O’qitish jarayoni
«Tushunish» bosqichida o’zlashtirilgan bilimlar mohiyati oydinlashtiriladi va anglab etiladi. «Qo’llash»
Download 207.17 Kb.
|
мфум
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Psixomotorik o’quv maqsadlari sohasi.
- 3.Affektiv o’quv maqsadlari sohasi.
«Tushunish» bosqichida o’zlashtirilgan bilimlar mohiyati oydinlashtiriladi va anglab etiladi.
«Qo’llash» bosqichida shaxsning o’zlashtirgan nazariy bilimlar turli shakllarda qo’llaniladi. «Tahlil» bosqichi shaxsga o’zlashtirilgan bilimlarni tahlil qilish imkonini beradi. «Sintez» bosqichi shaxsga o’zlashtirilgan bilimlarni o’zaro bir-biriga bog’lash va umumiy aloqadorliklarni aniqlash imkonini beradi. «Baholash» darajasi eng yuqori bosqich hisoblanadi. Bu bosqich olingan bilimlar asosida ma’lum qadriyatlarga ta’luqli holatlarni baholash, qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va baholash mezonlarini yaratish ko’nikmalarini o’zlashtirishni nazarda tutadi. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir daraja o’zidan oldingi darajadagi bilimlarni o’zlashtirishni taqozo qiladi. 2. Psixomotorik o’quv maqsadlari sohasi. Bu o’quv maqsadlari sohasi amaliy ish jarayonlari orqali hosil qilinadigan ko’nikma va malakalarni egallashni ko’zda tutadi. Bunda psixika orqali boshqariladigan muskul harakatlari (motorik harakatlar) amalga oshadi. Amaliy faoliyat olib borish, misol uchun, biror asbobni ishlata olish malakasiga ega bo’lish psixomotorik o’quv maqsadlari sohasiga ta’luqlidir. Ushbu o’rganish sohasi inson miyasi tomonidan boshqariladigan harakatlarni ifodalaydi.Ular esa o’z navbatida motorik (muskul harakati bilan bog’liq) ko’nikmalarni talab etadi. Psixomotorik harakatlar oddiy, o’rta va kompleks harakatlarga ajratilishi mumkin. 3.Affektiv o’quv maqsadlari sohasi. Affektiv o’quv maqsadlari sohasi, shaxsning uni o’rab turgan atrof muhitga nisbatan munosabati, boshqa kishilar bilan o’zaro muomalasi, xulqi, jamoat joylarida o’zini tutish kabi umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishi bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalarni egalashni nazarda tutadi. Uni aniqlashda maslak, manfaat, munosabat, qadriyat, intizom, dunyoqarash, xavfsizlik (xususan, mehnat xavfsizligi) kabi emostional holatlardan kelib chiqadi. Xulosa qilib aytganda, ixtiyoriy ta’lim jarayonining maqsadi har uchala o’quv maqsadlaridan iborat. Nazariy darsda ko’proq kognitiv soha, amaliy ta’limda esa ko’proq psixomotorik soha bo’yicha bilimlarni egallashga e’tibor qaratish lozim. Affektiv sohaga ko’pincha uncha e’tibor berilmasdan kelinar edi. Shaxs kamolotiga yangicha nazar bilan qaralayotgan, katta e’tibor berilayotgan bugungi kunda bu soha yanada katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Download 207.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling