O’qitish jarayoni


Texnik shart - sharoitlar


Download 207.17 Kb.
bet4/9
Sana01.05.2023
Hajmi207.17 Kb.
#1418012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мфум

Shart - sharoitlar tahlili

Texnik shart - sharoitlar




Huquqiy shart-sharoitlar

Tashkiliy shart - sharoitlar

Ularga quyidagilar kiradi:


- kasbiy yo’nalish yoki mutaxassislik o’quv reja guruhi;
- o’quv rejasiga mos fan dasturi;
- o’quv rejasiga mos ta’lim kursi;
- mavzu, amaliy ko’nikmalar;
- bilim va ko’nikmalarni baholash mezonlari.
Bu orqali kutilgan va rasmiy reja hujjatlarida oldindan belgilab qo’yilgan mavzular o’rgatilishi ta’minlab berilishi kerak.
Tashkiliy shart - sharoitlar maxsus fanlar bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish borasidagi quyidagi zaruriy talablar kiradi:
- o’qitish joyini tanlash;
- dars va amaliy mashg’ulotlar vaqti va davom etishi;
- amaliy namoyishlarga tayyorgarlik ko’rish;
- tashkiliy hujjatlar va ish joyini tayyorlash.
Texnik shart - sharoitlarga fan bo’yicha jildlar va moslamalar, yordamchi audiovizual vositalar, o’qitish va o’rganish vositalari (doska, flipchart, proektor. videomagnitafon)ning mavjudligi va ularning yaroqliligi, shuningdek, elektr toki, suv, havo bosimi va hokazolarning borligi bilan uzviy bog’liqdir.
Amaliyot o’qituvchisi zaruriy shart - sharoitlar mavjudligiga va texnik moslamalarni istalgan paytda ishlatish mumkinligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Agar amaliyot o’qituvchisi o’quv faoliyatida ilk marotaba dars o’tkazishga tayyorlanayotgan bo’lsa, u holda u o’zi dars bermoqchi bo’lgan maxsus sohaning umumiy qamrovi va mazmuniy tarkibiy qismining elementlari borasida tasavvurga ega bo’lishi lozim. Ushbu tasavvursiz amaliyot o’qituvchisi na vaqtinchalik umumiy reja va na davriy va na mazmuniy batafsil reja tuza oladi.
Birinchi bosqich maxsus soha maqsadlariga nazar tashlashdan boshlanadi. Maqsadlar asosida mazmunlar tanlanadi. Umuman olganda, mazmunlarni turli manbalardan olish mumkin, masalan:
- maxsus kitoblar yoki o’quv adabiyotlaridan;
- texnik adabiyotlardan (ilmiy texnikaviy jurnallar, maxsus maqolalar patentlar va hokazolardan;
- mashina va moslamalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalardan.
Biror maxsus soha bo’yicha umumiy tasavvurga ega bo’lishning yaxshi metodlaridan biri bu maxsus soha tahlilini o’quv kitobi asosida grafik tasvirlar shaklida ishlab chiqishdir. Bu metod soha yoki mazmun tuzilmasi deb ham ataladi.
Mavjud bo’lgan va yaxshi qismlarga bo’lingan kitobning bo’limlariga asoslanish ham mumkin. Bunda avvalo aniqlik tamoyiliga rioya etiladi.
Ko’pincha shunday bilim asoslari yuzaga keladiki, ularni bir-biridan aniq ajratgan holda tasvirlash mumkin bo’ladi. Maxsus kitoblarda bob va mavzularga bo’lish, o’quv qo’llanmalarda esa o’rganish bosqichlari va modullarga bo’lish kabi yordamlar mavjuddir.
Mazmuniy tuzilmasini ishlab chiqishda maxsus soha mohiyatan qismlarga, katta mavzu va kichik mavzu sohalariga, shuningdek, mantiqiy aloqadorlik sohalariga bo’linadi. Muhim mavzular ta’kidlanadi, ikkinchi darajalilari esa quyiroqdan joy oladi.
Aksariyat hollarda maxsus sohalar nazariy bilimlarni berish borasida dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullarning qat’iy mantiqiy ketma-ketligi asosida ishlab chiqiladi. Masalan, maxsus o’quv kitobini qismlarga bo’lish mantiqqa asoslanadi. Unga ko’ra mavzular muayyan ketma - ketlikda joylashtiriladi.
Nazariy darslar ham mana shunday maxsus mantiqiy ketma - ketlik asosida olib borilishi mumkin.


Ko’pincha mavzuviy jihatlarni to’plash bilan boshlanadigan quyidagi bosqichlar bu borada yordam beradi:


1. Mavzu doirasidagi o’rgatiladigan dalillar;
2. Dalillar bilan bog’liq tushunchalar;
3.Dalillarni o’zaro bog’laydigan tamoyillar (funkstional aloqadorlik, qoidalar);
4. O’rgatiladigan usullar ( mehnat jarayonlari, amallar).
Biz bu erda bilim, qobiliyat va ko’nikmalarga qisqacha to’xtalamiz.
Bilim o’zlashtirilgan va xotirada saqlangan ma’lumotlar bo’lib, uni tez va aniq biror holatga mos ravishda ishlatish mumkin.
Bilim bilan birga qobiliyat, ko’nikmalar va xulq ham o’rganiladi;

Download 207.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling