O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini


Download 49.21 Kb.
bet7/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.21 Kb.
#1488190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Kirish I bob. O’qitishga qo’yiladigan didaktik talablarning

Venn diagrammasi
Ta`lim mazmunini tahliliy yondashuv asosida obyektlarning o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini tahlil qilish orqali o`quv materialini o`zlashtirishga va ko`nikmalarni takomillashtirishga yo`naltirilgan metoddir.
Mazkur metodni qo`llash bosqichlari: Bunda 1) “A” obyektning o`ziga xos jihatlari; 2) “B” obyektning o`ziga xos jihatlari; 3) “C” obyektning o`ziga xos jihatlari; 4) “A” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 5) “A” va “S” obyektlarning o`xshash jihatlari; 6) “S” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 7) “A”, “B” va “S” obyektlarning o`xshash jihatlari yoritiladi. Ta`lim jarayoniga ushbu metodni qo`llash orqali tahsil oluvchilarda ta`lim mazmuniga tahliliy yondashuvni, o`rganilayotgan obyektlarning o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash orqali tahlil qilish, mustaqil fikrlash kabi ko`nikmalarni takomillashtirishga erishiladi.
Sinkveyn (axborotni yig‟ish) usuli
Metodni qo’llash jarayonida talabalardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta- sekin bosqichma-bosqich yo’naltirilgan axborotli jarayonga aylantirib boriladi. Ya‘ni, o’rganilmagan bilimlar mavzuni o’rganish davomida o’rganiladi, muayyan ob‘ektiv voqelik to’g’risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun talabalarda besh imkoniyat mavjud bo’ladi. Ya‘ni sinkveyn besh qatordan iborat o’ziga xos "oq she‘r" (qofiyasiz) bo’lib, o’rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, voqea) qat‘iyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali talabalar o’z fikrlarini to’plash, ularni ixcham ifodalash, turli mulohazalarni sintezlash va mavzu bo’yicha to’g’ri xulosalarni takomillashtirishga o’rganishadi.
J.Still, K.Meredis, Ch.Templning «O`qish va yozish tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun» dasturida o`quvchi va talabalar faolligini oshiruvchi, ularning tanqiiy fikrlashini o`stiruvchi qator usullar kursatib utilgan. Shulardan ayrimlariga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Sinkveyn- fransuz tilida «5 qator» ma`nosini bildiradi. Sinkveyn- ma`lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish)ga yordam beradigan qofiyalanmagan she`r bo`lib, unda o`rganilayotgan tushuncha(hodisa, voqea, mavzu) to`g`risidagi axborot yig`ilgan holda, o`quvchi so`zi bilan turli variantlarda va turldi nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g`oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so`zlar bilan ifodalash uchun muhim bo`lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish qoidalari:
1-qator: Mavzu bir so`z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).
2-qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).
3- qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so`z bilan ifodalanadi.(3 ta fe`l yoki ravishdosh yoziladi).
4- qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to`rtta so`zdan iborat bo`lgan fikr yoziladi.(4 ta so`zdan iborat jumla yoziladi).
5- qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma`nosi unga yaqin bo`lgan bitta so`z yoziladi (mavzuga sinonim so`z yoziladi).
O’quvchilar tushunchalarining yig`indisini baholash vositasi sifatida; Ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida. Sinkveynga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
Loyiha” metodi
Bu ta`lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo`yicha axborot yig`ish, tadqiqot o`tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta`lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo`lishi mumkin, lekin har bir loyiha o`quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta`lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. Ta`lim oluvchilar nuqtai- nazaridan topshiriq murakkab bo`lishi va u ta`lim oluvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo`llay olishni talab qiladigan topshiriq bo`lishi kerak. Loyiha o`rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta`lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo`lishi kerak.
6X6X6” metodi
Respondent o’quvchilar 6 nafarga 6 ta guruhga biriktiriladilar. Mavzuning mohiyatini ochib beruvchi matn 6 qismga ajratiladi. Har bir guruhga umumiy matnning muayyan qismi yoritilgan varaq tarqatiladi va guruh a‘zolaridan ushbu matn mazmunini o’rganish so’raladi. Ma‘lum vaqt ichida guruhlar o’zlariga berilgan matnlar ustida ishlaydilar. Ushbu jarayon yakunlangandan so’ng guruhlar qayta tashkil eiladi. Qayta shakllantirilgan guruhlarda avvalgi guruhlarning bir nafardan a‘zosi bo’lishiga ahamiyat qaratilishi lozim. Yangi guruhga biriktirilgan har bir o’quvchi avvalgi bosqichda matn mazmuni yuzasidan o’zlashtirgan ma‘lumotlarni guruhning qolgan a‘zolariga so’zlab beradilar. Shu tariqa qisqa muddatda o’quvchilar mavzuning umumiy mohiyati borasidagi bilimlarga ega bo’ladilar.
Qora quti” metodi
Respondent o’quvchilar juftliklarga biriktiriladilar va quyidagi topshiriqni bajaradilar: o’qituvchi tomonidan berilgan kartochkalarga muayyan kasllliklar (masalan, yurak-tomir kasalliklari, teri kasalliklari, bo’yrak va siydik yo’li kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, nafas olish tizimi kasalliklari va boshqalar) va ularni keltirib chiqaruvchi yoki avj olishiga salbiy ta‘sir ko’rsatuvchi noqulay mehnat sharoitlarini qayd etishlari zarur. Belgilangan muddat o’tgach, o’qituvchi topshiriqning bajarilish holatini o’rganadi. Misol uchun asab tizimi kasalliklari va ularni keltirib chiqaruvchi noqulay mehnat sharoitlari sifatida o’quvchilar quyidagilarni ko’rsata olishlari lozim: Misol uchun asab tizimi kasalliklari va ularni keltirib chiqaruvchi noqulay mehnat sharoitlari sifatida o’quvchilar quyidagilarni ko’rsata olishlari lozim: zaharli moddalar bilan ishlash, shovqin, vibratsiya, noqulay mikroiqlim, barqaror diqqatni talab etuvchi faoliyat, havoning ortiqcha gaz yoki chang bilan ifloslanganligi, balandda harakatlanuvchi mexanizmlarda ishlash. To’g’ri javoblar yozuv taxtasiga qayd etiladi va o’qituvchi javob variantlarining mohiyatini yoritib berishni o’quvchilardan so’raydi. To’g’ri javob qaytargan o’quvchi o’qituvchi rolini bajaradi hamda juftliklarga quyidagi mazmundagi topshiriqni beradi: kasbga aloqador zararlarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi harakatlarni kartochkalarda yoritib berish. Belgilangan muddat o’tgach, o’qituvchi rolini bajarayotgan o’quvchi o’qituvchi rahbarligida juftliklar tomonidan topshiriqning bajarilish holatini o’rganadilar va to’g’ri javob varianti yozuv taxtasida o’z ifodasini topadi. To’g’ri deb topilgan javob variantida quyidagi harakatlar ko’rsatilishi zarur: yangi xom-ashyo turlarini mohiyatini sanitariya- gigienik jihatdan yaxshi bilmaslik, mehnat va texnika xavfsizligiga to’laqonli amal qilmaslik, mehnat jarayonida toksik va allergik xossalarga ega bo’lgan moddalarning qo’llash, takomillashmagan texnik vositalar xizmatidan foydalanish, texnologik rejimning buzilishi, shuningdek, sanitariya-texnologiya me‘yorlariga rioya etmaslik.

Download 49.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling