barcha borliq qora rangda bo`lishi kerak edi. Biroq buning o`rniga "Bahrom qora qasrda" mo`'jaz tasvirida etti xil rangning o`zaro go`zal uyg`unlik kashf etganini ko`ramiz. Bu hol ayniqsa musiqachilar tasvirida yaqqol namoyon bo`ladi va turli o`zgarishlar bilan keyingi xikoyalarga ishlangan tasvirlarda ham zuhur etadi. Faraz qilishimizcha, adabiy manbadan bu alfozda "chekinishdan" maqsad xikoyalar zamirida mavjud botiniy musiqani, aniqroq aytganda, maqom pardalari va navolarini ranglar vositasida imkon qadar ifoda ettirish istagidan kelib chiqqan. Bu kabi murakkab ijodiy vazifani musavvirlar bevosita hazrat Navoiy ko`rsatmasi asosida amalga oshirgan bo`lsalar ham ajab emas. Shu asnoda miniatyura tasvirlarida ramziy mavjud maqom pardalarini aniqlashga urinib ko`ramiz. | |
Download 187.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling