O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi
Download 477.15 Kb.
|
11-мавзу
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantaruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xoxlaydilar.
Korxonada rahbariyat va xodimlar o’rtasida yuzaga keluvchi nizo “butun jamoaga” emas, balki “tanlangan” odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo’la, katta hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda rahbar oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda hokimlik mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechimni topishi lozim. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir: • tomonlarning bir-birini tan olishi; • gapni bo’lmay tinglash; • o’zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish; • nizo jarayonidagi holatni o’zga kishi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash; • muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish; • mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish; • murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash; • nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish; • nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo’l tanlash; • hamkorliqtsa umumiy xulosa (murosa)ga kelish. Bunday rahbar o’z ishini to’g’ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o’z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog’lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar quyidagilarga, ya’ni: • har xil xodimning shaxsiy fazilatlariga; • yoshi, qobiliyati, malakasi, iste’dodiga; • ishchilar o’rtasidagi hamjihatlikka; • o’zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog’laydigan ijtyamoiy aloqa maromiga; • raqobat muhitini tashkil qilinganiga; • korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimnnng mas’uliyat sezish tuyg’usini mustahkamlanganlik darajasiga; • jamoa a’zolari ishining unumdorligiga; • motivlashtirish darajasi kabilarga e’tibor berishi lozim. Har bir nizoli vaziyatni rahbar bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak. Download 477.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling