O’qitishning noananaviy shakillari va jarayonlari


Download 54.5 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1086290
Bog'liq
O’qitishning noananaviy shakillari va jarayonlari


O’qitishning noananaviy shakillari va jarayonlari

Reja:



1. Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo‘lishi.
2. Dars - ta’limning asosiy shakli.
3. o’qitish jarayoniga noananaviy yondashish
4. Darsga ko‘yilgan asosiy talablar.
5. Ta’limning samaradorligini ta’minlovchi boshka shakllari.
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, anik muddatda va tartibda o‘kituvchining o‘kuvchilar bilan olib boradigan mashgulot turlarini tushunamiz. Xozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarkalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos xolda paydo bo‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning mexnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy boglangan hamda bilim berish, o‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o‘tishi bilan ko‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni gurux-gurux kilib, to‘plab o‘kitishni takozo kilgan hamda ta’lim bilan shugullanuvchi mutaxassislar, o‘kituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chikargan.
Shu davrga kelib o‘kitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bo‘la boshlaydi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo bo‘la boshlaydi. Xalk orasida xayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar murabbiy, o‘kituvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.
Xalkimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shugullanganligi “Avesto” va boshka tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo kadim davrlarda ta’limni kat’iy chegaralangan vaktda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini boskichma-boskich berish masalalariga aniklik kiritilmagan edi.
Ta’limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning “Fan va akl zakovat” asarida o‘kuv fanlarini guruxlarga bo‘lib o‘kitish, ularning tarbiyaviy moxiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
YA.A.Komenskiy “Buyuk didaktika“ asarida, o‘kuv mashgulotlarini gurux shaklida tashkil kilish, o‘kuv yili va o‘kuv kunini bir vaktda boshlash, mashgulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruxlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo‘lishiga aloxida e’tibor berdi. Dars davomida o‘kuvchilar dikkatini to‘plash, materialni batafsil tushuntirish, o‘kuvchiga savollar berish, o‘zlashtirish jarayonini nazorat kilish zarurligini ta’kidlaydi.
Bu tarixiy jarayonda Pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri ta’limning tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniksa, darsni samaradorligini oshirish bilan boglik ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadkikotlar olib borishda ko‘p ishlar kilindi. Bu borada mustakil O‘zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tadbik etish bilan boglik ishlar kilinmokda.
Sinf deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lgan o‘kuvchilar guruxi tushuniladi.
Dars – anik maksadni ko‘zlab belgilangan vaktda bir xil yoshdagi o‘kuvchi, yoshlar bilan o‘kituvchi raxbarligida olib boriladigan mashgulotdir.
Darsning maksadi, mazmuni, xajmi ta’lim standartlari (o‘kuv reja, dastur, darslik va ko‘llanma) asosida belgilanadi. Dars o‘kuv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda kuyidagilarga amal kilinishi lozim:
1. Har bir sinfda o‘kuvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lishi lozim.
2. Dars kat’iy jadval bo‘yicha belgilangan anik muddatda olib borilishi kerak.
3. Dars o‘kituvchi raxbarligida butun sinf bilan va aloxida o‘kuvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
4. Dars, o‘kuv fanining harakteri, o‘tilayotgan materialning mazmuniga karab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta’lim tizimining bir kismi sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirmok uchun zamin yaratadi.
Shuni unutmaslik kerakki, o‘kuv yurtlarida ta’lim ishlari fakat sinf-dars shaklida olib borilmasdan, balki amaliy mashgulotlar, tajriba ishlari shaklida ham olib boriladi. Bu mashgulotlar sinfdan va maktabdan tashkarida fakultativ mashgulotlar, to‘garaklar, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars – ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo‘lishi, bilimlar mustaxkam o‘zlashtirilishi, o‘kuvchi-talabaning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan xolda tashkil etilishi dars oldiga kator didaktik talablarni ko‘yadi. Jumladan:
1. Har bir dars anik maksadni ko‘zlagan xolda puxta rejalashtirilmogi lozim. Bu jarayonda o‘kituvchi darsning ta’limi va tarbiyaviy maksadini belgilaydi. Dars boskichlarini, ya’ni kanday boshlash, kanday tamomlash ko‘rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan xal kilib oladi.
2. Har bir dars anik goyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bo‘lishi lozim. O‘kituvchi esa ulardan tarbiyaviy maksadda foydalanmogi lozim.
3. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muxitning imkoniyatini hisobga olgan xolda amaliyot bilan boglanmogi, ko‘rsatmali vositalar bilan jixozlanmogi lozim.
4. Har bir dars harakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalanilgan xolda tashkil etilishi lozim.
5. Dars uchun ajratilgan soat va dakikalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6. Dars jarayonida o‘kituvchi va o‘kuvchi o‘zaro faol munosabatda bo‘lishi lozim, o‘kuvchi talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7. Mashgulotlar butun sinf bilan va har bir o‘kuvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan xolda olib borilish kerak.
8. Darsning mazmuni va harakteriga karab xalkimizning boy ma’naviy merosidan, ma’naviy kadriyatlaridan samarali foydalanish.
9. O‘tilayotgan mavzuning mazmuniga boglik xolda mustakil yurtimizdagi o‘zgarishlardan o‘kuvchi talabalarni xabardor kilish.
10. Darsda Prezidentimiz I. Karimovning ta’lim soxasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga karata aytgan murojaatlaridan o‘z o‘rnida foydalanish.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida dars turlari va ularning tuzilishiga ham aloxida muammo sifatida karaladi va o‘rganiladi.
Dars bilim, ko‘nikma va malakalar bilan o‘kuvchilarni kurollantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli o‘kuv mashgulotlariga ajratilgan vaktning asosiy kismi dars o‘tish uchun sarflanadi.
Ta’lim tizimida tajribadan o‘tgan dars turlari kuyidagilardan iborat:
1. Yangi bilimlarni bayon kilish darsi.
2. O‘kuv materiallarini mustaxkamlash.
3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
4. O‘kuvchilarning o‘zlashtirishini nazorat kilishi va baxolash darslari.
5. Dars turlari, uygunlashgan darslar.
Ta’lim jarayonida eng ko‘p ko‘llaniladigan dars yangi bilimlarni bayon kilishi darsidir.
Bu darsning tuzilishi kuyidagicha :
1. Darsni tashkil kilish.
2. Yangi bilimlarni bayon kilish.
3. Yangi bilimlarni mustaxkamlash.
4. Yangi bilimlar ustida mashk o‘tkazish.
5. Yangi bilimlarga boglik uy mashgulotlari berish.
6. Darsni yakunlash.
Dars turlarining o‘zgarishi bilan darsning tuzilishida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan, dars turlari uygunlashgan darslarida darsning hamma elementlari mavjuddir:
1. Darsni tashkil kilish.
2. Uy topshiriklarini bajarilishini nazorat kilish va baxolash.
3. Yangi mavzuni bayon kilish.
4. Yangi mavzuni mustaxkamlash.
5. Uy topshiriklari berish.
6. Darsni yakunlash.
Ta’lim tizimida, takrorlash va bilimlarni mustaxkamlash darslari ham ko‘p ko‘llaniladi.
O‘kituvchi dasturning ma’lum bir kismi, yirik mavzular o‘tib bo‘lingandan so‘ng bunday darslar uyushtiriladi.
Bu dars bilimlarni oralik nazorat orkali baxolashda ham xizmat kiladi.
Har bir darsning muvaffakiyati ko‘p jixatdan mashgulotni to‘gri tashkil kilishga boglikdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruxiy jixatdan tayyor ekanliklarini o‘rganish darkor. Shundan so‘ng, maxoratli pedagog fursatni ko‘ldan bermay, shogirdlari dikkatni chalgitmay, darsning asosiy kismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o‘kuvchilarini tezlik bilan mashgulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim. Dars yangi materialni bayon kilishga karatilgan bo‘lsa, dars mavzusi e’lon kilinadi. Rejada mo‘ljallangan o‘kuv materiali o‘tib bo‘lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chikarilishi kerak.
Dars o‘kituvchi va o‘kuvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘kuvchilar mustakil erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi. Nutk madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat izlanishlar orkali o‘z yo‘lini topa oladilar.
O‘kuv mashgulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashkari yana ko‘shimcha kator ta’lim shakllari mavjud, bo‘lib, bular amaliy-tajriba mashgulotlar, ko‘shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni to‘ldirish, mustaxkamlash, amaliyot bilan boglash uchun uyushtirilgan ko‘shimcha mashgulotlardir.
Bulardan tashkari o‘kuv yurtlari tajribasida fan to‘garaklari, ishlab chikarish amaliyoti, o‘yin shaklidagi mashgulotlardan ham foydalanmokda.
Uzluksiz ta’limning hamma boskichlarida ta’limning o‘ziga xos tashkiliy shakllari mavjud.
Jumladan: ikki boskichli oliy ta’lim tizimida o‘ziga xos ta’lim shakllari mavjud, bularga ma’ruzalar, seminar va amaliy mashgulotlar, kafedra o‘kituvchilarining ochik ma’ruzalarida katnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muxokama kilish, o‘kuv kurslari bo‘yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar oliy ta’limning ko‘p kirrali yo‘nalishlari va shakllaridir.
Oliy ta’lim tizimida ma’ruza o‘kuv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini ogzaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat kiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning moxiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o‘ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o‘ziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani shunday o‘kish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli karashlar, ilmiy e’tikod, goya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o‘kituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil kilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo‘llardan biri – o‘kituvchi bilan talabalar o‘rtasida do‘stona, faol munosabatlarni tiklab olinishdan iborat.
Bundan tashkari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o‘kuvchi va talabalarning o‘kuv jarayondagi ruxiy xolatlarini kay darajada hisobga olinishiga ham boglik. Shunday ekan, ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshka shakllaridan o‘kitish jarayonida o‘rinli foydalanishlari uchun shubxasiz, o‘kituvchining pedagogik maxorati, pedagoglik madaniyati, o‘z predmetini puxta bilishligi va o‘kuvchi talabalar bilan umumiy til topa olishligi goyat katta ahamiyatga egadir.

ADABIYOTLAR


1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.


2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘kituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling