Onalarimiz bayrami
Yaqinda onalarimiz bayrami bo’ladi. Biz bu bayramni yaxshi kutib olmoqchimiz. Har birimiz buvimizga, onamizga, opa-singlimizga sovg’a tayyorlayapmiz. Men romolcha tikib qo’ydim. Singlim quticha yasayapti, akam sovg’a uchun albom tayyorlagan. Onamiz uchun gul o’stiryapmiz. Bayramgacha g’unchalari ochilsa kerak. Biz uni onamizga taqdim etamiz. (45 so’z)
Tekshirilishi lozim do’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1.Xat boshidan yozish
2.Gaplarda so’zlarni bosh harf bilan yozish
3Imlo qoidalariga rioya qilish
4.Tinish belgilarini to’g’ri yozish
5.Bo’g’inga to’g’ri ko’chirish
6.Chiroyli yozish
14-NI
Mavzu: Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Diktant
Tozalik
Kishining qandayligi ish joyida bilinadi. Ilg’or ishchilar dastgohlarini doimo toza tutadilar. Yerga turli chiqindilarni tashlamaydilar. Dastgoh yaqinida chiqindi uchun maxsus idish turadi. Hatto latta va supurgi ham bo’ladi.
Ilgakda sochiq turadi. Asboblarning hammasi tartibli qo’yiladi. Ular tokchada saqlanadi. Palapartishlik yomon odat. Chunki ish unumining pasayishiga sabab bo’ladi. Siz ham dars- xonangizni ozoda saqlaysizmi? (54 so’z)
Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. Xat boshidan yozish
2. Ko’plik qo’shichalarini to’g’ri yozish
3. Imlo va tinish belgilarini to’g’ri qo’yish
Har bir birikmani to’g’ri yozish
Bo’g’inga to’g’ri ko’chirish
Chiroyli yozish
15-NI
Mavzu: 355- mashq. Bayon
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazirat shakli: Insho
Reja:
Tabiatdagi o`zgarishlar
Bahorgi ishlar
Mehnat zavqi
Tekshirilishi lozim do’lgan BKM elementlari nomi va soni:
Matnni reja asosida to’liq bayon etish
Gaplarni to’g’ri tuzish
Lug’at boyligidan unumli foydalanishga e’tibor berish
Imlo va tinish belgilarining to’g’ri ishlatilishiga rioya qilish
Chiroyli yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |