Oqilxon Ibrohimov Ranglarda sadolangan maqomlar


Download 187.6 Kb.
bet4/6
Sana21.02.2023
Hajmi187.6 Kb.
#1216570
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ranglardagi maqomlar

Birinchi xikoyaga ishlangan miniatyura "Bahrom qora qasrda" deb nomlanadi. Unda uch xolatni, uch darajani (quyi, o`rta va yuqori) anglatuvchi jixatlarini ajratib olish mumkin. Eng oldingi (quyi) saxnada tasvirlangan etti (kanizak va sozandalar) siymosi go`yo Rohaviy maqomining shartli timsollari sifatida ham xozir bo`ladi. Bunday yondoshuvimizga Alisher Navoiy dostonida qo`llangan ishorat tili ma'lum asos beradi. Etti siymoda zuhur etgan ranglarning jami ettita bo`lib, bunda qora rang ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu hol re-pardasi (qora rang) asosiy tayanch ekanligiga dalolat etadi. qolgan ranglarning tasvirda tutgan o`rniga qarab uning musiqadagi parda ahamiyatini ham anglash mumkindek tuyuladi. Shu asosda ?uyidagi pardalar uyushmasi yuzaga keldi 9:



d

e

fis

g

a

d (h)

c

q ora

yashil

moviy (to`q)

oq

sariq

shafaq

sandal

Shohning xind go`zali bilan may ichish arafasida tasvirlangan saxnasini asarning o`ziga xos miyonxonasi va o`rta avji sifatida q arash mumkin. Bu erda qo`llangan ranglar asosida o`rta va yuqori pardalar (fis-g-a-h-c) o`z ichiga oladi. Qasrda qo`llangan naqshlarni maqomlardagi avjlarga (qaxramonlarning vajd xolatiga) qiyoslash mumkin. Va nixoyat, asarning avjlari sifatida qasrning yuqori qismidan o`rin olgan rang va naqshlar e'tiborni o`ziga tortadi. Darhaqiqat, bunda qo`llangan ranglar maqomlarning yuqori pardalariga (h-c-d-e-fis-g-h-c) muvofiq keladi. Keyingi xikoyalarga ishlangan miniatyura tasvirlarida ham shunga o`xshash umumiy kompozitsiya deyarli saqlanib qolsa-da, biroq ustuvor ranglar o`zgarib boradi.




Download 187.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling