O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini


Darsga qo’yilgan didaktik talablar


Download 49.21 Kb.
bet4/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.21 Kb.
#1488190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Kirish I bob. O’qitishga qo’yiladigan didaktik talablarning

Darsga qo’yilgan didaktik talablar:

  • o‘quv maqsadlarini aniq va ravon belgilash, dars bosqichlarining ketma ketligi jarayonining rivojlantiruvchi ta‘lim va tarbiyaviy maqsadlarini ta‘min etish;

  • ta‘lim mazmunini optimal aniqlash, o‘quv dasturlari,

  • standart meyorlariga moslash , o‘quvchilar tayyorgarligini dars jarayoniga mosligi;

  • bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini kafolatlash orqali o‘quvchilarni ko‘nikma, malakalarni egallab olishga tayyorlash;

  • dars mazmuniga mos ravishda ratsional metod, uslub, vositalarni tanla olish, orqali o‘quvchilar qiziqishini oshirish yakka va jamoa tartibida ishlashga muxityaratish;

  • dars jarayonida turli didaktik prinsplardan foydalanish;

  • o‘quvchining muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhit yaratish.

Dars shakillari olib borilayotgan ta‘lim jarayoniga tubdan o‘zgartirishlar kiritadi. Ular quyidagilardan iborat: aralash darslar; yangi bilimlarni o‘zlashtirish darslari, yangi ko‘nikmalarni shakillantirish darslari, umumlashtiruvchi o‘tilganlarni tizimlovchi darslar; bilim ko‘nikmalarni tizimlovchi va nazorat etuvchi darslar; olingan bilim va ko‘nikmalarni amaldda qo‘llovchi darslar.
Olib borilishiga qarab qarab ham ko‘rinishlarni ifodalovchi dars turlari mavjud. Bular quyidagilar:
1. Illyustrativ va tushuntiruvchi darslar. Bunday darslarda o‘quvjarayoni asosan ko‘rgazmali metodlar asosida olib boriladi. Bu darslarda asosan o‘quvchilarning eshitish va esda saqlab qolish qobiliyatlariga tayaniladi. O‘quvchilarning eshitgan va esda saqlaganlari asosida bexato javob berishlari dars samaradorligini belgilaydi. Tushuntiruv darslari boshqa tur darslariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bu turdagi darslar vaqtni tejash, o‘qituvchi va o‘quvchining kuchini saqlash hamda dars jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga bu darslarning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Bu darslarda o‘quv materiallari tayyor holda beriladi, o‘quvchining mustaqil ishlashi, fikrlashi tshkil etilmaydi. O‘zlashtirish jarayonida shaxsga individual yondashilmaydi.
2. Muammoli darslar o‘z xarakteriga ko‘ra muammoli vaziyatni vujudga keltirib, uning yechimini yakka yoki guruhlar ishtirokida hal etishga qaratiladi. Bunday darslar bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga qaratilib, unda o‘quvchining fikr yuritishi, qiziqishlariga suyaniladi. O‘quv jarayoni texnologiyasi variativlik, ketma-ketlik, kompleks yondashuvlar bilan hal etiladi.
Muammoni yechish jarayonida qiyinchiliklar ham kelib chiqadi. O‘quv materiali, muammoning qo‘yilishi o‘quvchining tayyorgarligiga, yoshiga mos bo‘lishi va ular yecha oladigan masalalar bo‘lishi kerak. Darsning birinchi bosqichdaida muammoning mohiyati, yechimining zarurligigina tushunib yetishlariga erishish muhim.
Darsning ikkinchi bosqichi muammoni yechish yo‘lidir, uni mohiyatiga yetish orqali hal etiladi. Darsning so‘nggi bosqichida yechim asosida o‘quvchi –men buni o‘zlashtirib, yechimini o‘rganib oldim‖ degan xulosaga keladi.
Muammoli dars o‘quvchilarning ijodiy mustaqil xarakati o‘rqali o‘z yechimini topadi. O‘quv jarayoniga qiziqish ortadi. O‘qituvchining asosiy e‘tibori muammoni qo‘ya olish, yechimi ustida fikr yuritish, o‘quvchilarning xulosa chiqara bilishini shakillantirishdan iborat.
3. Dasturlangan dars asosan maxsus dars asosida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Dasturlangan darslar oldindan tuzilgan loyihalar asosida amalga oshiriladi. U o‘quv jarayoni boshqaruvini qulylashtiradi. Bunday turdagi darslarda pirovard natijalar oldindan rejalashtiriladi. Dasturlangan darsning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘qitish materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy, ketma-ket kuzatib, nazorat etib borishga imkon yaraladi.Natijada uning qiziqish, intilishlari so‘nmaydi, o‘quvchida bo‘lgan intilish saqlanib qoladi.
4. Kompyuterli darslar – o‘quv jarayoni yangi zamonaviy, yuqori darajadagi yutuqlarga suyangan holda didktikaning so‘nggi texnologiyalari asosida tashkil etiladigan darslardir. Bunday darslar o‘quv materiallarini tez, soz o‘zlashtirish imkonini beradi. Agar kompyuter maxsus dasturlar bilan ta‘min etilsa, o‘quv jarayoni samarali kechadi. O‘quv jarayonini olib borish, nazorat etish, natijalarini korreksiya qilish, boshqarish, kerakli ma‘lumotlarni to‘plab borish oson kechadi.
5. Nostandart darslar. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda nostandart darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart darslarning bosh maqsadi o‘quvchilarning bilish jarayoniga, o‘quv mehnariga qiziqish, hohish-istaklarini ko‘zlash orqali o‘quvni tshkil etishdir. Bunday darslarni maqsadi, vazifasi, o‘tish meto‘dikalariga ko‘ra nomlash mmumkin. Masalan:
1. G‘arq bo‘lish
2. Musovboqa darslar
3. Teatrlashtirilgan darslar
4. O‘zaro bir birini o‘qitish darslari
5. Sud darslari
6. Ko‘rik tanlov darslari v. h. k.
Darqaqiqat, biz har qanday odamga uning nechog`lik kamolotga erishganiga qarab baho beramiz. Jumladan, barkamol shaxs, barkamol ijod deymiz. G‘oyat yetuklikni esa tabiat barkamolligiga qiyoslaymiz. Balog`at va kamolotning turli-tuman qirralari bor. Albatta, bu qirralarning jilolari bir-biridan aslo kam emas.
Davlatimizning bosh siyosati ham kelajak avlodning istiqlolini ta'minlashga, zarur shart-sharoit yaratishga, ularni yetuk insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. Yuzlab kollej, va litseylar, ko`plab sport inshootlari, komp'yuter va internet kabi zamonaviy texnika vositalari yoshlarimiz ixtiyoridadir. Kechagi dehhon bolasi bugun til o`rganib, Londonday joylarda o`qib yuribdi. Bularning bari tahsinga sazovordir.

Download 49.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling