O’qitish jarayoni


Download 207.17 Kb.
bet1/9
Sana01.05.2023
Hajmi207.17 Kb.
#1418012
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мфум


MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH.

Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish. O’qitish jarayoni tushunchasi. Maxsus fanlarni o’qitish turlari va shakllari. Bilim va ko’nikmalarni bir tizimda shakllantirish


O’qitish jarayoni - pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning bilim, ko’nikma hamda malakalar sistemalarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil xarakterlari majmuidan iborat.
O’qitish talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilim olish kuchlari rivojlantiriladi.
O’qitish – o’qituvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar tizimini berish, ularning bilim olish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.
O’qish – talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan tizimi va ongli mehnati.
O’qitish ikki tomonlama jarayondir, u o’qituvchining faoliyati va talabalar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, talabalarga fanga qiziqishni, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, hamda talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish shuningdek baholashdan iborat.
O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni talabaning faoliyati bo’lib, u o’quv fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan sistemali mehnatdan iborat.
O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak.
O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan xarakterlanadiki, har qaysi bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, o’quv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.

Download 207.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling