O’qitish jarayoni


O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari


Download 207.17 Kb.
bet2/9
Sana01.05.2023
Hajmi207.17 Kb.
#1418012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мфум

O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati tushuniladi.
O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi guruhli va individual o’qitishning har xil ko’rinishida qo’shib olib borilishi, o’qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan xarakterlanadi.
Maxsus fanlarni o’rganishda nazariy va amaliy mashg’ulotlar bir vaqtda o’tkazilsa yaxshi natija beradi. Bu hol mashg’ulotlar sistemasini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o’tkazishni engillashtiradi. Pedagogik adabiyotlarda darslarni ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida klasifikastiyalashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Darslarni klassifikastiyalashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir. O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan darslarning quyidagi turlari bo’ladi: ma’ruza, suhbat va ekskursiya darslari, videotasvir, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishi darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars va hokazolar.



2-rasm. O’qitish jarayonining ketma - ketlikda o’tkazilishi.
Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsad bo’yicha klassifikastiyasini eng ma’qul deb hisoblamoq kerak. Bu klassifikastiyani eng ma’qul deb aytishning sababi shundaki, u boshqa hamma narsadan tashqari darsning o’quv jarayonidagi o’rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko’ra darslarni quyidagi turlari mavjud: yangi bilimni bayon etish darslari, bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish, talabalarning bilim va malakalarini tekshirish, aralash darslari.
Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini 2-rasmdagi sxemaga muvofiq ketma - ketlikda o’tkazish tavsiya etiladi.

Download 207.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling