O’qituvch Тoshkent – 2023 Mavzu: Ilk o‘rta asrlarda Hindiston Kirish I bob Ilk o'rta asrlarda Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 0.94 Mb.
bet2/8
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1250082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Guptalar davlati. Xarsha davlati ...mm

Kurs ishining obyekti va predmeti. Gupta va Xarsha davlatlarining vujudga kelishi bu davlatlarning yangi hind madaniyati shakllanishida tutgan o‘rni, va bu madaniyatning ilk o‘rta asr davlatlari siyosatiga, ilim-fan taraqqiyotiga, madaniy aloqalar rivojiga ko‘rsatgan ta'sirini manbalar asosida yoritib berish. Gupta davlati, shuningdek Xarsha davlatining boshqaruv tartiblarini o‘rganish va bu davlatlarning Hind davlatchiligi rivojidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi , yozma, lingvistik va numizmatik materiallarni kompleks o‘rgangan holda ilk o‘rta asrlarda vujudga kelgan hind davlatlari tarixi va boshqaruv tartiblarini, ularning Hind va Osiyo davlatchiligi taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, shuningdek Hind madaniyatning shakllanish tarixini o‘rganishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:
- Gupta davlati haqidagi umumiy ma'lumotlarni yoritib berish;
- Hind madaniyatning jahon ilm-fani, siyosati va madaniy hayotiga ko'rsatgan ta'sirini ochib berish;
- Xarsha davlati shakllanishining mazmun mohiyatini aniqlash;
- Gupta va Xarsha davlatlaridagi siyosiy idoralar faoliyatini tahlil qilish.
- Ilk o‘rta asrlardagi Hind madaniyatning jahon ilim-fani taraqiyotida tutgan o‘rniga baho berish.
Ishning yangiligi va ahamiyati. Ushbu mavzu keng qamrovli bо‘lib, bu mulohazalar tarix fani uchun dolzarb nazariy muammolardan biri hisoblanadi. Mavzuning yangiligi shundan iboratki, ilk o‘rta asrlarda Hindistonda eng mashhur davlatlardan biri bo'lgan Gupta va Xarsha davlatlarining vujudga kelishi tarixi va boshqaruv tartiblarini, shuningdek bu davlatlarning siyosiy tarixi, boshqaruv tartiblari va hind madaniyatining shakllanish tarixini yoritishda ilk o‘rta asrlar davrida va keyingi davrlarda hind davlatlari haqida yozilgan ilmiy adabiyotlar asosida tahlil etilgan. To’plangan ma’lumotlardan Oliy o’quv yurti talabalari kurs ishi, referat, mustaqil ish, amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishda qo’llanma sifatida foydalanishi mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling